shuki: ishsizlarga faqat nafaqa berib ulkan pul mablag‘larini sarf qilishning keragi yo‘q, buning o'miga ishsizlami qayta tayyorlab, ulaming malakasini oshirib mehnatning boshqa turlariga yo‘naltirishga qaratiladi. Biz uchun esa shved modeli shunisi bilan muhimki, davlat boshqamvi bozor stixiyasini chegaralash va bozordan qo'rqmaslikni o‘rganish imkonini beradi. U oddiy kapitalistik mamlakatlaming harakat doirasidan chetga chiqadi va eng asosiysi shved modeli kuchli ijtimoiy siyosatga ega bo‘lgan davlat yaratish mumkinligini isbotlaydi. Endi Germaniya tajribalariga nazar tashlasak, ularda ham kuchli ijtimoiy siyosat qaror topganligini ko'ramiz. Ulaming boshqaruvdagi yaxshi xislatlaridan biri xo‘jalik yuritishda va hayotning barcha sohalarida tejamkorlikka qattiq rioya qilichdir. Ular tejamkorlik masalalariga nafaqat o‘z manfaatlari, balki jamiyat nuqtayi nazaridan qaraydilar. Nemislaming tejamkorliklari ulaming vaqtga bo'lgan munosabatlari orqali ham namoyon bo‘ladi. Ular o‘z vaqtlarida o‘zgalar vaqtlarini ko‘radilar va uni qadrlagan holda har ishni o‘z vaqtida bajarishga harakat qiladilar. Xitoy boshqarish tajribasiga kelsak u yerdagi o‘ziga xos demografik vaziyat masala yechimini boshqacharoq hal qilishga qaratilib, qishloqlarda sanoat korxonalari, hunarmandchilik shohobchalari, savdo va maishiy xizmatga yoshlami va ishga qobiliyatli aholini jalb qilish orqali iqtisodiy o‘sishga erishilmoqda. Haqiqatan ham har bir davlat o‘zining kelib chiqish tarixi, iqlim sharoiti, geografik-hududiy joylashishi kabi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun biror mamlakat joriy etish uchun boshqa biror davlatning modelini ko‘chirib olish mutlaqo noto‘g‘ri ekanligi haqiqatga mos tushadi. Faqat har bir ijtimoiy-