Oila pedagogikasi - oila muhiti, a'zolari, sharoiti, ta'lim tarbiyasining umumiy masalalarini o'rganadi.
Oliy ta'lim - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydi.
Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o'quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida) o'rta maxsus kasb-xunar ta'limi asosida amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat - fanning ma'lum bir qismi, bo'limi yakunlangandan so'ng o'tkaziladi. Oraliq nazoratning o'tkazilish tartibi, shakli ta'lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi
Pedagogika – inson tarbiyasi tug’risidagi, yoshlarni va kattalarni tarbiyasi to’g’risidagi fan. Pedagogika ta‘lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqida ma‘lumot beruvchi fanga aylandi. Pedagogika grekcha «paydagogik» so’zidan olingan bo’lib, «bola yetaklovchi» degan ma‘noni bildiradi
Pedagogika tarixi - turli tarixiy davrlarda maktablar ta'lim tarbiyasi, pedagogik g'oyalarning mazmuni, rivojlanish masalalarini o'rganadi.
Pedagogik texnologiya - avvaldan loyihalashtirilgan o'quv-tarbiyaviy jarayonning amaliyotga tatbiqini tizimli va bosqichma-bosqich ta'minlaydigan texnologik tadbirlarning to'plami.
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta'lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Pedagogik faoliyat, u bilan kimlar shug'ullanishlari xususida O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'g'risidagi qonunining 5-moddasida quyidagicha izoh berilgan.
Pedagog munosabati – pedagogning o’quvchi-talabalar bilan tarbiya maqsadida aloqa o’rnatishidir. Uni ma‘lum pedagog vazifalariga ega va o’quv-tarbiya faoliyatining optimallashga yo’naltirilgan pedagogning o’quvchiga kasbiy ta‘siri deb ta‘riflasa bo’ladi.
Pedagogik qayta tayyorlash - Pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va etarli bo'lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni qayta tayyorlashdir.
Pinbord - o'qitish metodining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o'quv suxbati amaliy metod bilan boglanib ketadi. Mazkur metod qo'llanilganda taxsil oluvchilarda mulokot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, shuningdek, o'z fikrini fakat ogzaki emas, balki yozma ravishda bayon etish maxorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko'nikmasi rivojlanadi.