Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondashishdir



Yüklə 132,5 Kb.
səhifə9/17
tarix14.12.2023
ölçüsü132,5 Kb.
#180048
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
-3kadastr

Bino pardevorlariga
texnik xizmat ko’rsatish.

Pardevorlarga qo’yiladigan asosiy talablar – yaxshi tovush izalatsiyalari xossalari namga chidamlilik, olov bardoshlik, mixning yaxshi qoqilishi, kichik massasi va unchalik katta bo’lmagan qalinligidir.


Pardevorlar gipsdan, shaklli, to’ponli, yengil va yachestik to’ldiruvchili gipsobetondan, temirbetondan, g’ishtdan g’ovakli sopol toshlardan va yog’ochlardan tashkil bo’ladi. So’ngi paytda gipsobeton va shlako beton panellaridan topgan pardevorlar keng ko’lamda qo’llanilmoqda.
Pardevorlardan foydalanishni tashkil etishning asosiy maqsadi butun foydalanish jarayonida ularning foydalanish sifatini saqlab turishdan iborat.
Yangi pardevorlar o’rnatish yoki eskisini o’rnidan siljitish taqiqlanadi, chunki orayopmaga tushadigan yuklar qayta taqsimlanadi va deformatsiya miqdori chegaraviy qiymatidan olib ketishi mumkin.
Pardevorlarning tovush izolatsiyasini buzilishiga asosiy sabab – binoning cho’kishi natijasida ularda vujudga keladigan yoriqlardir. Odatda yoriqlar pardevorning o’zida, ularni devorlarga va orayopmalarga birlashgan joylarida vujudga keladi. Xuddi shunday, quvurlar (trubalar) o’tgan joylarga ham harorat farqidan yoriqlar vujudga keladi.
Tamirlash jarayonida hosil bo’lgan yoriqlar berkitiladi (zarur hollarda kanop bilan zichlab to’ldiriladi).

Bino tom yopmalariga
texnik xizmat ko’rsatish.

Tom konstruksiyasi ikki turga: yuk ko’taruvchi va qamrab turuvchi qism elementlariga bo’linadi.



  1. Qamrab turuvchi qismiga tom sirti va uning asosi kiradi.

  2. Yuk ko’taruvchi qismlariga esa stropila, fermalar va panellar kiradi.

Yuk ko’taruvchi qismi shamol yukini, tom og’irligini hamda qor yukini qabul qiladi. Bulardan tashqari, tom konstruksiyasi asboblar og’irligi bilan birgalikda olgan ishchilar og’irliklariga ham hisoblanadi.
Tomlar konstruksiyasiga ko’ra chordoqli va chordoqsiz bo’ladi.
Tomlarning saqlanishi va uzoq muddatga chidamliligi ularga o’z vaqtida texnik xizmat ko’rsatish bilan ta’minlanadi, ya’ni foydalanish qilish jarayonida chordoq xonalarida me’yoriy havo namlik rejimini saqlash yoki chordoqsiz tomlarda ventilyatsiya qilish qatlamlarini qoldirish bilan ta’minlanadi. Asosan eski turar – joy binolaridagi tomlarning yuk ko’taruvchi konstruksiyalari bo’lib, qiya mindirilgan va osma strapilalar hisoblangan.
Yig’ma panelli binolarni dastlabki qurish davrlarida ventilyatsiya qilinmaydigan, yassi qiyalikda ega bo’lgan, suv ketkazish tashkillashtirilmagan tomlar qo’llanilmagan.
Bunday tomlar foydalanish jarayonida muhim ahamiyat berishni talab etadi, chunki tom gilami lat yegan hollarda kam qiyalik bo’lganligi sababli issiqlik izalatsiyasi va sement – qum qorishma qatlami nam tortib qoladi. Nam tortgan qismlarning davriy muzlab va muzdan tushishi gilam ostida ortiqcha miqdori 2*106 Pa bo’lgan bosimni vujudga keltiradi va tomni ko’chib kelishiga olib keladi. O’z navbatida nam tortib qolgan issiqlik izolyatsiyasi o’zining xossalarini yo’qotadi. Buning natijasida eng yuqorida joylashgan xonadonlarning shiftlarida muzlashlar paydo bo’ladi.

Yüklə 132,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin