R e j a: · Psixologiyani o’qitishda amaliy mashg’ulotlarni ahamiyati


Seminar mashg’uloti vazifalari va turlari



Yüklə 126,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix05.05.2023
ölçüsü126,66 Kb.
#108113
1   2   3   4   5   6   7   8
R e j a · Psixologiyani o’qitishda amaliy mashg’ulotlarni ahami

2. Seminar mashg’uloti vazifalari va turlari
Amaliy mashg’ulot shakllaridan biri - seminardir. «Seminar» so’zi lotin tilidan
«seminarium»pitomnik ma’nosini bildiradi, muayyan o’quv fani, yoki mavzu buyicha
o’quvchilar yoki tinglovchilarning faol ishtiroqidagi guruhiy mashg’ulotlarning maxsus
shaklidir. Seminar mashg’ulotlari quyidagi vazifalarni echishga qaratilgan bo’ladi:
· ma’ruzada bayon qilingan nazariy qoidalarni mustahkamlash;
· fan bo’yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
· talabalarning ilmiy-tadqiqot, bilish qobiliyatlarini o’stirish;
· nazariy o’qitish jarayonida egallangan bilimlarning amaliyotda tan olinishi.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida seminar mashg’ulotlarining uch turi farqlanadi:
seminaroldi mashg’uloti, seminar va maxsus seminar.
Seminaroldi mashg’ulotlari, asosan, talabalarni mustaqil ishning o’ziga xos xususiyatlari
bilan tanishtirish maqsadida o’tkaziladi. Unda adabiyotlar, ma’lumotnoma-adabiyotlar va boshqa
manbalar bilan ishlash usullari o’rgatiladi, talabalarni boshlang’ich shaklda ilmiy-tadqiqot
ishlariga o’tishga hozirlaydi. Seminaroldi mashg’ulotlari seminar mashg’ulotlarining
tayyorgarlik shakli hisoblanadi va odatda birinchi kurslarda o’tkaziladi. Seminaroldi
mashg’ulotlarida o’qituvchi etakchilik qiladi, chunki talabalar muayyan ixtisoslik bo’yicha o’quv
ishlariga kam e’tibor beradilar, shuning uchun ham etarli darajada tashabbus ko’rsata olmaydilar.
Seminar mashg’ulotlarida seminaroldi mashg’ulotlariga nisbatan o’ta muhim vazifalar hal
qilinadi. Masalan, ayrim seminarlar tematik bog’langan muayyan muntazam kursni chuqur


2
o’rganishni maqsad qilib qo’yadi. Boshqalari esa biror mavzuni yoki kursning alohida va
nihoyatda muhim va umumiy bo’lgan mavzularini metodologik jihatdan ishlab chiqishga
bag’ishlangan bo’ladi.

Yüklə 126,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin