3.1-rasm. Buxgalteriya hisobining obyektlari.
Buxgalteriya hisobining obyektlari
А.
Xo‘jalik mablag‘lari
(asosiy va joriy
aktivlar)
B.
Mablag‘larning manbalari
(xususiy kapital, zaxiralar va
majburiyatlar)
С.
Korxona moliya-xo‘jalik
faoliyatida amalga
oshiriladigan xo‘jalik
muomalalari
54
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi korxonalar faoliyatining yo‘nali-
shiga bog‘liq (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va h.k.).
Xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari(mablag‘lari)ning tarkibi 3.2-
rasmda ko‘rsatilgan. Aktivlar mohiyati, tarkibi va joylanishiga ko‘ra
ikkita guruhga bo‘linadi.
I. Uzoq muddatli aktivlar.
II. Joriy aktivlar.
Quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy
vositalar tarkibiga kiritiladi:
a) xizmat muddati 1 yildan oshiq;
b) bitta birligi(komplekti)ning qiymati O‘zbekiston Respublikasida
belgilangan eng kam ish haqining 50 barobaridan oshiq bo‘lgan (sotib
olish vaqtida) predmetlar.
3.2-rasm. Korxona aktivlari(mablag‘lari)ning turkumlanishi.
Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirish, binolar, inshootlar,
uzatish moslamalari, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari,
hisoblash texnikasi transport vositalari, ishchi hamda mahsuldor
hayvonlar va hokazo shunga o‘xshashlar kiradi.
Asosiy vositalar
Nomoddiy aktivlar
Uzoq muddatli investitsiyalar
O‘rnatiladigan asbob-uskunalar
Uzoq muddatli debitorlik qarzlar va muddati
kechiktirilgan uzoq muddatli sarflar
Kapital qo‘yilmalar
Tovar-moddiy zaxiralar
Kelgusi davr sarflari
Debitorlar (olinadigan schotlar)
Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va
boshqa joriy aktivlar
Uzoq
muddatli
aktivlar
Joriy
aktivlar
Xo‘
jalik yurit
uvc
hi
subye
kt aktivl
ari
55
Asosiy vositalarni hisobga olish uslublari №5-«Asosiy vositalar»
nomli BHMSda keltirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazir-
ligida 20-yanvar 2004-yil 1299-raqam bilan ro‘yxatga olingan).
Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq
muddatli investitsiyalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yil-
malar va uzoq muddatli debitor qarzlari hamda kechiktirilgan xarajatlar
kiradi. Bularning mazmunini tushunish uchun ayrimlariga batafsilroq
to‘xtalib o‘tamiz.
Asosiy vositalar
– korxona xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq
davom etadigan vaqt mobaynida, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish
va xizmat ko‘rsatish yoki ma’muriy va ijtimoiy-madaniy funksiyalarni
amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
№7-«Nomoddiy aktivlar» nomli BHMSning 7-bandiga muvofiq
nomoddiy aktivlar – moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan, xo‘jalik
yurituvchi subyekt tomonidan, xo‘jalik faoliyatida foydalanish maq-
sadida nazorat qilinadigan, shuningdek, uzoq vaqt (bir yildan ko‘p)
ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obyektlari. Shuningdek,
nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob berganida aktiv deb olinadi:
aktiv ta’rifini qondiradigan; o‘lchanadigan; ahamiyatga molik bo‘lgan;
ishonchli bo‘lgan; kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan; ajratiladigan,
ya’ni uni ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish mumkin
bo‘lgan hollarda.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xau», savdo
markalari, tovar belgilari, sanoat namunalari, dasturiy ta’minot, gudvill,
tashkiliy xarajatlar, franshizalar, mualliflik huquqlari, xizmat ko‘rsatish
belgilari va boshqalar kiradi.
Korxonaning
joriy aktivlari
ga tovar-moddiy zaxiralari, kelgusi
davr xarajatlari va kechiktirilgan qarzlar, olinadigan schotlar (debitor
qarzlar), pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqalar
kiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari tarkibida joriy aktivlarning
ro‘yxati keng va xilma-xil bo‘lib, ular doimo aylanishda bo‘lganligi
sababli uzoq muddatli aktivlarga qaraganda nisbatan yuqori likvidli
hisoblanadi. Joriy aktivlarning naqd pulga aylantirish oson bo‘lgan
qismi yuqori likvidli deyiladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larning ikkinchi qismini
mehnat buyumlari tashkil etadi. Bular kishi mehnati yo‘naltiriladigan
mablag‘lardir. Mehnat buyumlari tarkibiga urug‘lik ko‘chatlar, yem-
xashak, yosh chorva mollari va boquvdagi mollar, yordamchi
56
materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar, yoqilg‘ilar,
tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr sarflari va boshqalar kiradi.
Mehnat buyumlari ishlab chiqarish jarayonida qatnashib mehnat
vositalaridan farq qilgan holda, bir ishlab chiqarish jarayonida o‘z
qiymatini yangidan yaratilgan mahsulotning tannarxiga to‘liq o‘tkazadi.
Mehnat buyumlarining pulda ifodalangan yig‘indisi aylanma ishlab
chiqarish mablag‘lari deb ataladi.
Tovar-moddiy zaxiralari korxonaning ishlab chiqarish zaxiralari va
tugallanmagan ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag‘laridan
tashkil topadi. Ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag‘lari quyi-
dagilarga bo‘linadi: ishlab chiqarish zaxiralari – o‘stirilayotgan va
boquvdagi chorva mollari, urug‘lik va ko‘chatlar, ehtiyot qismlar va
ta’mirlash materiallari, neft mahsulotlari, qattiq yoqilg‘i, mineral
o‘g‘itlar, zaharli ximikatlar, hunarmandchilik va yordamchi ishlab
chiqarishdagi qayta ishlanadigan vositalar, idish va idish materiallari,
boshqa materiallar, ta’mirlashga va boshqa asosiy faoliyat ehtiyoji
uchun ishlatiladigan qurilish materiallari, tugallanmagan ishlab chiqa-
rish– kelgusi yillar hosili uchun qilingan xarajatlar, chorvachilikdagi
ishlab chiqarish xarajatlari, hunarmandchilik va yordamchi ishlab chiqa-
rishdagi xarajatlar, ustaxonalarning tugallanmagan ishlab chiqarish
xarajatlari, kelgusi davr sarflari.
Zaxiralar, kapital qo‘yilmalar va ta’mirlash xarajatlari (qurilma va
materiallar) tugallanmagan kapital qurilish, kapital tuzatish xarajatlari
kapital qo‘yilmalar va kapital ta’mirlashdagi aylanma mablag‘lar
qatoriga kiradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovar qismi (ya’ni sotishga mo‘l-
jallangan qismi), pul mablag‘lari debitorlar bilan hisoblashuvdagi va
muomala jarayoniga xizmat qiluvchi mablag‘lar muomala sohasidagi
mablag‘larni tashkil etadi.
Sotgan mahsulotlari uchun korxonalar pul oladilar va bu pullardan
ishlab chiqarish vositalari (materiallar, urug‘lik, neft mahsulotlari) sotib
olish, ish haqi berish, davlat budjeti bilan hisoblashish va boshqa
maqsadlar uchun foydalanadilar. Korxonaning pul mablag‘lari bankning
hisob-kitob schoti va maxsus schotlarida yoki kassada saqlanadi.
Korxona ixtiyorida mahsulot sotishdan va xizmat ko‘rsatishdan tushgan
pullardan tashqari ishlab chiqarishni kengaytirishni budjetdan moliya-
lashtirish yoki mavsumiy sarflarni qoplash uchun olingan kredit
shaklidagi pul mablag‘lari ham bo‘ladi.
57
Sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun
pul mablag‘lari kelib tushishi amalda mahsulot sotilgan yoki xizmat
bajarilgan vaqtidan kechikib sodir bo‘ladi. Sotilgan mahsulot yoki
ko‘rsatilgan xizmat uchun mazkur korxonaga qarzdor bo‘lgan kor-
xonalar yoki ayrim shaxslar
debitorlar
, qarzning o‘zi esa (hisob-
lashuvdagi mablag‘lar)
debitor qarz
deb ataladi.
Shunday qilib, korxonaning muomala sohasidagi mablag‘lari
amaliyotda tayyor mahsulotlar (tovar) ko‘rinishida omborlarda, pul
mablag‘lari kassada yoki hisoblashuvda (debitor qarz) bo‘lishi mumkin.
Noishlab chiqarishdagi mablag‘larga iste’mol sohasidagi mab-
lag‘lar kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi.
Lekin ehtiyojlarni qondirib, ularning ishlab chiqarishi faoliyatiga jiddiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |