iyerarxiyali, strukturali ehtiyojlar mavjud emas. M a k K l e l l a n d n i n g e h t i y o j l a r n a z a r iy a s i Bu nazariyada asosiy e ’tibor yuqori darajadagi ehtiyojlarga qaratiladi, ularga hokimiyat, muvaffaqiyat, mansublik kiradi. Hokimiyat ehtiyoji — boshqa odamlarga ta’sir ko‘rsatishga xohish, bu albatta hokimiyatga intilish emas, balki o ‘z ta’sirini ko‘rsatish ehtiyoji. Muvaffaqiyatga bo‘lgan ehtiyoj. Aniq bir kishining muvaffaqiyatini tantanaU bildirish bilan emas, balki ishni muvaffaqiyat bilan yakunlash yoki uning maqomini tasdiqlash orqali amalga oshiriladi. Mansublik ehtiyoji. Maslou nazariyasiga o ‘xshash bo‘lib xodimlar tanishlar huzurida b o‘lishi, d o‘stona munosabatlar o ‘matishdan manfaatdorlikni ifodalaydi. I k k i o m i l l i X a r s b e r g n a z a r iy a s i 50-yillarda Xarsberg ehtiyojlarga asoslangan motivatsiya m odelini ishlab chiqdi. U ikki toifadagi modelni ajratdi: 1. Gigiyena — firma siyosati, ish sharoiti, ish haqi shaxslaming o ‘zaro munosabatlari, ishning bilvosiga nazorat darajasi. 2. Motivlashtirish — muvaffaqiyat, xizmat pog‘onasi bo‘yicha ko‘tarilishi, tan olinishi va ish natijalarini ma’qullanishi, yuqori darajadagi mas’uliyat va ijodiy yuksalishi imkoniyati. Xarsbergning motivatsiya nazariyasi Maslou nazariyasi bilan umuminsoniy o ‘xshashliklarga ega. 93
Motivlashtirish nazariyasi Fredrik Xarsberg tomonidan tavsiya qilinib, ulardan birlamchilari, ya’ni qoniqmaslik manbalari b o‘lib xizmat qiladiganlari: kompaniya siyosati, nazorat, mehnat holati, ish haqi, huquqiy holat, oila va yosh ishchilar bilan munosabat va mehnat xavfsizligi b o ‘lsa, ikkilamchilari, ya’ni yuqori