R e j a: I. Kirish II. Asosiy qism


O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat - pedagogik uslub



Yüklə 56,87 Kb.
səhifə11/12
tarix05.12.2022
ölçüsü56,87 Kb.
#72372
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
O\'quv tarbiya jarayonida pedagogik muloqot jarayonini boshqarish uslublari

O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat - pedagogik uslub. U o’quvchi shaxsini hurmat qilish va talbchanlik mezoni asosida qurilgan. Ushbu uslub asosida o’z faoliyatini tashkil etgan pedagog har o’quvchining kelajagiga umid bilan qarashi, unga individual yondoshishga harakat qilishi, jazo usullarini tartibsiz qo’llamasligi, o’quvchilar kollektivi oldiga istiqbolli tarbiyaviy maqsad qo’yishga intilishi lozim. Aslida bu uslub biz ko’rib o’tgan birinchi uslubga utishga zamin tayyorlashi, unga muqaddima bo’lishi mumkin. Aksincha, o’qituvchi ma‟lum pedagogik mohiyatta ega bo’lishga intilmasa, o’z fanidan bilimi sayoz bo’lsa, shaxslararo munosabatlarga ijodiy yondoshmasa, kommuniaktiv qobiliyatini takomillashtirib bormasa o’quvchilar uni "katta birodar", "konsultant" sifatida asta-sekin tan olmay qo’yishadi. Pedagog o’zining tarbiyaviy ishlarini amalga oshirishdagi etakchilik rolini yo’qotib, o’quvchilar hurmatini engil yo’l bilan qozonmoqchi bo’lgan bachkana shaxsga aylanib qolishi mumkin.

  • Pedagogik muomala – masofa uslubi. Bundan tajribali pedagoglar ham, faoliyatini endi boshlagan yosh o’qituvchilar ham foydalanishiga harakat qilishlari mumkin. o’qituvchilar asosan pedagogik talabga tayanadilar: o’quvchilar oldiga ma‟lum tarbiyaviy maqsadlarni qo’yib, uni bajarilish jarayonini ko’zatish, xatolarini to’zatish, baholash bilan mashg’ul bo’ladilar. Bunday pedagoglar o’qitayotgan sinflarda tarbiyaviy maqsadlar nomigagina amalga oshiriladi, tarbiyaviy tadbirlar o’quvchilarda hatti-harakat motivlari, rivojlanish ehtiyojlarini shakllantirmaydi. Nari borsa, sinf o’quvchilari ahloqiy bilimlarni o’zlashtirib olishlari mumkin. Lekin bu xil bilimlar amaliyotda kam qo’llaniladi.

  • qo‘rquvga asoslangan uslub. Bundan odatda yosh, tajribasiz o’qituvchilar foydalanishga harakat qiladilar. Ushbu uslub asosan taqiqlashga tayanadi. Bolalar faolligi, tashabbuskorligi inkor etiladi. Bu uslub maktab islohoti manfaatlariga mutlaqo mos emas.

    III. Xulosa
    Darsdan so’ng ko’pgina talabalar darsni qoniqarsiz deb baholaydilar. Bu yerda faqat o’qituvchining bilimi emas, balki dars muhiti, o’qituvchi va o’quvchi muloqoti, munosabati muhimdir. Ayniqsa hozirgi kunimizda oldimizga erkin, mustaqil fikrlovchi har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalash vazifasi turganda, bu muloqot aslida muhim ahamiyat kasb etadi.
    O’qituvining o’quvchilar bilan muloqoti bunday kayfiyatga yo’l qo’ymasligi, o’quvchini faollikka undashi, unda quvonch paydo qilishi kerak.
    Umuman ilg’or pedagoglar fikricha tu’lim faqat hamkorlik pedagogikasi pozitsiyasida bo’lishi kerak.
    Pedagogik muloqot bu o’qituvchi professional faolligining bir ko’rinishi bo’lib, bunda ta’lim va tarbiya vazifalari o’qituvchi hamda o’quv tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi.
    Bu vaziyatda o’qituvchi baho beruvchi rolida chiqadi, ikkinchi uning o’zi baho oluvchi hisoblanadi. Ravshanki bunday hollarda pedagogik ta’sir ko’rsatish vazifalari va vositalari ham o’qituvchining pedagogik muloqoti ham har xil bo’ladi. Biz quyida o’qituvchining o’quvchilar bilan muloqotini qarab chiqamiz.
    Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri o’qituvchi shaxsi, uning qarashlari nuqtai nazarlarida, xulqida namayon bo’ladigan g’oyaviy siyosiy saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga intilishi bilan uzviy bog’liq.
    Pedagogik muloqotning ko’p qatlamligini e’tiborga olish ham uning ta’sir ko’rsatish kuchini oshiruvchi vositadir. O’qituvchi bir vaqtning o’zida butun sinf bilan va har bir o’quvchi bilan, o’quvchi orqali esa butun sinf bilan muloqotda bo’ladi. Bir o’quvchi bilan muloqotda bo’lgan holda (darsda nimanidir tushuntirish, ishontirish) o’qituvchi o’z e’tiborini to’la ana shu o’quvchiga qaratib qo’yishi mumkin emas. Darsda alohida o’quvchi bilan muloqotni shunday tashkil etish kerakki bundan boshqa barcha o’quvchilar ham nazardan chetda qolmasligi zarur. Faqat shundagina muloqot, pedagogik muloqot jarayoni uzviy va tizimli bo’ladi.

    Yüklə 56,87 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin