R e j a Kirish


Umumta`lim maktablaring o`quvchi eshlarni harakatga o`rgatish va



Yüklə 30,23 Kb.
səhifə3/6
tarix17.05.2023
ölçüsü30,23 Kb.
#115375
1   2   3   4   5   6
UMUMIY O\'RTA TA\'LIM MAKTAB TA\'LIM O\'QUVCHILARINING JISMONIY TARBIYA O\'QUV TAXLILI kurs ishi

2. Umumta`lim maktablaring o`quvchi eshlarni harakatga o`rgatish va
mashg`ulotlarda jismoniy sifatlarini rivojlantirish, ta`lim jaraenlarinig pritsiplari.
Maktab eshi harakatga urgatish uchun eng qulay eshdir. Xuddi mana shu
yillarda bolalar yuqori egiluvchanglikka kuchli va tez nerv quzg`olishiga ega
buladilar va shunga kura harakatlarning shartli reflekslarini engil hosil bulishi bilan
ajralib turadilar. 14-15 eshda harakat analizatorlarining rivojlanganligi me`riga
etadi. Maktabni tugallash davriga kelib o`quvchilar hilma-hil darajadagi harakat
malakalariga ega buladi. Bu uz navbatida jismoniy mashqlarni, mehnat faoliyatida
va ijtimoyi haetda turmushda, uzlarining sog`ligini musthakamlashga, jismoniy
tayergarlikni oshirishga qo`llay oladilar.
Harakat urgatish shug`ullanuvchi jismoniy rivojlanganligi va jismoniy
tayergarligi hamda jismoniy sifatlarini darajasiga qarab amalga oshiriladi.
Katta, urta, kichik eshdagi o`quvchilarni harakatga urgatishda umumiy
metodik printsiplarni qo`llashga alohida e`tibor beriladi.
Onglilik va faollilik printsipiga muvofiq yildan yilga bolalar urgatilgan
harakat faoliyati haqida bilimlarga ega bula borishlari, bajarilgan harakat nimaga
faqat aynan shunday bajarilishi kerakligi, boshqacha bajarilsa qanday hatolar sodir
bulishi mumkinligi haqida fikr yurita oladigan bulishlari lozim. Bu bilan ularning
fikrlash doirasi kengayadi. Kichik eshdagi jismlarni kurish orqali fikrlaydiganlarda
haetiy misollar bilan, jismoniy mashqning ahamiyati uni kundalik turmushda
qo`llanilishi shug`ullanuvchi sog`ligi uchun ahamiyati va boshqalar haqida haetiy
misollar keltirilsa bas.
V-IV sinf o`quvchilariga nisbatan qiyin harakat malakalari beriladi. Bu jaraen
urganilgan materiallarni ko`p marotaba qaytarish orqaligina amalga oshirilishi,
shundagina yuqori natijalar uchun ko`p ter va og`ir mashaqqatlar tortish kerakligi
ularning ongiga singdiriladi. Bu eshdagilar psixikasiga e`tibor berish muhim
ahamiyatga ega. Ular urganilaetgan harakat faoliyatini tezdagina egallab olishga
urinadilar. Bu bilan ular hatolarga yul qo`yadilar. Shuning uchun harakat texnikasi
ustida ishlash og`ir ekanligini alohida tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Ularni
harakatlarni uzlashtirishda bir-biridan hatolar topishga majbur qilish, hatolarni kura
bilish, tahlilga urgatish va bulajak hatolarni oldini olishga zamin yaratadi.
Qolaversa, o`qitilgan mavzularni qaytarishda ularni guruhlarga rahbarlik qilishga
urgatishni haetiy ahamiyati katta. Mustaqil fikrlashga e`tibor berish muo`im
ahamiyatga ega.
Yuqori sinf o`quvchilariga yangi adabietlar, sport taktikasi haqida
tushunchalar, mustaqil shug`ulanishlari uchun maslahatlar berish maqsadga
muvofiq buladi.
Bajarib kursatish prinitsipi o`quvchilarda o`sha harakatlar haqida aniq
tushunchalar hosil qilishda muhim rol` o`ynaydi. Kichik va urta eshdagilarda taqlid
qilish refleksi juda rivojlangan buladi. Ular kursatilgan harakatlarni aynan uzini,
nusxasini, tezda va butunligiga qaytara oladilar. Shuning uchun bu printsipiga
rioya qilish o`qituvchidan alohida e`tiborni hamda o`quvchilar bajaretgan mashqni
ahamiyatini mukammal tushuntirish lozimligi talabini quyadi.
Yuqori sinf o`quvchilari turli hil tayergarliklarni o`tadilar, harakatlarni uzlari
mustaqil kuzatib baholay olib malakalariga ega bulib qoladilar. Mashqlarni yaxshi
bajaradiganlarini, yaxshi namoyish qila oladiganlarini tarbiyalash maqsadga
muvofiq bulib, ulardan o`qituvchilar mashg`ulotlar paytida erdamchi sifatida
foydalanishlari mumkin.
Harakatni bulaklarga ajratish bilan urgatish va o`qitishni individuallashtirish
printsipi - kichik maktab eshdagilarga qo`llaganda ayrim harakatlarni ajratib olish
va uni aniq bajarish qiyinroq kechadi. Ular tez charchaydilar va tez tiklana oladilar.
Ayniqsa bir hil harakatlar tez charchashni tezlashtiradi. Bulardan tashqari tananing
ayrim muskullarini ma`lum muddatga ushlab turish (statik holatdagi) mashqlari tez
toltiradi va shuning uchun bunday mashqlarni qo`llashdan qochish lozim.
Birinchi sinfdan boshlaboq o`quvchilardan ayrim mashqlarni bajarish uchun
bor imkoniyatlarni sarflashini talab qilish kerak buladi. Chunki ularning jismoniy
tayergarligi va nerv faoliya-tining topiologik xususiyatlariga katta e`tiborni talab
qiladi.
Muntazamlilik printsipi harakatga - urgatish rejalashtirilgan materiani qator
mashg`ulotlarda ko`proq qaytarish talabini quyadi. Mavzu uzlashtirilgandan
so`ngina boshqa vazifaga o`tiladi. Kichik, urta va katta maktab eshdagilar bir eki
bir necha darsni (eki trenirovkani mashg`ulotini) qo`yib yuborishi, ularda tizimli
qatnashmasligi, ta`lim jaraeniga salbiy ta`sir kursatadi va uzlashtirish jaraenini
chuzilishiga sabab buladi.
Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish printsipi harakatga urgatishda
bajarilaetgan mashqni asta-sekinlik bilan qiyinlashtirish, yuklama me`eriga
nisbatan kerak bulgan talablarni qo`yish, nerv muskul jaraenida koordinatsion
uzgarishlar sodir bulishi bilan bog`liq qoidalarga rioya qishini taqozo etadi. I-III
sinflarda bajariladigan harakat turlarini tez-tez uzgartirish maqsadga muvofiqdir.
Mashq bajaraetganda zuriqqan muskul navbatdagi muskullarga nisbatan dam
berishi amalietdan ma`lum. Muskullarni 5-8 sek oshiq zuriqqan holda tarang
ushlab turish bu eshdagilar uchun tavsiya etilmaydi. Mashqni bajarish va urinish
oldidan o`quvchini ko`p kuttirish tavsiya qilinmaydi. Navbat kutish tik turishdan
iborat bulmay asosiy harakatni bajarishda ishtirok etmaydigan boshqa muskul
guruhlari uchun zuriqish beradigan harakatlar bilan almashtirilishi, qorin, ko`krak,
bel muskullarini rivojlantiradigan, normal nafas olish malakasini shakllanti-radigan
mashqlarni bajarish tavsiya qilinishi ham mumkin.
Mashq uslubiyatini usmirlarga qo`llar ekanmiz, diqqatni gavdani to`g`ri tuta
bilish, ratsional ritmda nafas olish (ayniqsa yurish va yugurish mashqlari)ga
qaratishimiz kerak. V-IX sinfdagilar kurganini ilib olish qobiliyatiga ega buladilar.
Har bir haraqatini tez urganadilar. Ularda ayniqsa engil atletika mashqlariga
qiziqish katta buladi. Mashqlarni bajarishda aynan o`sha mashqni nimasiga kuch
sarf qilish eki mashqdan so`ng mashqni bajarish uchun zuriqqan muskulni
bo`shashtirishni bilishga urgatish, chiroyli, yuqori darajali kuch sarflagandagidek
harakatlarni bajarishga urgatish kerak buladi.
Yuqori sinfdagi bolalarda jismoniy mashqlarni ko`proq kuch talab
qiluvchilarini, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarni rivojlanishiga olib
keladiganlarini berish tavsiya qilinadi.
Harakatga urgatishning etaplari. Jismoniy tarbiya darsida jismoniy
mashqlarga urgatish jaraeni harakatga urgatishning asosini tashkil qiladi. Rasm,
ashula va boshqa darslarda bolalar diqqati juda aktiv boladi. Jismoniy tarbiya
darslarida ham mashqlarni uzlashtirishda bolalar diqqatini yuqorida qayd qilingan
daslardagidek bulishiga erishish kerak.
O`rgatishning boshlang`ich etapi. Mashqni bajarilishini boshlanishi bilanoq
tushuntirishga, diqqat bilan eshitishga erishish, bajarilaetganni to`la tasavvur qilish,
ijroni tahlili va uni bajarishga zur ishtieqni, intilishni paydo qilish lozimligi
ta`limning birlamchi etapini asosiy mazmunini tashkil etadi. Kichik eshdagilarga
iloji boricha o`yin tarzidagi harakatlarni urgatishni yulga qo`yish o`qitishning
boshlang`ich etapni asosiy vazifasidir. Bolalarda o`sha faoliyatga kerak bulgan
harakatni bajarmaslikka olib keladigan sabablarni kura bilish, urgatishning
samarali boshlanishiga ijobiy ta`sir korsatadi va o`qitishda yaxshi natija beradi.
O`smirlarga mashg`ulotlar paytida eng dastlabki bajarish ular uchun tanish
sharoitda, tashqi quzg`atuvchisiz, chalg`ituvchilarsiz amalga oshirilishi muhim.
Professor Kas`yanovning ezichisha tajriba maktabining darsiga tajriba
urgangani bir guruh nazoratchilar kelgan. Uni kurgan o`qituvchi, bolalar yaxshi
kurgan sport jihozlarida, bolalar uchun tanish bulgan mashqlardan foydalanib
mashg`ulot o`tkazgan. Ajablanarlisi shu bulganki, o`quvchilar uzlari duppa-durust
avval bajargan mashqlarini bajarishda ham ancha qiyinlashgan. Darsda
qatnashaetgan nazoratchilar o`quvchilar uchun qo`shimcha quzg`atuvchi bulgan,
bu bilan o`quvchilarning bosh miya yarim sharlari pustlog`ida yangi quzg`olish
o`chog`i vujudga kelib mavjud shartli harakat reflekslarini normal o`tishiga tusiq
yuzaga kelganligi kuzatilgan.
Yuqori sinfdagilar harakatlarni birinchi kurishdanoq yaxshi bajarishlari
mumkin. Bunga sabab ularning jismoniy tayergarli-gining yuqoriligi va uddalash
qobiliyatlarini etarliligi sabab bulishi mumkin.
Harakatga urgatishda, urganilishi lozimi bulgan mashqni dastlabki muskul
kuchni oz sarflab, harakatlarni sekinlashtirilib bajarish bilan urgatilsa material oson
uzlashtiriladi. Bir hil harakatni uzoq takrorlash harakatga urgatish samaradorligini
pasaytiradi. Shuning uchun harakatga monand, bajarish texnikasi uzlashtirilaetgan
mashqga yaqin jismoniy mashqlar eki harakatli o`yinlardan foydalanishning
samarasi katta. Amaliy materiallarni uzlashtirish uz navbatida yangisini
uzlashtirishni osonlashtiradi. Uzunlikka sakrash, masofada tez yugurishni
osonlashtiradi. Ammo mashg`ulotlar davomida bir mashg`ulotda, darsdan bir hil
jismoniy siatni rivojlantiruvchi mashqlarni tanlash bolalarda darsga qiziqishni
so`ndiradi.
Yuqori natijalarga erishish uchun ayrim mashqlarni ko`p marotalab takrorlash
zarur. Amaliet shuni isbotladiki 60 mga IX sinf o`quvchisi 11,4 sek natijasidan 0,9
sekundga tushunturguncha 2 yilda maxsus mashqlar bilan qo`shganda 26 km
yugurishi kerak ekan.
Mustahkamlash va takomillashtirish etapi harakatga urgatish jaraenida muhim
ahamiyatga ega bu jaraen o`quvchilarning eshi xususiyatlari bilan bog`liq.
O`zlashtirilgan harakat malakasi yarim sharlar stlog`ida hali chuqur iz qoldirmagan
buladi. Uni chuqurlashishi mustahkamlash hamda takomillashtirish etapida
me`eriga etadi. Hosil bulgan «iz» ma`lum davr o`tgandan so`ng ham eski malakani
qaytadan tiklanishiga sababchi bulishi mumkin.
O`quvchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Kichik maktab eshidagilarda
jismoniy sifatlar rivojlanadi. Lekin bu rivojlanish ma`lum yillarda ayrim sifatlarni
oldinlab, ma`lumotlarni esa kechroq rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunga
yashash sharoiti, kun tartibi, jismoniy mehnat va qator boshqa ijtimoyi faktorlar
sabab buladi. Bundan tashqari eshlar, usmirlar va kichik eshdagilarni jismoniy
sifatlarini tarbiyalanishi tabiyiy ravishda uzgaraetgan va rivojlanaetgan
organizmning xususiyatlariga ham bog`liq.
Eng muhimi maqsadga muvofiq holda uyushtirilgan mashg`ulotlar harakat
sifatlarini rivojlantirishda asosiy rolni o`ynaydi.
Harakatga urgatish bilan bu jaraen uzaro uzviy bog`liq bulib quyidagilarga
yunaltirilgan:
1. Jismoniy sifatlar, turli hil eshdagilarda, har hil rivojlangan bulib, harakat
malakalarini egallashda muhim ahamiyatga ega. Ularni rivojlanishi organizmning
funktsional qobiliyatini yaxshilaydi va kuchaytiradi.
2. Ayrim hollarda ma`lum eshdagilarda uchraydigan jismoniy sifatlarni
rivojlanmay qolishi eki orqada qolishi uzlashtirishni orqaga suradi.
3. Ayrim jismoniy sifatlarini esa normal rivojlanishini chetga burilishiga yul
quymaydi.
4. Jismoniy sifatlarni riojlantirish uchun ortiqcha mehnat qilishga, energiya
sarflashga yul bermaydi.
Sobiq Ittifoqning Fizkul`tura ilmiy tadqiqot institutlarining tadqiqotqalari
natijalariga qaraganda maktabda faqat jismoniy tarbiya darsida shug`ullanishi bilan
cheklangan bolalar bilan, shu eshdagi, o`sha sinfda engil atletika sektsiyasida
shug`ullangan bolalar orasida jismoniy sifatlar rivojlanishida farq yuzaga keladi.
10 oylik mashqlar davomida sektsiyaga borganlarning kaftini stanvoy kuchi 4-6 va
8-10 kg bulgan. Faqat darsda shug`ullanlarniki esa 2-3 va 4-6 bulgan xolos.
Demak, maxsus yunaltirilgan mashg`ulotlar jismoniy sifatlarni rivojlantirishda
katta rol o`ynaydi.
Kuch, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanglik, tezlikni rivojlantirishda o`sha
sifatlar uchun mos, talabga javob beradigan mashqlar tanlab olinib, uning me`eri.
Bolaning eshi, jinsi hamda jismoniy tayergarligiga qarab berilsagina o`quvchilarni
garmoniy tarbiyasini to`g`ri yulga qo`yish mumkin bular ekan.
Harakatga urgatishda mashqlarni barcha jismoniy sifatlarga moslab tanlash va
ulardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan jismoniy sifatlarni rivojlantirish
mumkin. Ayrim mashqlar bilan alohida jismoniy sifatlar ajralib rivojlantirilishi
mumkin. Akrobatikadagi oldinga dumbaloq oshish mashqi chaqqonlik va tanani
boshqara olishni tarbiyalaydi, 30 metrge tez yugurish tezkorlikni va h.k. shuning
uchun biz ularni o`sha sifatini rivojlanishiga omil buladi desak hato qilmagan
bulamiz. Lekin jismoniy mashqlarni bajartirish uslubiyati orqali o`sha mashqni
boshqa qator jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun vosita qilib foydalansa ham
buladi. Tennis to`pini bir maromda erga urib turishimiz oldinga chaqqonlikni
tarbiyalasa, uni kuchliroq urib, so`ng ilib olishni mashq qilsak kuchni va harakat
koordinatsiyasi tarbiyalanadi. Bu bilan jismoniy mashqlarni maqsadli bajartirish
metodikasi jismoniy sifatlarni rivojlantirishda asosiy omil rolini o`ynaydi. Ayrim
jismoniy sifatlarni tarbiyalashga e`tibor beraylik:
Chaqqonlik I-IV sinf o`quvchilarida keyingi sindagilarga nisbatan oson
rivojlanadi. Bu nerv jaraenidagi quzg`alish bilan tormozlanishni tez urin almasha
olishiga bog`liq. bizga ma`lumki, bu eshdagilarda nerv almashinuvi tez kechadi.
Shuning uchun asosiy omil qilib mayda guruh olinadi. Harakatli o`yinlardagi bir
hil reaktsiyalar kutilmaganda boshqa bir hili bilan qisqa vaqt ichida urin almashadi.
Masalan, «Kun va tun» o`yini chaqqonlik sifatini yaxshi rivojlantiradi.
O`smirlarda chaqqonlik bosha harakat sifatlariga nisbatan ancha rivojlangan
buladi. Chunki ularda organizmni rivojlantirishi sur`ati o`ta yuqori, ularga oldingi
eshdagilarga nisbatan og`irroq mashqlar tavsiya qilinadi. To`pni irg`itib oeqni
ko`tarib uni ostida karsak qilib ilib olish eki 3600 ga aylanib ilish, hilma-hil
muvozanat saqlash mashqlari, tanish bulgan o`yinlarning qiyinlash-tirilgan
variantlari qo`llaniladi. Chaqqonlikni tarbiyalashda sport o`yinlarining ahamityati
katta.Katta eshdagi maktab o`quvchilarida ko`proq gavdani boshqarish, tusiqlardan
oshish, tayanish va osilishdek og`ir jismoniy mashqlar tanlanadi.
Tezlik. Kichik eshdagilarda urta eshdagilarga nisbatan yaxshi rivojlangan
buladi. O`g`il bolalarda 8-10 eshdan boshlab yaxshi rivojlana boshlaydi. 10 eshga
borganda bu sifatning zaxirasi anchagina yuqori buladi. Shu yillar mobaynida
tezlikni urtacha ortishining me`eri boshqa eshdagilarga nisbatan yuqori buladi.
Qizlarda bu qobiliyat bolalarnikiga nisbatan ozroqdir. Tezlikni rivojlanishi uchun
ularga anchagina jismoniy mashqlar berish kerakki, ularning bosh miya pustloq
qismida tezlik markazlari paydo bulsin. Tezlikni rivojlantirish uchun quyidagi
mashqlar tavsiya qilinadi. 7-8 eshdagilarga kurish, ovoz signallariga uz vaqtidaeq
keskin javob beradigan, uz urnini tez topib oladigan harakatli o`yinlar, erkin
yugurish va haqazolar.
Qaysiki o`sha o`yinlarni o`ynashda tezkorlikka yunaltirilgan vazifalar
qo`yiladi. 3-4 sinflarda esa 20-40 m. Masofani tez vaqt ichida bosib o`tish kerak
bulgan o`yinlar tanlanadi.
O`smirlarda tezlik kichik eshdagilarga nisbatan yaxshi rivojlanadi, qizlarda
esa uni teskarisi, 12 eshdan boshlab bolalarga nisbatan rivojlanishning qiya chizig`i
pastga tomon ketadi. Sababi ularda organizm eg` bosish jaraeniga beriladi,
egiluvchanglik va moslanuvchanglik nisbatan susayadi. Nerv jaraenlarining kuchi,
ta`sirchangligi ortib ketadi. 14 eshga kelib tezlikning rivojlanishi aytarli susayadi.
Bular uchun tez bajariladigan jismoniy mashqlar tanlab olinadi. Tanlangan
mashqlar o`ta yuqori tezlik bilan bajariladigan mashqlar bulishi shart. Lekin tezlik
uchun mashqlarni har doim bir maromda, ko`p marotalab takrorlayverish ular
organizmida shu tezlik uchun shartli refleks hosil bulishi olib kelishi mumkin.
Unda tezlik rivojlanishi keskin susayadi.Shuning uchun mashqni turli hil sharoitda hilma hil tarzda berish tavsiya qilinadi.
Bunga e`tiborsizlik tezlik refleksini hosil bulishiga, bir hil sur`atdagi
tezlikka namoen qiladigan holatni yuzaga keltiradi. Ularga beriladigan mashq
tezlik kuch talab qilinadigan bulsin. 5-6 sinlarda 6-9 etapli estafetalar tanlanadi.
eshlar va qizlar tezlikni rivojlantiradigan mashqlarga tez moslashadi.
Qizlarda tezlik eshlarnikiga nisbatan ancha past rivojlangan buladi. Ular uchun
xarakterli vosita qilib 80-100 metrga yugurish, estafetalardan foydalanish lozim.
Kuch imkoniyati kichik eshdagilarda unchalik baland emas. S.I.Gal`perin
tajribasi natijasi 7-8 eshdagi bolalar qo`li bilan 2,5 kg kuchga ega ekanligini
kursatadi. Qizlarda esa bu sifat anchalik sust rivojlangandir. Ularni tezlik sarf
qiladigan mashqlar bilan ko`p band qilmaslik kerak. I-II sinflarda jismoniy
mashqlar asosan jihozsiz bajariladi. III-IV sinflarda esa nisbatan ozgina yuk
ko`tarib bajaradigan mashqlar tanlanadi. Rezina to`plar, gimnastika taeqlari, engil
otish bilan bajariladigan mashqlar qo`llaniladi. I-II sinflarda asosan tanani to`g`ri
tutish uchun qorin, ko`krak, bel enbosh muskullarini rivojlantirishga asosiy
e`tiborni qaratish kerak, chunki ularda tanani to`g`ri tuta bilish malakasi yaxshi
rivojlanmagan buladi.
O`rta maktab eshdagilarda kuchni yaxshi rivojlangan ekanligini kurish
mumkin. Muskullar asta-sekinlik bilan statik ishlar bajarishga moslasha boshlaydi.
Qo`l muskullari, elka muskullari kuchi yaxshi rivojlana boshlaydi. Sport
jihozlarida bajariladigan mashqlar ham qo`l keladi.
14-15 eshdagi qizlarda jismoniy rivojlanish hamda jismoniy sifatlardan
kuchni rivojlanishi bolalarga nisbatan orqada qolishi kuzatiladi.
Kuch uzoq vaqt davom etmaydigan, uz kuchi bilan bajariladigan, tezlik kuchi
sarf qiluvchi intensiv mashqlar bilan, 5-6 sinflarda 1-2 kg.li charm to`plarni
irg`itish. Ilish, kanatga tirmashib chiqish, og`irligi 2-3 kg keladigan to`plarni
uloqtirishdek mashqlar bilan rivojlantiriladi, 7-8 sinflarda shu mashqlar tezlik
kuch bilan bajarilishi orqali, individual xususiyatni hisobga olib, organizmga
tushadigan jismoniy yukni ortishi orqali amalga oshiriladi.
Yuqori sinf o`quvchilarida esa og`ir yuk tashish, ko`tarish, uzunlikka,
balandlikka sakrash, uloqtirish, tortishmachoq o`yinlari, kurash elementlarini
urganish va boshqa qator jismoniy mashqlar bilan rivojlantiriladi. Kuch sifatini
rivojlantirish ehtietlikni talab qiladi. Chunki esh organizmga hali balog`atga etmay
turib, bu mashqlarni yaxshi bajarish uchun imkoniyat kam buladi.
Chidamlilik I-II sinf o`quvchilarida energiya sarf qilib bajariladigan jismoniy
mashqlarni bajarishni uzoqroq davom ettirish orqali tarbiyalanadi. Harakatli
o`yinlarda o`ynash ham bundan mustasno emas. eshi ulg`ayg`an sari bu sifat ham
tabiyiy rivojlanib boradi. Bolalarda qizlarga nisbatan bu sifat unchalik yaxshi
rivojlanmaydi. O`smirlarda chidamlilik 300-400 metrga yugurishni yurish bilan
almashtirib eki o`sha masofani bi hil belgilangan sur`atda yugurish (belgilangan
vaqt ichida ma`lum masofani bosib o`tish)lar eki velosipeda yurish, suzish kabi
mashqlar orqali rivojlantirish tavsiya etiladi.
VII-IX sinflarda ham shu mashqlar tezlikni orttirib bajarish orqali bajariladi.
Harakatli o`yinlar, sport o`yinlari yuqori sinflarda bu sifatni rivojlantirish uchun
vosita buladi.
Egiluvchanglik. Bu sifatni rivojlantirishga eng qulay esh kichik maktab
eshidir. Bunda muskullar, bug`inlar harakati katta eshdagilarga nisbatan yaxshi
buladi. Shuning uchun ham bu eshdagilarda harakatli o`yinlar orqali
egiluvchanglikni rivojlantirish mumkin.
O`smirlarda bu xususiyat kichik eshdagilarga nisbatan susaygan buladi.
Shuning uchun bularga jismoniy tarbiya darslarida egiluvchanglikni
rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar ko`proq berilishi kerak buladi. Ularga mashqlar
berishda extietlik zarur, chunki ular mashq ahamiyatini bilmay muskullarni
keragidan ortiqcha zuriqtirish orqali ularni chuzib qo`yishi mumkin. Bu esa
jarohatlanish va boshqalarga olib keladi.
Katta maktab eshdagilarga iloji boricha ko`proq egiluvchanglikni
rivojlantiruvchi mashg`ulotlar tashkillash lozim bo‘ladi.

Yüklə 30,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin