R. Tilayev O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


Talabalarning o’z-o’zini tekshirishi uchun savollar



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə53/95
tarix25.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#194920
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95
«tasdiqlayman» Pedagogika fakulteti dekani E. R. Tilayev-fayllar.org

Talabalarning o’z-o’zini tekshirishi uchun savollar:
1. Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo’nalishlari qaysilar?

2. Tarbiyaning asosiy tizimi deganda nimani tushunasiz ?


3. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakl va uslublari nimalardan iborat ?


14.MA`RUZA
14-mavzu. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish metodikasi.
Reja
1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning umummaktab

rejasi bilan bog‘lqligini o‘rganish.


2. Ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining ish rejasi bilan
taishish.
3. Sinf rahbarlari va ota-onalar komiteti hamkorligi ishini o‘rganish
haqida ma’lumot berish.
Tarbiya har bir insonning xayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarini ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni.

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida ta’kidlangan: siyosiy tuzumiing o’zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g`oyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o’qituvchining ijodkorlik faoliyatinn qaytadan qurmoq lozimdir.


Тarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik ma’naviyati negizi asosida hukumat qarorlarida, xalq ta’lim tizimidan islohotlarda olimlar va ijodkor o’qituvchilarning izlanishlarida o’z aksini topmoqda.
Birinchi Prezidenimiz I.A.Karimov o’zining «O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» komil risolasida shunday deb yozgan edi:
«Хalqimizning kelajagi uchun suvday, havoday zarur bo’lgan bunday sohalarga birinchi va eng katta xomiy – davlatning o’zi. Ma’naviyat juda nozik tarbiyaviy soha buni o’zbilarmonlikka tashlab qo’yib bo’lmaydi».
«Maqsadimizga erishishimiz, yangi jamiyat qurishimiz, siyosatda ham, iktisodda ham, ma’naviyat sohasida ham barcha islohotlarning taqdiri o’sib kelayotgan yosh avlodga bog`liq».
«Maqsadimizga erishishimiz, yangi jamiyat qurishimiz, siyosatda ham, iktisodda ham, ma’naviyat sohasida ham barcha islohotlarning taqdiri o’sib kelayotgan yosh avlodga bog`liq».
«Yurtiga, Vataniga muhabbat, insonparvarlik tuyg`ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylash va yanada takomillashtirish farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning munosib o’g`il qizlari etib tarbiyalash masalasi, ma’naviyat yuzasidagi ishlarimizning asosiy yo’nalishini tashkil etmog`i lozim».
O’zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o’quv muassasalari yosh avlodga milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, ma’naviyatni milliy merosimiz bilan birgalikda, yosh vatanparvarlarni tarbiyalashda yangacha ish uslublari asosida ijodiy yondashmoqdalar.
1O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’liga ega bo’lishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmokda.
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g`risida»gi farmonida ko’rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog`liq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog`liq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.
Тarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g`oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Тarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamg`armalar, qo’mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.
Maktabning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv mashg`ulotlaridan tashqari xilmag`xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish formalaridan biridir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg`ulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:
Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:
– pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro xurmat munosabatlarini shakllanganlikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish;
ulg`atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin