nomenklaturalar chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ishlab chiqarish
tizimining ushbu turiga quyidagilar taalluqli:
- odatda takrorlanmaydigan ixtisoslashgan ishlab chiqariladigan
mahsulotning keng nomenklaturasi;
- ixtisoslashgan bo'linmalar bo'yicha ishlab chiqarishning no-
markazlashuvi;
- ishlab chiqarish jarayonining yagona takrorlanmas xarakteri;
- har bir birlik mahsulot bo‘yicha individual asosda mahsulot
sifatini nazorat qilishni amalga oshirish va h. k.
Seriyali ishlab chiqarish (series production) belgilangan davr
davomida ma’lum bir partiyali konstruktiv-bir xildagi mahsulot-
lami, masalan, stanoklar, motorlar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan
bo'ladi.
Seriyali ishlab chiqarish uchun quyidagilar xos:
- bir xil turdagi takrorlanuvchi keng seriyali mahsulotlar nomen-
klaturalarini tayyorlash;
- ishlab chiqarish bo‘linmalari (bo‘linmalar, zavodlar va
sexlar), turli nomenklaturali tovarlami chiqarish bo‘yicha
aniq operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashgan ishlab chiqarish
faoliyatini nomarkazlashtirish;
- xaridorlaming oldindan berilgan buyurtmalari asosida,
shuningdek oldin ma’lum bo‘lmagan iste’molchilar uchun
mahsulotlar tayyorlash;
- mahsulotlami seriyali tayyorlashning davriyligi, alohida
Dostları ilə paylaş: