R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov


 .2 .  ISHLAB CHIQARISH TIZIM SIFATIDA



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
2 .2 . 
ISHLAB CHIQARISH TIZIM SIFATIDA
Ishlab chiqarish
-resurslar 
yig‘indisini ma’lum bir tarkibdagi 
mahsulotga aylantirish uchun mo‘ljallangan jarayondir.
Har qanday ishlab chiqarishni uchta komponent: resurslar, 
mahsulotlar va ishlab chiqarish jarayonlaridan tarkib topgan deb


ko‘rish mumkin. «Resurslar-mahsulot» («input-output») tizimi ishlab 
chiqarishning yadrosi hisoblanadi (2.1-rasm).
Resurslar
Ishlab chiqarish 
jarayoni
Mahsulotlar
2.1-rasm. «Resurslar-mahsulot» jarayoni modeli
Resurslar
asosan o'zgaruvchi xarajatlar shaklida namoyon 
bo‘ladigan, ishlab chiqarish hajmigaproporsional ravishda o‘zgaruvchi 
ishlab chiqarish elementi sifatida aniqlanadi. 0 ‘zgaruvchi xarajatlarga 
asosan ishchi kuchi, energiya va materiallardan tashkil topgan resurs­
lar taalluqlidir. Ushbu xarajatlar summasi natural ko'rinishda chi­
qarilgan mahsulotlar sonining birligiga bog‘liq. 0 ‘zgaruvchi xara­
jatlarga xodimlarga to'lanadigan ish haqi xarajatlari (ma’muriy va 
idora xodimlaridan tashqari) va har bir mahsulot birligiga bevosita 
taalluqli bo‘lgan materiallarga ketgan xarajatlar kiradi. Mahsulotning 
chiqarilishini tartibga solish ishlab chiqarish jarayoniga kiritiladigan 
resurslar yordamida amalga oshiriladi.
Mahsulot
firma faoliyatining ishlab chiqarish bo‘linmalariga 
yo‘naltirilganligini aks ettiradi. Bozor sharoitlarining va firma 
moliyaviy holatining o‘zgarishi faoliyatda yangi yo‘nalishlami 
izlashga undaydi.
Ishlab chiqarish jarayoni
keng turdagi mahsulotlar nomenk- 
laturalarini ishlab chiqarish uchun sodda va murakkab bo‘lgan ko‘p 
miqdordagi resurslar xilma-xilligini talab qiluvchi jarayon bo'lishi 
mumkin. Bu ma’lum bir belgilangan maqsadga erishish uchun
23


«resurslar-mahsulot» tarzida real bo‘lgan loyihalashtirish jarayonini 
talab etadi.
Ishlab chiqarish jarayoni asosan firma operatsiyasi darajasidan 
qat’i nazar o‘zgarmaydigan doimiy xarajatlarga aloqador bo‘lgan 
elementlardan tashkil topadi.
Doimiy xarajatlar
(fixed expense)-bu ishlab chiqarish hajmiga 
bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni: mahalliy soliqlar, mol-mulk solig‘i, 
sug‘urta to‘lovlari, idora xizmatchilari va ma’muriy xodimlar ish 
haqlari, isitish va yoritish uchun xarajatlar, amortizatsion ajratmalar, 
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun investitsiyalar, inshootlarga 
ketadigan xarajatlardir. Zavod binosi va asbob-uskunalar ishlab 
chiqarish jarayonini ta’minlaydi.
Ustama va bilvosita xarajatlar
(overhead, burden, indrect 
expense, indrect manufacturing expense)-bu konkret detal (mahsulot) 
tayyorlash qiymatiga bevosita bog‘liq bo‘lmaydigan tayyorlov, 
boshqarish, idora va boshqa xarajatlar yoki chiqimlardir.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin