Axborot texnologiyasi - aholining ruhiyatini, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy, xuquqiy, maishiy, oilaviy odatlari haqida yangi axborot olib turishi va buni o'z ta'lim tarbiyaviy ishlarida foydalanishi axborot texnologiyasini vazifalaridan biridir. Bu yangicha mazmun – axborotlarni o'quvchilarga ma'lum vaqt chegarasida etkazish jarayonini tezlashtiruvchi omillardan biridir.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini yangi axborotlar bilan taminlash rivojlanadi.
Axborot texnologiyasining yana bir maqsadi insonparvarlik g'oyalarini targ'ib etish bilan birga umumiy emas, aniq bir shaxs tarbiyasiga qaratilgandir.
«Aqliy hujum» - tez va nazariy fikrlash jarayoni bo'lib, axborotlarni tez esga keltirishdan boshlanib, yakuniy xulosalar, qarorlar qabul qilish bilan tugallanadigan jarayondir.
«Aqliy hujum» - oldindan egallangan fikrlar, g'oyalarni ijodiy birlashtirish, ma'lumotlar, axborotlarni qayta eslash, tushunish, qayta ishlashning faol va interfaol idrok etish bosqichidir.
«Aqliy hujum» - turli yoshdagi shaxslar, kasb egalari bilan amalga oshirilishi mumkin interfaol metoddir.
«Aqliy hujum» - mumkin qadar katta miqdordagi axborotlarni yig'ish, o'quvchilarda mustaqil fikrlash imkonini beruvchi interfaol metoddir. Mazkur metodga 1930 yilda amerikalik olim A.F.Osbori asos soldi.
Bakalavr – «Bakalavr»so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, «Vassalning er mulki» degan ma'noni bildiradi. Bakalavr bu akademik daraja hisoblanadi.
Bakalavriat - mutaxassisliklar yo'nalishi bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to'rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'limdir. Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so'ng bitiruvchilarga davlat attestasiyasi yakunlariga binoan kasb bo'yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Bilim – odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyot jarayonida to'plangan, umumlashgan tajribasidir. Yoki bilimlar bu ijtimoiy tarixiy ong, insoniyatning ijtimoiy tarixiy amaliyoti hosilasidir. Bilimlar insoniyat tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini faol o'zlashtirishi jarayonida to'plangan, amalda sinovdan o'tgan va ob'ektiv dunyoni chuqurroq anglashga hamda o'zlashtirishga yo'naltirilgan tabiat, jamiyat, tafakkur va faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit asoslangan majmuasidir.