R e j a: I. Kirish II. Asosiy qism


O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik muloqotni boshqarish uslublari



Yüklə 56,87 Kb.
səhifə10/12
tarix05.12.2022
ölçüsü56,87 Kb.
#72372
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
O\'quv tarbiya jarayonida pedagogik muloqot jarayonini boshqarish uslublari

2.O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik muloqotni boshqarish uslublari. Psixologiyada rahbarlarning o’z jamoasi a‟zolari bilan munosabat texnikasi tahlil etilib, turli tipdagi ijtimoiy-psixologik portretlari ishlab chiqilgan. Rahbarlarning muloqotni boqarish uslublari: avtoritar, demokratik, liberal uslub tarzida berilgan. Mana shu uslublarni pedagogik muloqotda o’qituvchi rahbarligi uslubi tarzida kurish mumkin.
Avtoritar uslub. O’qituvchi guruhning faoliyat yo’nalishini shaxsan o’zi belgilaydi, kim-kim bilan o’tiradi, kim bilan ishlaydi o’qituvchi o’zi hal qiladi. Bunday uslubda ish yurituvchi o’qituvchi o’quvchilar tashabbusiga yo’l bermaydi. Hamkorlikning asosiy shakli-buyruq, ko’rsatma, instrO’qstiya, ogohlantirish. Hatto kamdan-kam bildiriladigan minnatdorchilik ham kamsitish shaklida bo’ladi. "Sen bugun yaxshi javob berding. Sendan buni kutmovdim" kabi.
Demokratik uslub. O’qituvchi faoliyat maqsadini har bir o’quvchi ongiga etkazishga, ish borishini hal etishga hammani faol ishtirok etishga undaydi. o’zining vazifasini faqat nazorat va muvofiqlashtirishda emas balki tarbiyalashda deb biladi, har bir o’quvchi rag’batlantiriladi, unda o’ziga ishonch paydo bo’ladi, o’z- o’zini boshqarish rivojlanadi. Demokratik uslubda boshqaruvchi o’qituvchi bolalarning individual qobiliyat va qiziqishlarini hicobga olib vazifalarni optimal tarzda taqsimlashga undaydi. Faollikni rag’batlantiradi, tashabbusin quvvatlaydi. Muloqotning asosiy shakli - iltimos, maslahat, axborot tarzida bo’ladi.
Liberal uslub. o’qituvchi jamoa faoliyatiga aralashmaslikka harakat qiladi, faollik ko’rsatmaydi, maslahatlarga formal qaraydi, turli ta‟sirlarga tez beriladi. Javobgarlikdan o’zini olib qochadi.
Eng yaxshi uslub - demokratik uslub. Miqdoriy ko’rsatkichlar avtoritar uslubdan kam bo’lishi mumkin, lekin ishlash ijtiyoqi rahbar yo’g’ida ham davom etadi. Ijodkorlik yuqori bo’ladi, javobgarlik hissi, o’z jamoasi uchun faxrlanish rivojlanadi. Eng yomon uslub - liberal uslub bo’lib, bunda ham ish kam bajariladi, ham sifat yomon bo’ladi.
Avtoritarizm o’qituvchi etO’qmasligini, uning axloqiy va siyosiy tarbiyasizligini, pedagogik madaniyati pastligi bilan xarakterlanadi.
O’qituvchilar maktab amaliyotida axloq tarbiyasida qo’llashi mumkin bo’lgan quyidagi asosiy pedagogik uslub turlari mavjud:

  • Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishga demokratik yondoshish, tarbiyaviy ishlar natijasini oshkora muhokama qilish va uni o’quvchilar bilan birgalikda baholab, kelgusi rejalarni to’zishni taqozo etadi. Bu uslub pedagog - o’qituvchi - o’quvchilar kollektivi shaxslararo munosabatlarni erkinlik, demokratik talablar asosida shakllantirib, o’quvchilarning tashabbuskorligi, o’z-o’zini tarbiyalash ishiga ijodiy yondashish orqali barcha psixologik- idividual imkoniyatlarini, qobiliyatini ruyobga chiqarishga zamin yaratadi.


  • Yüklə 56,87 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin