77
4.2. Buxgalteriya balanslarining turkumlanishi
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bozor makonida yuzaga kelgan
muayyan vaziyatda aniq maqsadni amalga
oshirishi uchun tegishli
balans modelini tanlashi va tuzishi talab etiladi.
Shu bois, har xil vaziyatlar uchun buxgalteriya balansining
turkumlanishini ko‘rib chiqamiz.
Balansning turlari ko‘p bo‘lib, ular asosan quyidagi belgilari
bo‘yicha turkumlanadi:
tuzish manbasi;
mulkchilik shakli;
axborotlar hajmi;
tuzish vaqti;
huquqiy maqomi;
taqdim etilish vaqti;
qayta tashkil etish tartibi;
tuzilish shakli;
soflik darajasi;
faoliyat turi;
tarmoqlar bo‘yicha;
tuzish usuli bo‘yicha (4.3-rasm).
Tuzish manbalariga ko‘ra
balanslar
inventar, daftar va bosh
balans
larga bo‘linadi.
Inventar balans
faqat mablag‘larning inventar ro‘yxatidan iborat
bo‘lib, qisqartirilgan va soddalashtirilgan shaklda tuziladi.
Yuridik
shaxsning ta’sis hujjatlari bilan tasdiqlangan dastlabki balans bunga
misol bo‘la oladi. Shuningdek, inventar balans
korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli o‘zgarganida ham tuzilishi mumkin.
Daftar balansi
faqat Bosh daftar schotlarining qoldiqlari asosida
joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha (inventarizatsiya
ma’lumotlarisiz) tuziladi.
Bosh balans
Bosh daftardagi joriy buxgalteriya hisobi yozuvlari va
inventarizatsiya ma’lumotlari bilan tasdiqlanganidan so‘ng tuziladi.
Mulkchilik shakli bo‘yicha balanslar xo‘jalik yurituvchi subyektlar
mablag‘larning vujudga kelish manbalari bo‘yicha farq qiladi. Masalan,
davlat (unitar) korxonalarining balansi; shirkat xo‘jaliklarining balansi;
xususiy
korxonalar
balansi;
aralash
mulkchilik
korxonalari
(aksiyadorlik.