R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Aktivlarning vujudga kelish manbalari va maqsadli



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

3.3. Aktivlarning vujudga kelish manbalari va maqsadli
tayinlanishi bo‘yicha turkumlanishi 
 
Xo‘jalik mablag‘larining mavjudligi va joylashuvi xo‘jalikning 
iqtisodini to‘liq tavsiflay olmaydi. Buning uchun manbalarning 
tegishligini bilish zarur. 
Xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalari va tayinlanishiga 
ko‘ra korxonaning 
o‘z mablag‘lari manbalari
va 
majburiyatlari
yoki 
qarzga olingan mablag‘lar manbalariga bo‘linadi (3.3-rasm).
Korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari 
xususiy kapital, maqsadli 
tushumlar
hamda 
kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxira-
lar
dan iborat.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq korxonaning 
xususiy kapitali: ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va 
taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi.
Ustav kapitali
ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul 
ifodasidagi) yig‘indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan 
moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs 
ijrochi organining qaroriga ko‘ra baholanadi va hisobga olinadi.
Qo‘shilgan kapital
aksiyalarni nominal qiymatidan baland narx-
larda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.
Zaxira kapitali
mol-mulkni qayta baholash chog‘ida hosil bo‘la-
digan inflatsiya zaxiralarini, shuningdek, tekinga olingan mol-mulk 
qiymatini aks ettiradi.


58 
3.3-rasm. Korxona aknivlari manbalari (passivlari)ning 
turkumlanishi. 
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq 
muddatli qarz 
Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlari 
Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram 
jamiyatlarga uzoq muddatli qarz 
Soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq 
muddatli kechiktirilgan majburiyatlar 
Xaridor va buyurtmachilardan olingan
bo‘naklar 
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar 
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz 
Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba korxonalar
va qaram xo‘jalik jamiyatlariga qarz 
Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz 
Budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar bo‘yicha 
qarzlar 
Qisqa muddatli bank kreditlari 
Xodimlarga qarzlar 
Boshqa qisqa muddatli majburiyatlar 
Jor
iy m
aj
b
ur
iya
tl
ar
U
zoq m
u
dda
tl

m
aj
bur
iya
tl
ar
Ma
jb
ur
iya
tl
ar
Ustav kapitali 
Qo‘shilgan kapital 
Rezerv kapitali 
Maqsadli tushumlar 
Taqsimlanmagan foyda 
Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari 
uchun zaxiralar 
O
‘z m
abl
ag‘
la
ri
m
anb
al
ar

K
or
xona 
m
ab
lag
‘l
ar
i m
anb
al
ar
i (
pa
ss
ivl
ar



59 
Taqsimlanmagan foyda
foydaning jamg‘arilayotganini ifodalaydi 
va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo‘shilishi mumkin.
Maqsadli tushumlar
ga maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun 
mo‘ljallangan va qaytarib berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish mab-
lag‘lari va boshqa tushumlar kiradi. Bundaylarga grantlar, subsidiyalar, 
a’zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa 
maqsadli tushumlar misol bo‘ladi.
Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar
ga xarajatlar 
va to‘lovlarni xarajatlarga bir tekisda qo‘shish uchun belgilangan 
tartibda tashkil etiladigan zaxiralar kiradi.
Korxonaga chetdan jalb qilingan yoki qarzga olingan mablag‘lar 
manbalariga bank kreditlari(ssudalari), kreditor qarzlar va korxonaning 
boshqa majburiyatlari kiradi. 
Bank kreditlari (ssudalari) – bu korxonalarning qo‘shimcha 
mablag‘larga bo‘lgan talabini qondirish uchun korxonaga ma’lum 
muddatga berilgan davlat mablag‘laridir. Bank ssudalari qat’iy maqsadli 
ehtiyoj uchun beriladi va belgilangan muddatida qaytarilishi kerak. 
Kreditor qarzlar
– bu korxonalarning mol yetkazib beruvchilarga 
olgan materiallari uchun, pudratchilarga ular tomonidan bajarilgan ish 
va ko‘rsatilgan xizmatlar hamda boshqa muomalalar bo‘yicha paydo 
bo‘ladigan qarzlardir. 
Korxona majburiyatlari
– bu budjetga va budjetdan tashqari 
fondlarga o‘tkaziladigan ajratma va soliq summalari, ishchi va 
xizmatchilarga (jamoa xo‘jaligi a’zolariga) beriladigan ish (mehnat) haqi 
summasi va boshqalardir. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin