Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondashishdir



Yüklə 132,5 Kb.
səhifə1/17
tarix14.12.2023
ölçüsü132,5 Kb.
#180048
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
-3kadastr



TERMIZ ARXITEKTURA VA QURILISH KASB HUNAR KOLLEJI

BINO VA INSHOOTLAR BO’YI HA TEXNIK ARXITEKTOR

2 – 17 GURUHI

O’QUV JURNALI
3 – KURS
2019 – 2020 O’QUV YIL

GURUH RAHBARI XAYITOVA DILBAR

Kirish.

Ko’chmas mulk – yer uchastkalari va yerosti boyliklari, ko’p yillik daraxtlar, shuningdek, binolar va inshoatlardan iboratdir.


Ma’lumki, moddiy ne’matlar ichida eng bebahosi ko’chmas mulk hisoblanadi. Chunki u doimiy daromad manbai hisoblanib, faqatgina undan oqilona va samarali foydalanishni bilish zarur.
Bugungi kunda «Ko’chmas mulk ketmas davlat» degan ibora tez-tez qollanila boshlandi. Davlat tasarrufidagi sannatsiyaga uchragan bankrot tashkilot va muassasalarning ko’chmas mulk obyektlari auktsion, tanlov va birja savdolari orqali xususiylashtirilmoqda. Ko’chmas mulklarning haqiqiy egalari, respublikamizda mulkdorlar sinfini tashkil etmoqda. Bu esa o’z o’rnida xalq xo’jaligimizning rivojlanishiga, yangi ish o’rinlari ochilishiga, bozorlarni iste’mol mollari bilan to’ldirishga turtki bo’lmoqda.
Xorijiy ishlab chiqarish korxonalari bilan turli xildagi iste’mol mollari ishlab chiqarish maqsadida qo’shma korxonalar tashkil etilishi tufayli Respublikamiz xazinasiga mablag’ kelib tushishi taminlanmoqda.
Respublikamizda yaxlit ko’chmas mulk bozori yaratilgan, jahon talablari darajasida ochiq ko’chmas mulk savdolari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat bilan «Respublika ko’chmas mulk birjasi» (RKMB) yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shug’ullanib kelmoqda.
RKMB da xususiylashtirilgan ko’chmas mulk egaliklari va foydalanuvchilarning, qolaversa, xalqimizning hayoti, faoliyati va faravonligi ulardan to’g’ri va unumli foydalanishga bog’liq. Buning uchun avvalo ko’chmas mulklarga bo’lgan huquqlarni davlat tomonidan rasmiylashtirish talab etiladi. Ko’chmas mulkga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish majburiy bo’lib, davlat ro’yxatiga o’tkazmay olib borilgan barcha bitimlar haqiqiy xisoblanmaydi.
Mana shularni e’tiborga olib hamda ko’chmas mulklarga bo’lgan huquqlarni tartibga solish maqsadida Respublikamizda 2004-yil 15-oktabrda «Yer resurslari, geodeziya, kartagrafiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi» tashkil etildi.
Uning viloyat va tumanlardagi «Yer tuzish va ko’chmas mulk xizmati» organlari ko’chmas mulkga bo’lgan huquqlarini ro’yxatga olish, davlat kadastr hujjatlari tayyorlash joylarda, topagrafik – geodezik ishlarni bajarish va boshqa ko’chmas mulkga oid bitimlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish ishlari bilan shug’ullanadi.
Qo’llanmada ko’chmas mulkga bo’lgan huquqlarning vujudga kelishi, servitutlar, huquqlarning bekor qilinish sabablari, yer tuzish, ko’chmas mulk kadastr xizmati organining faoliyati, huquq va burjlari, ko’chmas mulk davlat kadastri hujjatlarini tayyorlash tartibi va boshqa ko’chmas mukga oid koplab ma’lumotlar berilgan.
Qo’llanmadan nafaqat o’rta maxsus kasb-hunar o’quv muassasalari, balki Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarining «Yer tuzish va yer kadastri» bakalavr yo’nalishi talabalari hamda barcha ko’chmas mulklari mavjud bo’lgan fuqarolar foydalanishlari mumkin.
Mazkur qo’llanma ilk bor tayyorlanganligi sababli, ayrim kamchilik va xatolardan xoli emas, albatta. Qo’llanmaning sifati yaxshilashga qaratilgan barcha muloxaza va takliflarni muallif minnatdorlik bilan qabul qiladi.



Yüklə 132,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin