R. Tilayev O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə41/95
tarix25.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#194920
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95
«tasdiqlayman» Pedagogika fakulteti dekani E. R. Tilayev-fayllar.org

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
DARSNING MAQSADI Zamonaviy ta’limning mohiyatini ochib berish, pedagog faoliyatini keng qamrovli yoritish.
Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy mahorat va darsga ijodiy yondoshib, unda o’qitishning yangi shakl usullarini qo’llash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar:
An’anaviy va interfaol.
Darsdan kutiladigan natija:
Talabalarning faolligini oshirish, ta’lim samaaradorligini oshirish, talaba va o’qituvchi o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish, talabalarda erkin va ijodiy fukrlash ko’nikmalarini shakllantirish.
DARS REJASI Innovotsion texnologiya Texnologik karta Ta’limning samaradorligi HOZIRGI KUNDA TA’LIM JARAYONIDA INTERAKTIV metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchlik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi talaba asosiy figuraga aylanadi Shuning uchun oliy o’quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari- interaktiv metodlar, Innovotsion texnologiyalarning o’rni va ro’li benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedogog maxoratiga oid bilim, tajriba va intiraktiv metodlar o’quvchi- talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi . INNOVATSIYA (inglizcha innavation)-yangilik kiritish, yangilikdir. Innovotsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar-bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarnig oziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedogogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lb, ularga quyidagilar kiradi: -O’quvch-talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi; -O’quvchi-talabalarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlashi; -O’quvchi-talabaning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har-bir masalaga ijodiy yondashgan xolda kuchaytirishi; -Pedogok va O’quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkilllanishi. Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolarini o’rganayotgan o’qituvchilar, ilmiy-tadqiqodchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedogogik texnologiya bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’lq, ham da o’qitish jarayonida qo’llanlshi zaruru bo’lgan TSO, kompyuter, masofali o’qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu o’qituvchi va O’quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishshlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog’liq deb xisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonida maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lm texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida O’quvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga , gurug esa ularga baxo bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha anashu o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqa xolda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogk jarayondir. Ushbu fikrimizni chizma xolatida quyidagicha ifodalash mumkin: O’qituvchi Maqsad Mazmun Metod Shakl Vosita O’quvchi-talaba Natija Yuqoridagi chizmadan ko’rinib turibdiki, maqsadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o’qituvchi, ham o’quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog’liq. O’qituvchi va o’quvchi talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tamonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’quvchi –talabalarning bilim saviyasi,guruh xarakteri,sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’ladi, bular o’qituvchi va o’quvchi-talabaga bog’liq. Shu bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tamonini, joy va sharoitni, TSO ni, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda o’quvchi talabani ta’limning markaziga olib chiqishi kerak. O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit xolatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi zarur. Bunda o’qituvchiga u tomonidan bo’lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta axamiyatga egadir. Chunki darsning texnologik xaritasi xar bir mavzu, xar bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan,o’quvchi talabalarning imkoniyati va extiyojidan kelib chiqqan xolda tuziladi.
TEXNOLOGIK XARITA
Mavzu Maqsad va vazifalar Talabalarga mavzuning mohiyati,ahamiyati,asoslari va tartibini tushuntirish. O’quv jarayonining mazmuni O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Metod: , Forma: , Vosita: , Usul: Nazorat: , Baxolash: Kutiladigan natijalar O’qituvchining erishgan yutug’i. O’quvchining mavzu yuzasidan olgan bilimi. Kelgusi rejalar O’qituvchi:
Yangi pedogogik texnologiyalarni qo’llay bilish maxoratini oshirish. O’quvchi talaba: Mustaqil fikr yuritishni o’rganish. O’qituvchi tomonidan o’zi o’qiyotgan fanning har bir mavzusi, har bir dars mashg’uloti bo’yicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik karta unga fani, predmetini yaxlit xolda tasavvur etib yondashishga, tushunishiga, yaxlit o’quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tarqatib, erishiladigan natijasiga ko’ra olishiga yordm beradi. Ayniqsa texnologik kartani o’quvchi talabaning imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqa xolda tuzilishi uni shaxs sifatida ta’limning markaziga olib chiqishga olib keladi. Bu esa o’qitishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. O’qitish jarayonida o’quvchi talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo’llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, Izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, ma’suliyatni sezish, ilmiy tadqiqod ishlarini olib borish, tahlil qilish ilmiy adabiyotlardan unimli foydalanishga, eng asosiysi, o’qishga, fanga, pedogogka va o’zi tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishlarni kuchaytiradi. Bunday natijaga erishish amaliyotda o’quv jarayonida innovotsion va axborot texnologiyalarini qo’llashni taqoza etadi.
Ular juda xilma-xildir. Biz ulardan bazilari xaqida to’xtalib o’tamiz va ularni o’tkazish tartibi xaqida qo’llama beramiz. Ushbu metodik qo’llanmada keltirilgan zamonaviy metodlar, yoki o’qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o’quvchi talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo’lishlariga hamda Mutaxassisga kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Ushbu metodik qo’llanmadan foydalanuvchilar o’quv jarayonini tashkil etish uchun xavola etilgan texnologik treninglarni xuddi shu tartibda, o’tkazishlari shart emas, har qaysi o’qituvchi bu treninglarni umumiy shaklini olgan holda o’zlarinng dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan treninglarni to’liq yoki ularning bazi bir bosqichlari, elementlarini ishlatishlari mumkin. Biz quyida o’qitish jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan bazi bir treninglarga tavsifnoma berib, bazilarini o’tkazish tartibi to’g’risida metodik tavsiyanoma berib o’tamiz: ”Tarmoqlar” metodi- o’quvchi talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga qaratilgan. “3x4” metodi- o’quvchi talabalarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g’oyalarni bera olishi, ta’lim jarayonida yakka, kichik guruh xolda tahlil etib, xulosa chiqara olishi, ta’rif bera olishiga qaratilgan. Interfaol usullar Sinkveyn usuli. Sinkveyn - fransuz tilida «5 qator» ma’nosini bildiradi. Sinkveyn- ma’lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish)ga yordam beradigan qofiyalanmagan she’r bo’lib, unda o’rganilayotgan tushuncha(hodisa, voqea, mavzu) to’g`risidagi axborot yig`ilgan holda, o’quvchi so’zi bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish- murakkab g`oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so’zlar bilan ifodalash uchun muhim bo’lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi. Sinkveyn tuzish qoidalari: 1-qator:
Mavzu bir so’z bilan ifodalanadi ( odatda ot tanlanadi). 2-qator: Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi). 3-qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakatni uchta so’z bilan ifodalanadi.(3 ta fe’l yoki ravishdosh yoziladi). 4-qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to’rtta so’zdan iborat bo’lgan fikr yoziladi.(4 ta so’zdan iborat jumla yoziladi). 5-qator: Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga yaqin bo’lgan bitta so’z yoziladi (mavzuga sinonim so’z yoziladi). Misol: Shaxs Serg`ayrat va baxtiyor. Izlanadi, fikr yuritadi, komillikka intiladi. Naqadar buyuk va murakkab mavjudot. Inson. Klaster usuli. Klasterlarga ajratish- o’quvchilarga biror-bir mavzu to’g`risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu usul ko’p variantli fikrlashni o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o’rtasida aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi. «Klaster» so’zi g`ujm, bog`lam ma’nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da’vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag`batlantirish uchun qo’llash mumkin.
U asosan yangi fikrlarni uyg`otish, mavjud bilimlarga yetib borish strategiyasi bo’lib, muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi.
Klasterlar tuzishdan yangi mavzuni mukammal o’rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofikdir. Klaster tuzish ketma-ketligi:
 Katta varog` qog`ozning o’rtasiga yoki sinf doskasiga yoxud yozish uchun foydalanish mumkin bo’lgan sathga «kalit» so’z yoki gap yoziladi;
 Shu mavzuga tegishli deb hisoblangan va xayolga kelgan so’z va gaplar yoziladi;
 Fikrlar paydo bo’lganda va ularni yozganda fikrlar o’rtasida mumkin bo’lgan bog`lanishlarni belgilash;
 Fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo’lgunicha xayolga kelgan barcha fikrlar yozilaveradi;
 Keltirilgan so’z va fikrlar mazmuni va yaqinligiga qarab toifalarga ajratib chiqiladi. Insert usuli.Insert usuli tushunishni kuzatish vositasidir. Insert- bu o’quv jarayonida o’z anglashini faol kuzatish uchun o’quvchilarga imkoniyat beradigan kuchli vositadir, chunki shunday hollar borki, odam matnni oxirigacha o’qib, u yerda nima yozilganligini eslab qololmasligi mumkin. Bu esa odam nima o’qiyotganini tushunmay, o’qish jarayonida faol bo’lishga qatnashmaydigan va o’z anglashini kuzatmaydigan hollarning misolidir. Insert- bu matn bilan ishlaganda faollikni qo’llab- quvvatlash uchun kuchli vositadir.
O’quvchi matn bilan ishlayotganda bir qator belgilarni qo’yib boradi, ular esa quyidagi ma’nolarni bildiradi: V - bilganlarimni tasdiqlaydi + - yangi axborot - - bilganlarimga zid keladi ? - meni o’ylantirib qo’ydi.
Ikki qismlik kundalik usulidan ham matn bilan ishlash jarayonida foydalanish mumkin. Bu usul birinchidan, mavzu matnini chuqur tushunishga yordam bersa, ikkinchidan, o’quvchilarni ijodiy tafakkurga undaydi, ularning mustaqil fikr yuritishlarini kuchaytiradi. Berilgan matn o’qib chiqilgach, daftar varag`i quyidagi tarzda ikki qismga bo’linadi:
PARCHA SHARH Chap tomondagi «Parcha» deb yozilgan qismga o’quvchilar matn yuzasidan biror parcha yoki ularga qattiq ta’sir qilgan narsa yoki ularni haqiqatda hayron qoldirgan timsol haqida yozishlari kerak. Ehtimol, bu ularga shaxsiy tajribalaridan nimanidir eslatgandir, balki ularni qiziqtirgan yoki o’ylantirib qo’ygandir. Balki ular bu fikrga, narsaga qo’shilmaslar. Balki bu narsa o’quvchi uchun yangilikdir, balki shu narsa mohiyatini tushunib yetmagandir.
Varaqning «Sharh» deb yozilgan o’ng tomoniga chap tomondagi tanlangan parcha (yoki parchalar) ga sharh yoziladi. Bunda nima uchun ushbu parchani tanlab olganligi, bu narsa uni nima haqida o’ylashga majbur etganligi, shu munosabat bilan unda qanday fikrlar tug`ilganligi haqida sharh beriladi.
Aqliy hujum (Breynstorming). Aqliy hujum - g`oyalarni generatsiya qilish usuli. Bu metodning mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni yechish jarayonlarini vaqt o’yicha bir qancha bosqichlarga (g`oyalarni generatsiyalash, ularni tanqidiy va konstruktiv holatda ishlab chiqish) ajratishdan iborat. «Aqliy hujum»dan maqsadli foydalanish o’kuvchilarning ijodiy va nostandart tafakkurlashini rivojlantiradi.
Usulni qo’llash uchun dastlab yig`ilgan guruh odiga muammo quyiladi. Bu muammoni yechimiga oid munozarada barcha o’kuvchilar ishtirok etadilar va o’z fikrlarini bildiradilar. Bunda bahslashuvchilarga miyaga qannday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay erkin, «tilga nima kelsa» aytish imkoniyati beriladi. Dastlabki bosqichda hech kimni o’zga kishi g`oyalariga «hujum» qilishi yoki baholashiga haqqi yo’q. «Aqliy hujum yo’li bilan qisqa daqiqalarda o’nlab g`oyalarni yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo’ladi Aqliy hujum»ning qoidalari: Fikr va g`oyalar hech qanday cheklanmagan holda iloji boricha qattiqroq aytilishi lozim; Bildirilgan fikr va g`oyalar takliflar berish to’xtatilmaguncha muhokama qilinmaydi, baholanmaydi;
Bildirilgan har qanday g`oya va fikrlar hisobga olinadi; Qancha ko’p g`oya va fikrlar bildirilsa shuncha yaxshi; Fantastik, qo’qqisdan miyada paydo bo’lgan fikrlar ham muhim; Bildirilgan fikr yoki g`oyalar u yoki bu ishtirokchiniki, deb ajratilmaydi, ular muallifsizdir; Bildirilgan g`oya va fikrlarni to’ldirish va yanada kengaytirish mumkin; Barcha aytilgan takliflar yozib boriladi; Takliflarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi.
Fikr yoki g`oyalarning ma’qulini tanlash alohida «tanqidchilar» yoki guruhning norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi B-B-B (bilamiz, bilishni xoxlaymiz, bildik) jadvali. Innovatsion usullardan biri bu B-B-B (bilamiz, bilishni xoxlaymiz, bildik) jadvali bilan ishlashdir. «B-B-B- (bilamiz, bilishni xoxlaymiz, bildik) usuli mashg`ulot jarayonida matnni tushunishni kuzatishdagi grafik tashkilotchi hisoblanadi». Venn diagrammasi. Venn diagrammasi bir-birini kesadigan ikki yoki undan ko’p doiralarda ko’riladi, ular o’rtasida yozish uchun yetarli joy qolishi kerak.
U g`oyalarni zidlash uchun ishlatilishi yoki ularning umumiy xususiyatlarini (nimada ular kesishadi) ko’rsatishi kerak. Masalan, o’quvchilar Xristofor Kolumb ekspeditsiyalarini Marko Polo ekspeditsiyalari bilan taqkoslaydilar deylik. Venn diagrammasi bir-biriga yopishgan ikki doira bilan birga ushbu ekspeditsiyalar o’rtasida zidlik o’tkazish, ayni vaqtda ularning umumiy unsurlarini ko’rsatish imkonini beradi. Kubiklar usuli. Kubiklar- o’zgartirilayotgan kelajakka asoslanib mavzuni ko’rib chiqishga yordam beradigan o’qitish usulidir. Har tomonlamam fikrlashga (yozishga) yordam beradigan har xil yo’l-yo’riklar yozilgan kubik ishlatiladi. Tomonlarining hajmi o’rtacha 15-20 sm bulgan qutichaga qog`oz yopishtirib, kubik yasash mumkin. Kubikning har bir tomoniga quyidagi oltita yo’l-yo’riq yoziladi: buni tasvirlang, buni taqqoslang, buni o’zaro bog`lanishini ko’rsating, buni tahlil qiling, buni qo’llang, yaxshi va yomon tomonlarini ko’rsating (dalillar yordamida).
O’tiladigan mavzu yoki biror tushuncha shu jadval savollari asosida tahlil qilib chiqiladi. XULOSA: Inter faol usullar orqali ta’lim samaradorligi oshadi, o’qituvchi va talaba o’rtasida o’zaro hamkorlik; talabalarda erkin ijodiy fikrlash ko’nikmalari rivojlanafi va shaklladi. Bu innavation yondashuvda talaba shaxsi ta’limda markaziy figuraga aylanadi. O’qilishda noan’anaviy shakllar interfaol usullarni 3 guruhga ajratish mumklin: o’qitishda hamkorlik, modellashtirish, o’rganishning tatqiqot modeli.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin