qilmoqda. Shu sababli iqtisodiy islohotlaming birinchi bosqichida boshqaruv tizimini isloh qilishga alohida e’tibor berildi. Hozir boshqamvni isloh qilish umuman va yetarli darajada muvaffaqiyatli amalga oshirildi, deb aytish uchun asos bor. Chunki, birinchi bosqichda totalitar tuzumdan demokratik tuzumga, markazlashtirilgan tartibdagi qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy buymqbozlikdan iqtisodiy omillar va rag'batlantirish choralari asosida o‘zini- o‘zi boshqarishga va o‘zini-o‘zi idora etishga o‘tish qiyin, ba’zan mashaqqatli bo‘ldi. Bu bosqichda boshqarishning aslida yangi tizimi vujudga keltirildi. 0 ‘zbekistonda bu sohada tegishli tajriba yo‘q edi va hatto biron-bir o‘xshash ishlar ham bo‘lgan emas. Bozor munosabatlari tarkib topib bo‘lgan va bu yo‘nalishda endigina dastlabki qadamlarni tashlayotgan mamlakatlardagi boshqamvni tashkil etishning turli tizimlari o‘rganildi. Shu asosda butun xalq xo‘jaligining tarmoqlar va hududlami boshqarishning eng maqbul va hozirgi sharoitlarga mos bo‘lgan o‘z tuzilmalari ishlab chiqildi. Tanlangan yondashuvlar ko‘p jihatdan tajriba, izlanish tarzidagi yondashuvlar edi. Bu tajribalar dadil amalga oshirildi. Ularga o‘zini obro‘sizlantirib qo‘ygan ma’muriy buyruqbozlik tizimi tuzog‘idan qat’iyan xalos bo‘lishning, jadal o‘zgarib borayotgan iqtisodiy sharoitlarga mos bo‘lgan yangi muassasalar tizimini tezlik bilan joriy etishni birdan bir yo‘li deb qaraldi. Muassasalar sohasidagi (institutsional) o‘zgarishlar jarayonidayoq boshqaruv mexanizmlari takomillashtirilib borildi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida ularning xususiyatlariga ancha mos keladigan xo'jalik 2 — Menejment asoslari
33