R e j a Kirish


Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga quyilgan talablar



Yüklə 30,23 Kb.
səhifə5/6
tarix17.05.2023
ölçüsü30,23 Kb.
#115375
1   2   3   4   5   6
UMUMIY O\'RTA TA\'LIM MAKTAB TA\'LIM O\'QUVCHILARINING JISMONIY TARBIYA O\'QUV TAXLILI kurs ishi

Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga quyilgan talablar Jismoniy
tarbiyada pedagogik jaraenning natijalari jismoniy tarbiya darslarida olib
boriladigan o`quv tarbiyaviy ishlarning sifatiga bog`liq. Bunga har bir dars
zamiridagi qator vazifalarni hal etish bilan erishiladi.
Jismoniy tarbiya darslari ta`lim berish (o`qitish) tarbiyalash va
sog`lomlashtirishdek jismoniy tarbiya jaraenining umumiy vazifalaridan kelib
chiqib, har bir dars uchun aniq «tanishtirish», «uzlashtirish», «mustahkamlash»,
«takomillashtirish»dek mazmunga ega bulgan xususiy vazifalarni qo`yish va uni
hal qilishni nazarda tutadi.
Ta`lim berish vazifalalari bolalarni jismoniy tarbiya dasturda tavsiya qilingan
mashqlarni bajarishga, urganilgan mashqlarni mustahkamlash va
takomillashtirishga, shuningdek, malaka va ko`nikmalarni rivojlantirishga hamda
urganilgan mashqlarni turli sharoitda amalietda qo`llashga urgatishga yunaltiriladi.
Ta`lim vazifalarini izchil ravishda bajarish jismoniy tarbiya dasturadiga butun
o`quv materiallarini izchil va mustakam urganishga olib keladi.
Ta`limning ayrim vazifalarini hal etish uchun nisbatan uzoq vaqt eki qator
ketma-ket darslar zarur vazifalar boshqa hillarini hal etish uchun esa bir darsning
uzi kifoya qiladi. Masalan, arqong`a ma`lum usulda tirmashib chiqish va uni
bajarishda harakatlar ketma-ketligini bir darsning uzida texnik jihatdan mukammal
urganib olish mumkin emas. Bu umumiy vazifa, buni hal qilish uchun turkum
darslar lozim. Qolaversa, shug`ullanuvchiini harakat koordinatsiyasi, jismoniy
tayergarligi, uzlashtirish qobiliyati (qabul qilishi) uzlashtirilaetgan harakatga
o`xshash harakat zaxirasiga ham bog`liq.
Arqonni oeqlari bilan ushlab tirmashib chiqishga bir darsda urgatish mumkin.
Bu kichik xususiy vazifa bulib, uni mazkur darsning aniq vazifalaridan biri sifatida
hal qilinadi. Ta`limning vazifalari, yuqoridagilardan tashqari o`quvchilarni
jismoniy tarbiya va sport, sog`liqni saqlash, chiniqish, jismoniy mashqlarni to`g`ri
bajarish haqidagi nazariy bilimlarini oshirish-lari bilan ham hal qilinadi. Jismoniy
tarbiya darslarida faqat ta`lim-tarbiya emas, balki insoniy fazilatlar - e`tiborlilik,
diqqatini boshqara olishi, intizomi, irodasi, saranjomliligi, maqsadga intilishi,
mustaqilligi va qiyinchiliklarni engishdagi qat`iyyati va boshqalarni ko`shib
tarbiyalash talab qilinadi.
Sog`lomlashtirish vazifalari ham tarbiya vazifalari kabi har bir darsda hal
etilishi lozim. Jismoniy tarbiya darslarini to`g`ri uyushtirish va o`tkazish tegishli
kiyim bosh bilan shug`ullanishni, mashg`ulotlarning joylarida zaruriy sanitariyagigiena holatini saqlash va rioya qilish, darslarini ochiq havoda o`tkazilishi,
sog`lomlashtirish vazialarini hal etish imkoniyatini beradi.

Yüklə 30,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin