R. Tilayev O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


Magistr -so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, «Boshliq» degan ma'noni anglatadi. Magistratura



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə71/95
tarix25.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#194920
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95
«tasdiqlayman» Pedagogika fakulteti dekani E. R. Tilayev-fayllar.org

Magistr -so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, «Boshliq» degan ma'noni anglatadi.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir.
Malaka – ongli, xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Yoki malaka – faoliyat jarayonida uning biror bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish qobiliyatidir.
Ma‘lumot – ta‘lim-tarbiya natijasida, hosil qilingan bilim, ko’nikma va malakalar, dunyoqarashlar majmuiga aytiladi. Ta‘lim, tarbiya va ma‘lumot uyg’unlashgan yagona jarayon bo’lib, o’qituvchi-tarbiyachi ularning shakllanishida yetakchilik qiladi.
Maktab pedagogikasi - maktab yoshdagi o'quvchilar ta'lim tarbiya sohasining o'ziga xos tomonlarini o'rganadi.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi- maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish, tarbiyalashning o'ziga xos tomonlarini o'rganadi.
Maktab hujjatlarini o’rganish - o’quvchilarning shaxsiy delolari, metodistlarninng xabarlari, sinf jurnallari, kundaliklari, yig’ilishi va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan ta‘lim-tarbiya ahvoli, darajasi haqida ob‘ektiv axborot manbai hisoblanadi. Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o’qituvchilar va o’quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma‘lumotlar olinadi.
Matematik metod – ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan, anketalashtirish yo’li bilan to’plangan materiallarni yoki ma‘lumotlarni umumlashtirish uchun) qullaniladi. Bu metod eksperiment natijalarini aniq baholashini, xulosalarning ishonchli bo’lishini ta‘minlaydi.
Maxsus pedagogika – (Defektologiya) Pedagogika faqat sog’lom o’quvchilarning ta‘lim-tarbiyasi bilangina emas, balki kamolotda qusuri bor bolalar ta‘lim-tarbiyasini ham o’rganadi.
Ma‘ruza – bilim berishning shunday shakliki, unda pedagog (o’qituvchi) tomonidan berilayotgan bilimlar, malaka va ko’nikmalar talabalarga yoppasiga bayon etiladi. Ma‘ruza - o’quv jarayonining ilg’or usullaridan biri bo’lib, dastlab u o’rta asrlarda biron bir kitobni o’qish yoki uni izohlash yo’li bilan namoyon bo’lgan. Jamiyat rivojlanishi maboynida og’zaki tushuntirishning bu usuli XVIII asrda lotin tilida amalga oshirildi. XVIII asr o’rtalariga kelib ma‘ruzalar rus tilida o’qiy boshlandi. Uning ilg’or namoyandalaridan biri M.V. Lomonosovdir.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin