Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, iqtisod, adabiyot va hakozolarga doir) qobiliyatlardir. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o‘z fani sohasidagi materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini bajara oladi.
Vatanparvarlik - Vatanga muhabbat, mamlakat manfaatlari xaqida g'amxo'rlik, Vatan himoyasiga tayyor turish, o'z mamlakatining ijtimoiy va madaniy yutuqlari bilan faxrlanish, Vatanniig tarixiy o'tmishiga va uning an'analariga hurmat tuyg'ularini o'z ichiga oladi.
Darslik - o‘quv jarayonining zarur qismidir. Darslik - o‘quvchilarning ikkinchi «muallimi», chunki u, avvalo o‘quvchi uchun zarur qo‘llanmadir.
Darslik -o‘quvchilarning kitobi va uning eng muhim qurolidir. Har bir o‘quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir.
Dars deb aniq maqsadga qaratilgan, bevosita o’qituvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta‘lim mashg’ulotiga aytiladi.
Dars - o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishning shakli bo‘lib, u bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshiradi. Dars o‘qitishni tashkil etishning o‘zgarmas shakli emas. O‘quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo‘llarini izlaydi.
“Davra suhbati” metod i- aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan o'quvchilar tomonidan o'z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan metoddir.
Deduktiv metod - o’qituvchining avval umumiy qoidalarni, ta‘riflarni aytishi, keyin asta-sekin xususiy hollarni, muayyan vazifalarni keltirib chiqarish usulidir.
Didaktika- pedagogikaning bir qismi bo’lib, unda ta‘lim nazariyasi bayon etiladi. Didaktika ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismidir.
Didaktika grekcha so’z bo’lib, «Didayko» - o’qitish, «Didaskol» - o’rgatuvchi degan ma‘noni anglatadi. Uning so’zma-so’z tarjimasi Ta‘lim nazariyasini bildiradi.
Jarayon – bu lotinchadan olingan bo’lib, oldinga harakat qilish tushuniladi. Ta‘lim jarayonining mazmunini bilim, ko’nikma va malakalar tashkil qiladi. Ta‘lim jarayoni - o’quvchi (talaba)ning bilmaslikdan bilishga tomon, oddiydan murakkabga tomon, uncha tuliq bo’lmagan bilimdan ancha to’liq, aniqroq va chuqurroq bo’lgan bilim tomon sodir bo’ladigan jarayondir.
Jazolash – bu tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo o’quvchi-bola tarbiyasida qo’llanadigan oxirgi tarbiya usulidir. Jazo choralarini qo’llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash mumkin emas, bolani qo’rqitish va g’azablantirish ham yaxshi natija bermaydi, o’quvchi qo’rqqanidan yolg’on gapirishga o’rganadi, ikkiyuzlamachi bo’lib qoladi.
Joriy nazorat - og'zaki so'rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazo, ya'ni o'qituvchi o'z amaliyotida qo'llaydigan barcha so'rov turlarini o'z ichiga oladi.