Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (IAS) va moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari (IFRS)
49
19.2-jadval
№
BHXS (IAS)
va MHXS
(IFRS)
raqamlari
Standartlarning nomi
Kuchga kirish
sanasi
1
2
3
4
1 BHXS(IAS)
№1
Moliyaviy hisobotni taqdim qilish
1-yanvar
2009-y .
2 BHXS(IAS)
№2
Zaxiralar
1-yanvar
2005-y.
3 BHXS(IAS)
№7
Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot
1-yanvar
1994-y .
4 BHXS(IAS)
№8
Hisob
siyosati,
buxgalteriya
hisob-kitob
baholashlaridagi o‘zgarishlar va xatolar
1-yanvar
2005-y.
5 BHXS(IAS)
№10
Hisobot sanasidan keyingi o‘zgarishlar
1-yanvar
2005-y.
6 BHXS(IAS)
№11
Qurilishga oid shartnomalar
1-yanvar
1995-y.
7 BHXS(IAS)
№12
Foyda solig‘i
1-yanvar
1998-y.
8 BHXS(IAS)
№16
Asosiy vositalar
1-yanvar
2005-y.
9 BHXS(IAS)
№17
Ijara
1-yanvar
2005-y.
10 BHXS(IAS)
№18
Tushum
1-yanvar
1995-y.
11 BHXS(IAS)
№19
Xodimlarni rag‘batlantirish
1-yanvar
1999-y.
12 BHXS(IAS)
№20
Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordami
to‘g‘risidagi axborotlarni yori-tish
1-yanvar
1984-y.
13 BHXS(IAS)
№21
Valuta kurslari o‘zgarishlarining ta’siri
1-yanvar
2005-y.
14 BHXS(IAS)
№23
Qarzlar bo‘yicha xarajatlar
1-yanvar
2009-y.
15 BHXS(IAS)
№24
Bog‘liq tomonlar to‘g‘risidagi axborotlarni
yoritish
1-yanvar
2011-y.
16 BHXS(IAS)
№26
Pensiya ta’minoti (pensiya rejasi) dasturlari
bo‘yicha hisob va hisobot
1-yanvar
1988-y.
17 BHXS(IAS) Konsolidatsiyalangan va alohida moliyaviy
1-yanvar
49
Международные стандарты финансовой отчетности ,
2011: издание на русском языке. М.: Аскери –
АССА, 2011. -998 с.
490
№27
hisobot
2005-y.
18 BHXS(IAS)
№28
Uyushgan korxonalarga investitsiyalar
1-yanvar
2005-y.
19 BHXS(IAS)
№29
Giperinflatsiya sharoitida moliyaviy hisobot
1-yanvar
1990-y.
20 BHXS(IAS)
№31
Birgalikdagi faoliyatda ishtirok etish
1-yanvar
2005-y.
21 BHXS(IAS)
№32
Moliyaviy instrumentlar – axborotlarni taqdim
etish
1-yanvar
2005-y.
22 BHXS(IAS)
№33
Bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda
1-yanvar
2005-y.
23 BHXS(IAS)
№34
Oraliq moliyaviy hisobot
1-yanvar
1999-y.
24 BHXS(IAS)
№36
Aktivlarning qadrsizlanishi
31-mart
2004-y.
25 BHXS(IAS)
№37
Baholangan
majburiyatlar,
shartli
maj-
buriyatlar va shartli aktivlar
1-iyul
1999-y.
26 BHXS(IAS)
№38
Nomoddiy aktivlar
31-mart
2004-y.
27 BHXS(IAS)
№39
Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash
1-yanvar
2005-y.
28 BHXS(IAS)
№40
Investitsion mulk
1-yanvar
2005-y.
29 BHXS(IAS)
№41
Qishloq xo‘jaligi
1-yanvar
2003-y.
30 MHXS(IFRS)
№1
Moliyaviy
hisobot
xalqaro
standartlarini
dastlab qabul qilish
1-iyul
2009-y
31 MHXS(IFRS)
№2
Ulushli
instrumentlar
asosida
amalga
oshiriladigan to‘lovlar
1-yanvar
2005-y.
32 MHXS(IFRS)
№3
Korxonalarni birlashtirish
1-iyul
2009-y.
33 MHXS(IFRS)
№4
Sug‘urta shartnomalari
1-yanvar
2005-y.
34 MHXS(IFRS)
№5
Sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli
aktivlar va to‘xtatilgan faoliyat
1-yanvar
2005-y.
35 MHXS(IFRS)
№6
Mineral resurslarni qidirish va baholash
1-yanvar
2006-y.
36 MHXS(IFRS)
№7
Moliyaviy instrumentlar – yoritish
1-yanvar
2007-y.
37 MHXS(IFRS)
№8
Operatsion segmentlar
1-yanvar
2009-y.
491
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tajribalari ko‘rsatishicha, hozirgi
paytda xo‘jalik qonunchiligini, jumladan hisob tizimini ham unifi-
katsiyalash ishlari olib borilmoqda. Xalqaro standartlarni joriy qilish
uzoq davom etadigan va murakkab jarayondir. Hozirgi vaqtgacha
chiqarilgan barcha moliyaviy hisobot xalqaro standartlari yagona tizimni
tashkil etib, bir-birlari bilan o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Chunonchi,
yuqorida qayd qilingan №5-«Moliyaviy hisobotlarni ochish uchun zarur
axborotlar» degan standartda axborotlarning alohida bloklarini boshqa
xalqaro standartlarga mos ravishda ochish zaruriyati ko‘rsatiladi.
Hisobning alohida yo‘nalishlariga bag‘ishlangan xalqaro standartlarni
yaratish jarayonida buxgalteriya hisobining umumiy tizimi tako-
millashadi. Biron-bir standartni qo‘llash ushbu tizimning boshqa
qismlaridan ham foydalanishni taqozo qiladi. Eng birinchi standart hisob
har qanday buxgalteriya hisobi tizimining asosi – hisob siyosatini
yoritishga bag‘ishlangan. Standartlar dunyodagi hozirgi iqtisodiy
vaziyatni ham aks ettiradi. Chunonchi, so‘nggi № 29 MHXS
«Giper-
inflatsiya sharoitida moliyaviy hisobot»
deb nomlangan. Bu standart
inflatsiya sur’ati yuqori darajada bo‘ladigan mamlakatlardagi korxonalar
faoliyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Ushbu standart ham
milliy buxgalteriya standartlari tarkibidagi boshqa standartlar kabi uchta
qismdan iborat:
kirish, tushuntirish va asosiy matn
qismi. Kirish qismida
ko‘rsatilishicha, agar korxonaning moliyaviy holati va faoliyat
natijalarini baholashga inflatsiya ta’siri hisobga olinmasa, inflatsiya
sur’atlari yuqori bo‘lgan sharoitda faoliyat qilayotgan korxonalarning
moliyaviy hisoboti noto‘g‘ri axborot beradi. Standartda moliyaviy
hisobot ma’lumotlari qayta baholanadigan aniq inflatsiya darajasi
belgilab berilmagan. Bu to‘g‘rida korxona rahbariyati qaror qabul qilishi
lozim. Standartda giperinflatsiyaning quyidagi belgilari ko‘rsatilgan:
mamlakat aholisi o‘zlarining mablag‘larini moddiy buyumlash-
gan shaklda yoki nisbatan barqaror chet el valutasiga aylantirib
saqlashni afzal ko‘radi;
oldi-sotdi munosabatlari (ayrim hollarda baho ham) milliy
valutada emas, balki nisbatan barqaror chet el valutasida ifodalanadi;
kredit berish muddatlari katta bo‘lmagan hollarda ham kredit
berish bo‘yicha hisob-kitoblar pul xarid layoqatining pasayishini
hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
foiz stavkalari, ish haqi va baholar baho indeksining o‘zgarishi
bilan bog‘liq;
492
uch yillik jami inflatsiya darajasi 100 foizga yetgan yoki undan
ham oshib ketgan.
Shunday qilib, kirish qismida ushbu standartning maqsadi bayon
qilingan:
giperinflatsiya sharoitida moliyaviy hisobot sifatini yaxshilash
ko‘rsatilgan;
ushbu maqsadga erishish usuli sifatida moliyaviy hisobot
ma’lumotlarini qayta baholash aniqlangan;
ushbu standartni qo‘llash mezonlari ko‘rsatilgan, standartda
inflatsiyaning qabul qilingan ta’rifi berilgan, lekin standartni qo‘llash
to‘g‘risida korxona faoliyatidagi muayyan sharoitlardan kelib chiqqan
holda rahbariyat tomonidan qaror qabul qilinadi. Ko‘pchilik standart-
larning kirish qismida ularda ishlatiladigan atamalarning ta’rifi ham
keltirilib, ushbu tushunchalarning mazmuni aniq bayon qilinadi va
standartni tarjima qilishda turlicha talqin qilishlarning oldi olinadi.
Standartning ikkinchi,
tushuntirish qismi
da undagi bayon qilingan
masalalarga kengroq va batafsilroq izoh beriladi. Bundan tashqari, agar
o‘rganilayotgan standartga dunyo tajribasida bir necha xil yonda-
shuvlardan foydalanilsa, ushbu barcha yondashuvlar bayon qilinadi, har
birining afzalligi va kamchiligi o‘rganiladi va nima uchun unda u yoki
bu variant (yondashuv) qabul qilinganligi tushuntiriladi. Ushbu
standartga muvofiq uning maqsadini amalga oshirish uchun balans
sanasiga moliyaviy hisobotning ayrim ko‘rsatkichlarini qayta baholash
zarur. Qayta baholash imkoni boricha doimiy ravishda amalga oshirilishi
lozim.
Tushuntirishda hisobotning ayrim ko‘rsatkichlarini qayta baholash
bayon qilinadi. Moliyaviy hisobotlar dastlabki yoki joriy qiymat
ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Balans va
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning moddalarini qayta baholash
bu holatlarning har biri uchun amalga oshiriladi. Ta’kidlanadiki, giper-
inflatsiya sharoitida hisobot moddalari joriy pul birliklarida ifodalanishi
lozim va umumiy baho indeksidan foydalanib qayta baholanadi.
Giperinflatsiya
sharoitida
faoliyat
ko‘rsatayotgan
korxona
moliyaviy holatining o‘zgarishi haqidagi hisobot oborot kapitali orqali
emas, balki pul yoki ekvivalent ifodasida taqdim qilinishi lozim.
Taqqoslash uchun e’lon qilinadigan o‘tgan davrlardagi barcha
ma’lumotlar ham umumiy baho indeksidan foydalanib qayta baholanishi
lozim. Inflatsiya darajasi yuqori bo‘lgan mamlakat valutasida tuzilgan
konsolidatsion (umumlashgan) moliyaviy hisobot, ya’ni filiallar hisoboti
493
ham umumiy baho indeksidan foydalanib qayta baholanadi. Hisobotni
bir valutadan ikkinchisiga o‘tkazish hisobot tuzilgan sanadagi valuta
kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘rganilayotgan №29 MHXS
«Giperinflatsiya sharoitida moli-
yaviy hisobot»
standarti boshqa standartlar bilan chambarchas bog‘-
liqdir. Masalan,
№12-«Foyda solig‘i»
standarti bilan, chunki mazkur
standartga muvofiq moliyaviy hisobotlarni qayta baholash balans
foydasi va soliqqa tortiladigan daromad o‘rtasidagi farqning o‘sishiga
olib kelishi mumkin, bu farq esa №12 standartga muvofiq hisobga
olinishi lozim. O‘rganilayotgan standartda №21- «
Valuta kurslari
o‘zgarishlarining ta’siri
»,
№5-» Moliyaviy instrumentlar – yoritish»
va
boshqa MHXSlarga tayanadigan vaziyatlar mavjud.
O‘rganilayotgan № 29 MHXS 43 ta banddan iborat bo‘lib, ularning
4 tasi kirishga, 34 tasi standartni tushuntirishga to‘g‘ri keladi va faqat 5
bandigina standartning o‘zi bo‘lib hisoblanadi. Standartda undan foyda-
lanishning to‘xtalish shartlari-inflatsiya pasayib, iqtisodiyot giper-
inflatsion iqtisodiyot bo‘lmagan holatlar ham berilgan. Standart 1990-yil
1-yanvardan kuchga kirgan.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti – bu bir butun,
harakatchan va rivojlanayotgan buxgalteriya tizimi bo‘lib, u har xil
sharoitlarda ham qo‘llanilishi mumkin. Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlarini turli xil milliy hisoblar tizimi bilan birgalikda, ya’ni ko‘p
millatli korxonalarda qo‘llash alohida ahamiyat kasb etadi va samarali
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |