ta’sirchan bo‘lishiga tobora katta talablar qo‘yilmoqda. Foydali qarorlar ichida ham eng keng tarqalgan ikki turini ajratish mumkin. Birinchisiga stereotip, ko‘pincha operativ qarorlar kiradiki, ular ba’zan kundalik, ba’zan keskin masalalar bo'yicha qabul qilinadi, lekin o'zgarishlar asosan 79
muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga, ijrochilarga taalluqli bo‘lib, urnumiy tizim esa (demak ishlab turgan korxonaning sifati ham) awalgidek qolaveradigan vaziyatda qabul qilinadi. Bunda gap aslini olganda x o ‘jalik obyekti ishlashining yuzaga kelgan mexanizmini saqlab qolish haqida boradi. Stereotip qarorlarni rahbar odatda ancha tez, ko‘p tayyorgarlik ko‘rmasdan turib qabul qiladi. Kadrlami qabul qilish va ishdan b o‘shatish haqidagi, korxonani ishga tayyorlash va hokazolar haqidagi buyruqlami shunday qarorlar jumlasiga kiritish mumkin. Qarorlaming ikkinchi turiga o ‘z xarakteriga ko‘ra novatorlarcha, mazmuniga ko‘ra strategik b oig a n qarorlar kiradi. Ular ishlab chiqarishdagi va tegishli ravishda uning natijalaridagi faqat miqdor o ‘zgarishlarigina emas, balki jiddiy sifat o ‘zgarishlarini ham ko‘zda tutadi. Bunday qarorlar sinchkovlik bilan asoslangan va balanslashtirilgan jamoaviy harakatlar dasturidan iborat b oiib , belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiydir va boshqariladigan obyektni tizim jihatdan, tubdan qayta qurish y o ‘li bilan konkret ziddiyatlami bartaraf etishga qaratilgandir. Hozirgi paytda strategik qarorlar faqat texnologiyada emas, balki x o ‘jalik mexanizmida, ishlab chiqarishni tashkil etishda, korxonada ijtimoiy vaziyatda ham sifat o'zgarishlarining bosh qurolidir. Rejalashtirilgan qaror — texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ilmiy