birgalikdagi faoliyatida maqsadga erishishda ifodalanadi. Har qanday faoliyatning intellektual tarkiblari jismoniy elementlardan ustun turgan sharoitda odamlami nafaqat qo‘li bilan balki aqli bilan ishlashga majbur etish hech qanday ma’muriy buyruqbozlik vositalari bilan insonni o‘zi xohlamasa ijodiy fikrlashga va harakat qilishga majbur qilishi mumkin emas. Majbur qilish — boshqarish emas. — Boshqarish nazariyasi juda ko‘plab yangiliklami boshidan kechirdi, lekin ulaming birmunchasi o‘tmish bilan o‘tib ketdi, chunki ular shuhratparast «o‘qituvchilar»ning manfaatlariga xizmat qilib, yangi talablarga javob bera olmadi. Iqtisodiy fanlar o‘tmish yukidan doimo iztirob chekib keldi. Iqtisod aniq fan sifatida iqtisodiy nuqtayi nazardan to‘la axborotlarga ega bo‘lib, har qanday holatda o‘zini aqlli tutadigan sun’iy shaxs sifatida gavdalandi va u iqtisodchilar uchun hamisha sajdagoh boiib xizmat qiladi. Boshqarish nazariyasi esa bu fanlaming maxsus bir sohasi bo‘lib, u o‘zining mantig‘iga ega. Boshqarish nazariyasi ba’zi paytlarda 0
‘zlarini menejerlar deb atovchi shaxslaming mantiqsiz va barcha ma’naviy yo‘nalishlarga qarshi ish qilishidan qiyin ahvolga tushadi. 17
Boshqarishning yangi nazariyasi yuqori darajada inson manfaatlariga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak, chunki eski nazariyalar inson bilan hech qanday hisob-kitob qilishni istamagan. — Real hayotda boshqarish nazariyasiga «motivlashtirish» tushunchasining kirib kelishi birinchi jur’atsiz qo‘yilgan qadam bo‘ldi, bu esa eski nazariya to‘siqlarini yengish uchun yordamchi psixologik konstruksiya bo‘lib xizmat qildi, chunki har qanday ishlab chiqarish zaminida inson manfaatlari yotadi.