53
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun»ning 7-moddasiga
muvofiq
«
Aktivlar,
majburiyatlar,
xususiy
kapital,
zaxiralar,
daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan
bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining
obyektlari
dir
».
Korxonalar o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishlari uchun zarur
mablag‘lar, mashinalar, qurilmalar, pul, moddiy boyliklar va
boshqalarga ega bo‘lishlari kerak. Bu mablag‘larning tarkibi va ko‘lami
korxonalarning xo‘jalik faoliyatining yo‘nalishi (sanoat, qishloq
xo‘jaligi, savdo va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lib, ularning biznes-rejalari
bilan belgilanadi.
3.2. Mablag‘larning tarkibi va ishlab chiqarish jarayonidagi
funksional roli bo‘yicha turkumlanishi
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘l-
jallangan xo‘jalik mablag‘lari korxonaning o‘ziniki, bank krediti sifatida
korxonaga olinishi va qarzga olingan bo‘lishlari mumkin. Shunga ko‘ra
ular buxgalteriya hisobida ikki yo‘sinda:
birinchidan
, tarkibi, joylashishi
va ishlab chiqarish jarayonidagi funksional roli,
ikkinchidan
tashkil to-
pish manbalari va qanday maqsadga mo‘ljallanganligi bo‘yicha turkumlanadi.
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi va joylashishi bo‘yicha hisobga
olish korxonaning muayyan mablag‘lari (mashinalar, bino va inshootlar,
material va mahsulotlar va h.k.) to‘g‘risida ma’lumot bersa, ularni
vujudga kelish manbalari va tayinlanishi bo‘yicha hisobda aks ettirish
esa, bu mablag‘larning xususiy mulk hamda ularning korxonaga birik-
tirilganligi yoki vaqtincha ishlatilayotganligi va xo‘jalik mablag‘lari-
ning qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini aniqlash imkonini beradi.
Shunday qilib, eng umumiy ko‘rinishda buxgalteriya hisobi
predmetining mazmuni hisob obyektlarining iqtisodiy mohiyati orqali
ochib beriladi (3.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: