R. I. NURIMBETOV, S. I. AHMEDOV
ISHLAB CHIQARISH
MENEJMENTI
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan oliy o‘quv yurtlarining 5340200 - «Menejment»
ixtisosligi bo‘iycha ta’lim oluvchi talabalari uchun
o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
65.290-2уа73
N87
Taqrizchilar:
D.
71
Sagdullayev
- iqtisod fanlari dortori, professor;
E. A, Shomirzayev -
Toshkent arxitektura qurilish instituti «Menejment»
kafedrasi dotsenti, i. f. n.
Nurimbetov R. I.
Ishlab chiqarish mencjmenti. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun
o‘quv qo4l./ R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov; 0 ‘zR Oliy va o ‘rta
maxsus ta’lim vazirligi - Т.: «Talqin», 2008. - 112 bet.
I. Ahmedov S.I.
0 4quv qo4Uanma bakalavriyat 5340200-«Menejment» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim
olayotgan talabalarga mo‘ljallangan.
Unda «Ishlab chiqarish menejmenti» fanining nazariy-metodologik
asoslari
bilan biiga 0 ‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi bilan bog'liq qonunlarini,
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi
Qarorlari va me’yoriy hujjatlami chuqur o(rganish zarurligi ham ta’kidlangan. Mazkur
o‘quv qoMlanma ToshDIUning fan bo‘yicha ishlab chiqilgan Namunaviy dasturi asosida
yozilgan.
BBK 65.290-2ya73
KIRISH
Respublikamizda amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlaming
samarali amalga oshirilishi uchun boshqarishning turli sohalarida
o‘zgarishlar bo'lishi
o‘ta
muhim.
Bozor
munosabatlarining
shakllanishi natijasida korxonalarni boshqarishda yangi talablar
paydo bo‘lmoqda. 0 ‘zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy o'tish
bosqichi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi va turli xil mulkchilik
shakllariga o‘tish bilan tavsiflanadi. Bu o ‘z navbatida samarali
boshqarishning zarurligini taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda shakllangan
ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi umumiy sharoitlar
haqida gapiradigan bo‘lsak, boshqarish fani va amaliyotiga muvofiq
ravishda rivojlanayotgan bir necha yo‘nalish va konsepsiyalami
ajratish mumkin. Birinchidan, bu ishlab chiqarish xo'jalik faoliyatini
zamonaviy axborot texnologiyalari
asosida qayta qurish, boshqarish
yoki feinjeringlashdir. Ikkinchidan, bu korporatsiyalar ichki bozor
konsepsiyalarining rivojlanishi boiib, bu o'z navbatida xo‘jalik
yuritishning bozor tamoyillaridan kompaniyaning
ichki faoliyatida
foydalanishni anglatadi.
Umuman korxonani, shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarish
uchun menejer aw alo aniq belgilangan maqsadlarga ega bo‘lishi
kerak. Chunki, har bir korxona o‘z strategiyasini ishlab chiqish
va amalga oshirish imkoniyatidan yiroqdir. Korxonaning barcha
faoliyati maqsadli ko‘rsatkichlarga (foydalilik, sotuvning o ‘sishi
va boshqalarga) erishishga yo‘naltirilgan bo'lishi zarur.
Buning
uchun ishlab chiqarish faoliyatida boshqarish va rejalashtirishning
zamonaviy tamoyillaridan foydalanish lozim.
Respublikamiz korxonalaridagi shakllanayotgan erkinlik xodim-
laming ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlarning tajribalarini o'rganishga bo'lgan
qiziqishlarini oshirmoqda. Rivojlangan davlatlarda va o ‘zimizda
ishlab chiqarish sohasini boshqarish va tashkil etishdagi to'plangan
boy tajribalardan mahalliy sharoitlarga mos holda samarali foydalanish
ko‘zlangan natijalarga erishishda muhim omil bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish tizimi alohida elementlami
foydali mahsulotga
aylantiruvchi maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir. Hozirgi paytda
zamonaviy o ‘zbek korxonalarini boshqarish amaliyotida ko‘pgina
muammolar kelib chiqmoqda. Bulaming ba’zilari korxonaning
haqiqiy mulk egalari va boshqaruvchilar (menejerlar)ning o'zaro
munosabatlardagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Sababi oldingi
korxonaning bitta mulk egasi o‘miga endilikda bir nechtasi paydo
bo'lmoqda. Korxona menejerlarining
korxonaning yangi mulk
egalari oldida yechishi lozim bo‘lgan va javob berishi talab etiladigan
vazifalarining doirasi tubdan o‘zgardi.
Bu vazifalar nafaqat tashkilot va xodimlami boshqarish (bu
o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lsa-da), balki nomenklaturani,
chiqarilgan mahsulot hajmini aniqlash va bozor imkoniyatlari va
ehtiyojlarini hisobga olish bilan resurslami (eng aw alo moliyaviy)
izlash va jalb etish, mahsulotni sotishni ta’minlash, iste’molchi va
ta’minotchilar bilan o'z vaqtida hisob-kitoblami amalga oshirish,
mahsulot sifatini va raqobatbardoshligini oshirish va boshqalami o ‘z
ichiga oladi.
Mazkur o ‘quv qo'llanma menejment ta’lim yo'nalishida
tahsil
ko‘rayotgan talabalarga mo'ljallangan bo‘lib, talabalar undan
foydalanish jarayonida ishlab chiqarish menejmentining nazariy
asoslarini o ‘rganishadi va amaliyot uchun ba’zi bir ko‘nikmalarga
ega bo‘lishadi.