6.1. ISHLAB CHIQARISHDA MARKETING XIZMATI Marketing tadqiqotlarining qoidalari va tamoyillari dunyo
ko‘lamida Xalqaro savdo palatasining Xalqaro kodeksi bilan 1948-
yilda tartibga solingan. 1972-yilda ushbu kodcks Yevropa Marketing
vajam oat fikrini o‘rganish jamiyati tomonidan aniqlangan. Marketing
tadqiqoti tamoyillariga quyidagilar kiradi:
- shaxs huquqlariga rioya qilish;
- marketing tadqiqotlarining natijalari ular mualliflarining
roziligisiz hech qanday shaxsga yoki tashkilotga berilmasligi
lozim;
- sof raqobat qoidalariga rioya qilish;
- xulosalaming asoslanganligi;
- tadqiqot sifatini tekshirish uchun ma’lumotlaming ochiqligi.
Sotsiologik (marketing) tadqiqotlarining qoidalari: 1) m a’lumot
yetkazuvchilaming anonimligi; 2) ma’lumot yetkazuvchilaming
huquqlarini aniqlash; mijozlar va tadqiqotchilarning o‘zaro majbu-
riyatlari; 4) jamoat bilan aloqalami va ish yuzasidan tanqidni qo‘llab-
quwatlash; 5) mijozning sir tutilishi; 6) hisobotdan faqat mijoz yoki
maslahatchi foydalanishi lozim.
Marketing sohasidagi mashhur mutaxassislardan hisoblangan
F.Kotleming ta’kidlashicha, marketing tizimida xaridor, sotuvchi
va munitsipalitet (qonun chiqaruvchi) oldida quyidagi muammolar
paydo bo'ladi:
- tovar markasini tanlash yetarli darajada kengmi?
- ushbu markalardan birortasi xaridor uchun zarur xarak-
teristikalarga egami?
- tovaming narxi ma’qulmi?
- sotuvchi yordam berishga intiluvchi va vijdonan to‘g ‘ri kishiga
o‘xshaydimi?
- kafolat bormi va kafolatdan keyin xizmat ko‘rsatadigan tizim
mavjudmi?
Sotuvchi yaxshi va muvaffaqiyatli ishlashi uchun bir nechta
muammolami hal etish kerak:
- tovar iste’molchilari qanday tavsifnomalami kutishadi?
- qanday iste’molchilar guruhlarining istaklarini qondirishga
intilish kerak?
- tovar bahosi va dizayni qanday bo‘lishi kerak?
- xaridorga qanday kafolat va qanday servis taklif qilish zarur?
- qanday ulgurji va chakana savdogarlar xizmatidan foydalanish
kerak?
- tovami sotish uchun reklama, shaxsiy sotuv, sotuvni rag‘-
batlantirish va targ‘ibot va tashviqot qilish sohasida qanday
chora-tadbirlami qo‘llash lozim?
Firmaning marketing konsepsiyasidan kelib chiqqan holda
marketing xizmatining vazifa va funksiyalarini quyidagicha ajratish
mumkin (6.1-jadval). Marketing xizmatining soni firmaning sof
daromadi hajmi, chiqarilayotgan tovarlaming murakkabligi va hajmi,
bozorlar soni kabi omillar bilan aniqlanadi. Marketing xizmati oldida
turgan vazifalar juda murakkabdir.
6.1-jadval.
Marketing xizmati vazifalari va funksiyalari
Funksiyalar
Vazifalar
1
2
1. Firmaning
bozor
strategiyasini
shakllantirish
1.1. Talab va taklifni tahlil etish va bashorat qilish
1.2. Bozor kon’yukturasini tahlil qilish va bashorat qilish
1.3. Raqobatchi firmaning ustuvorlik omillarini tahlil qilish va
bashorat qilish
1.4. Firmaning tashqi muhit bilan aloqalarini tahlil qilish
1.5. Raqobatchilaming o‘xshash tovarlarining resurs hajmi va sifatini
tahlil etish va bashorat qilish
1.6. Firma tovarlarining qayta ishlab chiqish davrini bashorat qilish
1.7. Firma va raqobatchilar ishlab chiqarishining tashkiliy-texnik
darajasini tahlil qilish va bashorat qilish
1.8. Firmaning kelajakdagi tovarlarining resurs hajmi va sifatini
tahlil qilish va bashorat qilish
1
2
1.9. Firma sharoitida bozor munosabatlari qonunlarining amal
qilishini tahlil etish
1.10. Segmentlar bo‘yicha bozorlar hajmini bashorat qilish
1
.11. Kelgusi tovarlarga lim it narxlarni bashorat qilish
1.12. Aniq bozorlarda kelajakdagi tovarlaming raqobatbardoshligini
bashorat qilish
1.13. Kelajakdagi tovarlaming raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha
chora-tadbirlami ishlab chiqish va iqtisodiy asoslash
1.14. ...yiliga maqsadli bozorlami yakuniy tanlash
1.15. B o ‘ lg ‘usi tovarlaming me’yoriy raqobatbardoshligini ishlab
chiqish
1.16. «...yildga firmaning bozor strategiyasi» xujjatini rasmiylashtirish
2. Marketing
konsep-
siyasini
amalga
oshirish
2.1. Finna menejmenti tizimining mohiyati va tarkibini kelishish
2.2. Firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish tuzilmasini loyiha-
lashtirishda qatnashish
2.3. Firmaning lavozim yo‘riqnomalari va nizomlarini ishlab chi-
qishda qatnashish
2.4. Firma tomonidan ishlab chiqiladigan va olinadigan barcha me’yoriy-
uslubiy va texnik xujjatlashtirishlar kiradigan marketing nazorati
(marketing konsepsiyasiga rioya qilish predmeti)
2.5. Finna rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan, kelishilgan va
tasdiqlangan «...davriga firma faoliyatida marketing konsepsiyasini
amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi»
2.6. Firmaning xalqaro faoliyatini tahlil etishda qatnashish
2.7. Yangi tovarlar narxining bashorati
2.8. Kontrakt va shartnomalami kelishish
2.9. Tovami sotishni tashkil etishda qatnashish
2.10. Tovarlaming hayotiylik davri bosqichlari bo‘yicha teskari aloqa
sxemasini belgilash
3. Tovami
reklama
qilish va
sotishni
rag‘batlan-
tirish
3.1. Reklama maqsadlarini aniqlash
3.2. Reklama usullari, qoidalari va vositalarini aniqlash
3.3. Reklama agentliklari va xizmatlari ishini tashkil etish
3.4. Tovarlar sotuvi va foyda ortishini rag‘batlantirishni tashkil etish
4.1. Firmaning marketing xizmati tuzilmasini ishlab chiqish va tako
millashtirish
4.2. Marketing tadqiqotlarining me’yoriy bazasini yaratish va ma’ lu
motlar bilan ta’ minlash
4.3. Tadqiqotlami kadrlar bilan ta’minlash
4.4. Texnik vositalar bilan ta’minlash
4.5. Finna marketing xizmatining ichki va tashqi aloqalarini ta’ min
lash
Marketing xizmatining tuzilmasi ko‘pgina omillar orqali aniq
lanadi. 6.1-jadvalda korxona marketing xizmatining taxminiy
tuzilmasi keltirilgan.