74
Buxgalteriya balansining shakli O‘zbekiston
Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Namunaviy shakldagi balansni
qisqartirilgan holda quyidagi jadval ko‘rinishida keltirish mumkin (3.1-
jadval).
Balans aktivining I «
Uzoq muddatli aktivlar
» bo‘limida asosiy
vositalar,
nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar,
o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar va shunga o‘xshash
aks ettiriladi.
Aktivning
II «Joriy aktivlar»
bo‘limida yuqori likvidli, ya’ni pulga
aylantirilishi nisbatan oson xo‘jalik mablag‘lari guruhlangan. Bularga
asosan,
materiallar, o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari, tugal-
lanmagan ishlab chiqarish,
debitor qarzlar, qisqa muddatli moliyaviy
investitsiyalar hamda pul mablag‘lari kiradi.
Balansning passivida (o‘ng tomoni) o‘z mablag‘larining manbasi
va majburiyatlar aks ettiriladi.
Passivning I «
O‘z mablag‘lari manbasi
» bo‘limida xususiy kapital
asosiy o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risida»gi qonuni 19-moddasiga muvofiq:
«Xususiy kapital ustav
fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan va
taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi».
Balans passivining II «
Majburiyatlar
» bo‘limida korxona
majburiyatlari ularning muddatiga ko‘ra: uzoq muddatli majburiyatlar va
qisqa muddatli majburiyatlarga ajratilgan holda ko‘rsatiladi. Xususan,
bu bo‘limda quyidagi majburiyatlar aks ettiriladi:
Dostları ilə paylaş: