bo ‘lishi mumkin. Talab ana shu holatlarining har biri uchun maxsus marketing
turini (strategiyasi) ishlab chiqishni va qo ‘llashni taqozo qiladi.
Talab m uhim xususiyatlarga ega. U juda ko‘p omillar ta ’siri ostida shakllanadi
va o ‘zgaradi. Uni istalgan yo‘lga solish uchun
ana shu omillarga marketing
vositalari bilan ta’sir etish mumkin. Talab juda harakatchan, o‘zgaruvchan, u
hech qanday rejaga bo‘ysunmaydi, uning o ‘z rivojlanish qonuniyatlari mavjud.
Talab hajmining o ‘sib, tarkibi yaxshilanib, iste’molchi shartlarining kuchayib
borishi bilan birga aholi darom adining yuqori va quyi chegaralarining bir-
biridan yanada uzoqlashishi hamda diapazonining kengayishi natijasida talabning
tabaqalanishi ham kuchayib bormoqda.
Bozor mexanizmining ikkinchi unsuri — tovar taklifidir
U ayirboshlashning bosh obyekti va iste’molchilar talabini qondirishning
moddiy asosini tashkil etadi. Tovar taklifi ikki qismdan iborat.
Birinchi qismi
hozir davlat ichkarisida mavjud b o ‘lgan va sotishga m o ‘ljallangan tovarlar
to ‘plamidir. Ikkinchi qismi esa m a’lum davrda ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan
tovarlardan iborat bo ‘ladi.
Tovar taklifi uch xil bo ‘lishi mumkin: zaruriy, haqiqiy, real tovar takliflari.
Mavjud b o ‘lgan talabni to ‘la qondira oladigan tovarlar miqdori va to'plam i
zaruriy tovar taklifi deyiladi. M a’lum joyda va paytda haqiqatan mavjud bo ‘lgan
tovarlar miqdori va to ‘plami haqiqiy tovar taklifini tashkil qiladi. Mavjud tovarlar
tarkibida eskirib ketgan yoki shu joydagi talabga to‘g‘ri kelmaydigan tovarlar
bo‘Isa, ular chiqarib tashlangandan so‘ng real tovar taklifi b o ‘ladi.
Tovar taldifini shakllantirish uchun milliy sanoat, qishloq xo‘jaligi, shirkat,
kichik, xususiy, qo‘shma, ijara va boshqa shakldagi ishlab chiqarish korxonalari,
shaxsiy xo‘jaliklar,
suv ombori, daryo va ko‘llardagi baliqclrilik xo‘jaliklari,
im p o rt va b o sh q alar xizm at qiladi. Shuni t a ’kidlash lozim ki, bizn in g
respublikamizda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati yetarli
rivojlanmaganligi sababli iste’m ol tovarlarining 60 foiziga yaqini boshqa
davlatlardan import orqali olib kelinadi. Bu muam m oni m a’lum darajada hal
qilish respublika mustaqilligini ta ’minlashda m uhim rol o ‘ynaydi.
Bozorning uchinchi unsuri — bahodir
Uning asosida tovar qiym ati yotadi. Lekin rivojlangan bozorda baho
qiymatining bevosita ifodasi bo‘lmay qoladi. U endi tovarga to ‘lanadigan pul
miqdorini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoning
roli sezilarli darajada
oshadi.
Bozor mexanizmi elem entlarining o ‘zaro m unosabatlari talab va taklif
qonunida o ‘z ifodasini topadi. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki aniq
5 —
Menejment asoslari
129
makon va zam onda talab bilan taklif miqdori, tarkibi qiymati, natural ko‘rinishi
bir-biriga mos, mutanosib bo ‘lishi kerak. U lam i o ‘zaro bog‘lab turuvchi vosita
baho hisoblanadi. Ammo mos bo ‘lishi teng degani emas. Mos bo ‘lishi uchun
talab taklifdan normal tovar zaxiralari miqdorida katta b o ‘lishi kerak.
Talab
bilan taklif mutanosib bo‘lgandagina bozorda muvozanat holati tiklanadi, ya’ni
bozor muvozanatda b o iad i. Lekin bu muvozanatni doimo saqlab turish qiyin.
Chunki talabga ham, taklifga ham ko‘p omillar ta ’sir etib turadi va ulam ing har
qanday o ‘zgarishi talab va taklif mutanosibligini o ‘zgarishiga olib keladi. Natijada
bozor muvozanati buziladi, lekin tez orada unga mos ravishda baho o ‘zgarib,
yana muvozanat tiklanadi. Bundan tashqari talab o ‘zining rivojlanishi jihatidan
taklifdan o‘zib, undan oldinda yuradi. Ular o'zlarining rivojlanishi b o ‘yicha
qanchalik
bir-biriga yaqin bolsalar, shu darajada bozor muvozanatda b o iad i.
Bu muvozanatni ta ’minlab turishning muhim vositasi bugungi talabni aniq
bilish, uning ertangi holati va o'zgarishini prognoz qilish va o ‘z vaqtida shunga
mos tovar taklifini shakllantirishdir. Shunday qilib, bozor o ‘zini-o‘zi tartibga
solib, muvozanatini tiklab turuvchi m uhim iqtisodiy hodisa hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: