bosqichga bo‘linadi. Kapitalizmning qaror topishi davrida kapitalistik manufaktura va fabrikani mulkdoming o‘zi boshqargan. Stixiyali bozor mexanizmi esa kapitalistik ishlab chiqarishning umumiy regulatori bo‘lib xizmat qilgan. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish bosqichida boshqarish vazifasi kapitalist- mulkdorlardan ajratiladi, kapitalistning vazifasi esa boshqarish ustidan nazorat 32
o‘rnatishdan iborat bo‘ladi. Davlat monopolistik kapitalizm davri ishlab chiqarishning professional tashkilotlari — menejerlar institutini tashkil etilishi, boshqarish jarayoniga hozirgi zamon texnika vositalarini joriy etishi, kapitalistik iqtisodiyotga davlatning aralashuvi bilan xarakterlanadi. Kapitalistik ishlab chiqarishni ilmiy boshqarish elementlari yirik mashinali ishlab chiqarish va davlat-monopolistik kapitalizmi davrida vujudga keladi va rivojlanadi. Rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Yaponiya, Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqalar)da boshqaruvda elektron hisoblash texnikalarini qo‘llash, ayrim firmalar va kompaniyalar va konglomeratlar boshqaruv tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish, eng yangi tashkiliy texnikaviy usullardan foydalanish (rejalashtirish-loyihalashtirish, budjetni ishlash tizimi, operatsiyalar, tadqiqot, tizimli tahlil) bo'yicha katta tajriba to‘plangan. Iqtisodiyotni markazdan turib boshqarish faqat sobiq ittifoqda bo‘lib, ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulk va bevosita ijtimoiy mehnat uning vujudga kelishida obyektiv asos bo‘lib hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o ‘tish, iqtisodiy munosabatlami yangilash institutsional (muassasalar sohasida) o‘zgarishlami amalga oshirishni, boshqarishning tegishli tarkibiy tuzilmasini yaratishni talab