rahbarlari mehnati mazmunini g'arb menejerlari mehnatiga yaqinlashtirishga imkon berib, G’arb va Yaponiyaning eng yaxshi firmalariga xos bo‘lgan boshqarishni tashkil qilishning samarali shakllari va uslublarini bizning sharoitga ko‘chirish imkoniyatlarini ochib beradi. Bunday yondashuvdagi amaldagi cheklanishlami bartaraf qilish uchun hozirgi vaqtda iqtisodiy faoliyatning o‘zaro munosabatlar yondashuvi asosida iqtisodiy faoliyat metonazariyasini yaratishga harakat qilinmoqda. Rahbar mehnatini o'rganishga bunday yondashuv tizimi tadqiqotlar metodologiyasi va konsepsiyasi, ijtimoiy boshqarish nazariyasi va iqtisodiy ruhiyat g‘oyalarini birlashtirish evaziga erishish mumkin bo‘lib qoldi. Bunda mehnat jamoalari bir vaqtning o‘zida obyektiv bog'liq bo‘lmagan ijtimoiy- iqtisodiy tizim va ijtimoiy guruh sifatida qaraladi. — Kishilaming birgalikda faoliyatiga rahbarlik mohiyati yakka hokimlik va guruh xulqining o‘z-o‘zini boshqarishi kabi ikki jarayonning dialektik bog‘liqligida o‘z aksini topadi. Rahbar faoliyati ijtimoiy-iqtisodiy tizim doirasida birgalikdagi faoliyati tuzilishiga organik bog‘liqdir. Boshqacha so‘z bilan aytganda barcha ijrochilik, tashkiliy va ma’muriy funksiyalar lavozim iyerarxiyasining quyi bosqichiga tayanishi, yordamchi bo‘linmalar, xizmat funksiyalariga berilishi yoki yuqori darajadagi rahbarlik qo‘liga 0
‘tishni taqozo etadi. Jamoa a’zolari orasida vazifalar taqsimoti shunday bosh xulosaga oUb keladi. Rahbarlik iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos turi bo‘lib, uning asosiy bo‘g‘ini — kishilaming birgalikdagi mehnatini boshqarishdir. Har qanday lavozim darajasidagi rahbaming umumiy vazifasi o‘zining jismoniy va intellektual quwati bilan bo‘ysinuvchilami jamoa harakati orqali