va saqlanadigan jarayondir. 2. Tashkilot birgalikda mehnat jarayonida paydo bo'ladigan o'zaro munosabatlar, huquq, majburiyat, maqsadlar, faoliyat tunning to‘plamidir (tizim). 3. Tashkilot umumiy maqsadga ega bo‘lgan odamlar guruhidir. Tashkilot deb atalishi uchun mehnat tuzilmasi quyidagi majburiy talablarga javob berishi kerak: a) shu guruhning bir qismi deb ataluvchi ikkitadan kam bo‘lmagan odamning mavjudligi; b) ushbu guruhning barcha a’zolari umumiy deb qabul qiladigan hech bo‘lmaganda bir ijtimoiy foydali maqsadni (xohlangan oxirgi holat yoki natija) mavjudligi; d) barcha uchun sharafli bo'lgan maqsadga erishish uchun birgalikda mehnat qilayotgan guruh a’zolarining mavjudligi. Tashkilot — bu umumiy maqsad yoki maqsadga erishish uchun ongli
ravishdagi faoliyatning muvofiqiashtirilgan kishilar guruhidir.
Tashkilotning hayot sikli
Tashkilot «hayoti» inson hayotiga o‘xshash bo‘lib har qanday mehnat predmeti va xizmatining yashash davriga ega. Uni o‘zining fazalari va rivojlanish xususiyati mavjud. Tashkilotning hayot sikli konsepsiyasiga muvofiq uning barcha faoliyati u tug‘ilishidan boshlab hayotini to‘xtash yoki tubdan modernizatsiyalash (takomillash) gacha qator bosqichlami bosib o‘tadi. Ulaming har biri ma’lum maqsadlar, belgilar, boshqarish uslubi vazifasi va mehnatni tashkil qilish kabi 5 fazadan iborat. 3-rasm. 1-faza. Tashkilotning tug‘ilishi. Unda yashab qolishdan iborat bosh maqsadni belgilash; boshqarish uslubi inqirozi; asosiy vazifa, bozorga chiqish, mehnatni 45
tashkiUash — foydani yuqori darajaga ko‘paytirishga intilish. 2-faza. Bolalik va yoshlik. Asosiy xususiyatlar: bosh maqsad — qisqa muddatli