VIII bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
66. Konsepsiyaning joriy qilinishi uzluksiz ma’naviy tarbiya jarayonining tizimli tashkil etilishiga, tarbiya sohasining ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida takomillashuviga, yoshlarning Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘ri kenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tayanch kompetensiyalar bilan mustaqil hayotga kirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
67. Oilalar, ta’lim muassasalari, mahallalar va korxonalarda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish layoqatiga ega bo‘lgan yoshlarning ma’naviy kamol topishi uchun zarur bo‘lgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik sog‘lom va barqaror muhit yaratiladi.
68. Jamiyatda jinoyatchilik, ekstremizm, terrorizm, korrupsiya, firibgarlik, ko‘zbo‘yamachilik, yolg‘onchilik, egotsentrizm, axloqiy buzuqlik, oilaviy ajrimlar, mehr-oqibatning kamayishi, “ommaviy madaniyat”ga ko‘r-ko‘rona taqlid, loqaydlik, begonalashuv, o‘zibo‘larchilik, farzand tarbiyasida mas’uliyatsizlik, oilaviy qadriyatlar inqirozi, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar keskin kamayadi. Band bo‘lmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishga, kelajakka bo‘lgan ishonchi oshadi. Mamlakat dunyoda raqobatbardosh, boy inson kapitaliga ega bo‘ladi.
69. Oila, ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ota-onalarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to‘g‘risida bilimlar shakllanadi, ularni o‘rganish, saqlash, targ‘ib qilish, o‘rgatish orqali milliy fazilatlarning avloddan-avlodga bezavol o‘tib borishi ta’minlanadi.
70. Konsepsiyaning amalga oshirilishi jamiyatda ma’naviy-axloqiy muhitning sog‘lom va barqaror bo‘lishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
3.MA`RUZA
3-mavzu: Boshlang`ich sinf o`quvchilarida muvafaqiyatga erishishga intilish motivi shaxsning ustuvor xususiyati sifatida (1- 4sinf tarbiya darsi)
Rеja:
1.Bolaning xulqi va faoliyatini ongli nazorat qilish.
2.O`z-o`zini baholashga qo`yayotgan talablar.
3.O`z qobiliyatini namoyon etishni o`rgatish.
4.Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish
Qizim men bilan tez-tez bahslashadigan boʻlib qoldi. «Sizga keragim yoʻq» degan gapni koʻp aytadi. Chetdan nazar tashlasam, oʻzini yolgʻiz sezadigandek tuyuladi.
Unga sirdosh, yaqin boʻlishga, koʻngliga qoʻl solishga urinishim besamar ketyapti. Nega bunday boʻlib qolganini tushuna olmayapman. Hatto, oʻrtoqlariga ham qoʻshilgisi kelmay, beparvo boʻlib qoldi, nazarimda. U hali yosh, endi yettinchi sinfda oʻqiyapti. Nima qilsam boʻladi?
Dostları ilə paylaş: |