Tashkilotda har bir bo‘ysunuvchi o‘ziga qo‘yilgan topshiriqlami bajarish va u haqda ma’lum davrda hisobot berib borishi kerak. 8. Motivlashtirish tamoyili. Agar menejer rag‘batlantirish va jazolash tizimini qunt bilan amalga oshirsa, uni ko‘zda tutiimagan holatlami hisobga olgan holda qarab chiqsa, tashkiliy elementlami birga qo‘shib olib borsa motivlashtirish dasturi samarali bo‘ladi.
9. Boshqarishni demokratiyalash tamoyili. Uning mohiyati, asosan, boshqarishda barcha xodimlar qatnashishini taqozo qiladi. Qatnashish shakli turlicha bo‘lishi mumkin: boshqarishda yagona ma’muriylik, birgalikdagi pul mablag‘lari, boshqarish qarorlarini kollegial hal qilish va hokazo. 10. Farmoyishlik va javobgarlik tamoyili. Ishlab chiqarish birligi yoki firma tomonidan qabul qilingan rejalar, yo‘riqnomalar, korxonaning yillar davomida to'plangan an’analariga bo‘ysunishi va ulami bajarihshini ta’minlash farmoyishlik tamoyilining asosini tashkil qilib, kelajakni ta’minlovchi omillardan boiib hisoblanadi. Biznesda javobgarlik haqida gapirilganda, awalo, boshqaruvchilar javobgarligi ko‘zda tutiladi. Bu tamoyil menejmentda ma’lum majburiyatlami ko‘zda tutadi, xususan: — Qonunga bo‘ysunish majburiyati. Menejer faoliyati Konstitutsiya va davlat qonunlariga zid bo‘lmasligi kerak. Qonunga bo‘ysunish menejer uchun har bir fuqaro qonunga itoat etishi kabi muhim burchdir. Menejer uchun huquqiy javobgarlik hatto kuchliroq ham bo‘ladi, chunki fuqarolik qonunlaridan tashqari u firma faoliyatiga oid bir qancha xususiy qonunlami ham bajarishi zarur. — Kontrakt shartlarini bajarish majburiyati. Kontrakt boshqaruvchilarga ko‘plab turli majburiyatlami yuklaydi. Awalo menejer uning uchun ishlayotgan