Qo'shimcha atamalar. Bular asosiy atamalarga aniqlik kiritadi va harakat yo'nalishi, bajarish usuli, tayanish sharti va hokazolarni ko'rsatib beradi. Masalan, qaddini rostlab, yoysimon to'ntarilib va boshqalar.
Mashqning nomi, odatda, uning mohiyatini ifoda etadigan asosiy atamadan va harakatni, uning izchilligini aniqlab beradigan qo'shimcha atamadan iborat bo'ladi. Zarurat bo'lganda, ijro ifodasini ta’kidlaydigan uqtirish so'zlari ishlatiladi (masalan, qo'lda keskin harakat, bo'shashtirish, osoyishta harakatlantiriladi va h.k.).
Qisqartirish qoidalari (ayrim ifodalarni tushirib qoldirish) Bayon qilish qisqaroq bo'lishi uchun gimnastikada, odatda, ko'p holatlarni, harakatlar yoki ular mashqlarining nomlarini ko'rsatmaslik qabul qiiingan. Masalan, quyidagi so'zlar tushirib qoldiriladi:
«oldindan», «oldinga» —harakat yo'nalishini ko'rsatishda, agar shu harakat eng qisqa, iloji bor yagona yo'l bilan (masalan, oldindan burilib) bajariladigan bo'lsa;
qo'llar, oyoqlar, oyoq uchlari, kaftlar holatining qandayligi agar bu holat belgilangan uslubdagiga mos bo'lsa;
«gavdani» — engashtirganda;
«oyoq» — oldinga, orqaga siltanishda, oyoq uchini qo'yishda;
«ko'taring», «tushiring» — qo‘1 yoki oyoqlar bilan harakat bajarganda;
«uzunasiga», «ko'ndalangiga» — muayyan gimnastikajihoziga ko'proq xos bo'lgan tabiiy holatlarda;
«ustidan tutish» — eng ko'p tarqalgan bo'lgani uchun, «ichkariga sakrab tushish» (yoki jihoz ichkarisidagi holat);
«sakrab tushish» yoki «sakrash» — gimnastika jihozining nomidan shunday qilinishi ma’lum bo'lsa;
«egilib» — bunday holat ijro texnikasidan ma’lum bo'lsa. Masalan, qo'shpoyalarda: oldinga siltanib ko'tarilish — orqaga siltanib sakrab tushish;
«kaftlar ichkariga qaragan» — qo'llar pastga tushirilgan, oldinga uzatilgan, opqaga uzatilgan, yuqori ko'tarilgan holatda;
«kaftlar pastga qaragan» — qo'llar ikki yonga yoki chapga (o'ngga) uzatilgan holatda;
«oldinga yoysimon» — qo'llar oldinga harakatlantirib ko'tarilsa yoki tushirilsa.
Dastlabki holat (d.h.) faqat mashqning boshida ko'rsatiladi.
Oyoq, qo'llar va gavdaning harakat yo‘li, harakat eng qisqa yoki odatdagi usulda bajarilmagandagina ko'rsatiladi.
Umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar Dastlabki holatlar — mashqlar ijrosi boshlanishidagi turish va boshqa holatlar.
Turishlar: asosiy turish (AT) lar saf turishiga mos keladi. Turishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib turish, oyoqlarni keng kerib turish, oyoqlarni ozroq kerib turish, chalishtirib turish (bunda oyoq kaftlari juftlanadi) va oyoqlar keng, erkin turadi.
Oyoqlar uchida turish atamasi o'sha holatga izohdir. Tizzada turish (shuningdek, o'tirish, yotish va boshqa holatlardan) so'ziga oyoqlarni to'g'rilab turishga o'tish «tik turish» atamasi bilan beriladi.
O'tirishlar: yerda yoki gimnastika jihozlarida o'tirish holatlari. O'tirishning quyidagi turlari bor: o'tirish, oyoqlarni kerib o'tirish, burchaksimon o'tirish, oyoqlarni kerib bukib o'tirish, bukilib o'tirish, oyoqlarni quchoqlab o'tirish, tovonlarda yoki o'ng tovonda o'tirish, sonda o'tirish va shu kabilar.
Cho ‘qqayish: shug'ullanuvchining oyoqlari bukilgan holat, yarimcho'qqayish, do'ngsimon cho'qqayish, do'ngsimon yarimcho'qqayish, ortga engashib yarimcho'qqayish, engashib yarim cho‘qqayish va boshqalar, bu «suzuvchi starti» deb ham yuritiladi.
Hamla: tayanch oyoqni biron tomonga tashJab bukish harakati yoki shundan keyingi holat, engashib hamla, o‘ngga tashlanib engashish, qattiq hamla, oyoq yo‘nalishiga qarab qilsa, shunga teskari hamla (masalan, chap oyoqdan o'ngga hamla).
Tayanishlar: yelkalar tayanch nuqtasidan yuqori bo‘lgan holatlar. Tayanishning quyidagi turlari bor: cho'qqayib tayanish, o'ng tizzaga tayanish, o‘ng tizza bilan chap qo‘lga tayanish va chap tizza bilan o'ng qo'lga tayanish, tik bukilib tayanish, bilaklarga tayanib yotish, orqadan tayanib yotish va boshqalar.