525
Haq yo‘lida kim sanga
Bir harf o‘qitmish
ranj
ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning
Haqqin yuz
ganj
ila
Alisher Navoiy
RANJ VA GANJ:
shogirdlari e’zozidagi tabarruk ustoz
Sharofiddin Ahmedovich Mannonov
(1935–2009)
Mannonov Sharofiddin Ahmedovich 1935-yil 2-dekabrda Qozo-
g‘iston Respublikasi Janubiy Qozog‘iston viloyati Sayram tumani
«Sayram» qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topgan.
U 1951-yilda o‘rta maktabni tamomlab, Toshkent sanoat-
iqtisodiyot texnikumiga o‘qishga kirgan. 1954–1958-yillarda
Sankt-
Peterburg (sobiq Leningrad) moliya-iqtisodiyot institutida tahsil olgan.
Sharofiddin Mannonov yoshligidan o‘qituvchilik kasbiga qiziq-
qanligi va institutning buxgalteriya hisobi bo‘yicha pedagog
mutaxassisligini tamomlaganligi bois, o‘z mehnat faoliyatini 1958-yilda
Andijon buxgalteriya-hisobchilik maktabida boshladi. 1961-yilgacha
ushbu dargohda o‘qituvchilik qilib, shu yilning fevral oyida O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy Statistika Boshqarmasi huzuridagi O‘quv-ishlab
chiqarish kombinatining direktor muovini vazifasiga tayinlangan. 1966–
1967-yillarda ushbu tashkilotda buxgalteriya hisobiga oid fanlardan dars
bergan. 1967–1968-yillarda O‘quv-ishlab chiqarish kombinati bosh-
lig‘ining o‘rinbosari, 1968–1970-yillarda direktori lavozimlarida faoliyat
ko‘rsatgan. 1970–1971-yillarda ushbu o‘quv
muassasasida buxgalteriya
hisobi bo‘yicha o‘qituvchilik qilgan.
Sharofiddin Ahmedovich rahbarlik lavozimlarida ishlagan davr-
larda ham uzluksiz o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, yoshlarga
buxgalterlik ilmini o‘rgatgan va ko‘plab buxgalter-hisobchilarni
tayyorlagan.
Sharofiddin Ahmedovichning ta’lim-tarbiya, xususan, buxgalterlik
kasbini o‘qitish yo‘lida orttirgan tajribasi o‘z faoliyatini oliy ta’lim
sohasida davom ettirishga undagan. U 1971-yil
Toshkent qishloq
xo‘jalik instituti (hozirgi ToshDAU) «Buxgalteriya hisobi va moliya»
kafedrasi assistenti lavozimiga qabul qilingan. Oliy ta’lim dargohidagi
halol va samarali mehnati, yaratgan o‘quv-uslubiy ishlari ijobiy
526
baholanib, 1983-yilda u katta o‘qituvchi lavozimiga o‘tkazilgan. Ka-
fedradagi mehnat faoliyati davomida 60 dan oshiq o‘quv, o‘quv-uslubiy
va ilmiy ishlar chop ettirgan, shundan 22 tasi uslubiy qo‘llanma.
Sharofiddin Ahmedovichning ko‘p
yillik halol va samarali
mehnatlari respublika, viloyat, tuman va universitet rahbariyati to-
monidan munosib taqdirlangan. Jumladan, u
Dostları ilə paylaş: