70
4
Bob
Boshlang‘ich balans va yakuniy balans har
qanday hisobchilikning
alfa
va
omega
sini
tashkil etadi.
I.F.Sher
BUXGALTERIYA BALANSI
Ushbu bobni o`rganish natijasida Siz:
- buxgalteriya balansining
mohiyati va tuzilishi;
- buxgalteriya
balansining
turkumlanishi
to`grisida
bilimlarga
;
-
xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansda ro‘y beradigan
o‘zgarishlarni
aks ettirish
ko`nikmalariga ega
bo`lasiz.
71
4-bob. BUXGALTERIYA BALANSI
Boshlang‘ich balans va yakuniy balans
har qanday hisobchilikning
alfa
va
omega
sini tashkil etadi.
I.F.Sher.
4.1. Buxgalteriya balansining mohiyati va tuzilishi
Korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini baholash va ularga
rahbarlik qilish hamda boshqarish uchun korxona qanday mablag‘larga
ega;
ularning tarkibi, joylanishi va ishlatilish darajasi
,
shuningdek,
ushbu mablag‘lar manbalari to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish
zarur. Buning uchun buxgalteriya balansi tuziladi. «Balans» so‘zi
lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi «bis»- ikki karra va «lans» tarozi
pallasi, ya’ni tarozi ikkita pallasining tengligi degan ma’noni,
muvozanat tenglik ramzini bildiradi. Tarozi muvozanat ramzi sifatida
buxgalterlarning Xalqaro gerbida ham aks ettirilgan (41-betga qarang).
Buxgalteriya hisobida «balans» tushunchasi
ikkita ahamiyat kasb
etadi:
1. Jamlangan summalar tengligi, ya’ni schotlarning debeti bo‘yicha
summalar jami va krediti bo‘yicha summalar jamining tengligi, har bir
sintetik schot ma’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i,
debet va kredit
oborotlari, oxirgi qoldig‘i) mazkur sintetik schotga tegishli analitik
schotlar ma’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar summalari
jami va passividagi moddalar summalari jamining tengligini ifodalaydi;
2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik
yurituvchi
subyektning ma’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks
ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi.
Buxgalteriya hisobining metodini tashkil etuvchi boshqa usullar
(elementlar) orasida bunday ikki tomonlama ahamiyat faqat buxgalteriya
balansiga xosdir.
Bunday ikki tomonlamalikda nafaqat
qarama-qarshiliklar birligi
qonunining mohiyati, balki korxona moliyaviy ahvolini baholash uchun
asos ham mujassamlashgan. Alohida balans moddalarining tarkibida aks
72
ettiriladigan hisob obyektlarining iqtisodiy mohiyatini tushunishni
osonlashtirish maqsadida balansda guruhlangan holda aks ettiriladi.
Axborotdan foydalanuvchilar, xususan,
potensial investorlar va
kreditorlar balansdagi alohida guruhlar va guruhchalarning mazmunini,
ular o‘rtasidagi munosabatlarni, o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganadilar.
Ushbu ahamiyatli jihatlariga asoslanib buxgalteriya balansini
quyidagicha ta’riflash mumkin:
Balans ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tarkibiy qismdan iborat: aktiv
va passiv. Bu atamalar ham lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi «activus»-
aktiv, faol va «passivus» - passiv, faoliyatsiz degan ma’nolarni bildiradi.
Balans
Dostları ilə paylaş: