Zinapoyalar odatda qavatlar o’rtasidagi aloqni o’rnatishga va odamlarni taxlikali holatlarda (yer qimirlashi, yong’in xavfi va boshqalar) binodan evokuatsiya qilishga mo’ljallangan.
Ko’p hollarda zinapoya to’ridan isitish magistrallari, ichki suv tarmog’i stoyaklari, elektroshkof uskunalari va elektr hisoblagichlar kabi muhandislik tarmoqlarini o’rnatish uchun foydalaniladi.
Bino qavatlar soni beshtadan ko’p bo’lgan hollarda zinapoya to’rida lift qurilmalari va axlat tashlagichlar o’rnatiladi.
Zinapoyalarning ichki devorlari va shamollatish quvurlari va ba’zi bir boshqa turdagi muhandislik tarmoqlari joylashtiriladi.
Temir beton, tosh, metall va yog’och zinapoyalarning texnik xizmat ko’rsatishi tadbirlariga ularda vujudga keladigan nuqsonlarning oldini olish chora – tadbirlari kiradi. Ushbu tadbirlar metal kosourlarning yemirilishini, temirbeton va yog’och marshlarining egilishini, temirbeton va yog’och maydonchalari plitalari pog’onalarida yoriqlar hosil bo’lishi hamda ayrim qismlarining qisman ko’chib tushishini, barcha turdagi zinapoya to’siqlari va ushlash joylaridagi birikmalarining bo’shab ketishini devor bezak qatlami va devorlarning hamda maydonchalarning sopol plitkalar bilan qoplangan qatlamlari buzilishlarining oldini oladi.
Yog’och zinapoyalarda yuqorida keltirilgan nuqsonlar bilan birgalikda ularning yuk ko’taruvchi elementlarichirishi mumkin. Buning natijasida ularning yuk ko’tarish qobiliyatlari kamayadi, to’siq panjaralarining birlashish joylarida buzilishlar sodir bo’ladi va bezak qatlami o’z sifatini yo’qotadi.
Bino deraza, eshik va yoritish fanarlariga texnik xizmat ko’rsatish. Deraza, eshik va yoritish fanarlariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tadbirlariga asosan ularning qurilmalarini bo’yash, zichlashtiruvchi proklatkalarini almashtirish, kasalliklarini va deraza osti taxtalarini devorlarga birlashgan joylarini qaytadan zichlash, oyna zamaskalarini tiklash va shtapiklarini o’rnatishlar kiradi.
Ma’lumki, deraza xonani yorug’lik va tabiiy shamollatish bilan ta’minlash uchun o’rnatiladi. Fanarni esa fuqaro binolarida ishchi joylarini yoritish va deratsiya (shamollatish) qilish uchun o’rnatiladi. Ko’p hollarda ishchi joylarni tabiiy yorug’lik bilan taminlash uchun o’rnatiladi. Fanarlarning quvvati yetarli bo’lmaydi. Bunday hollarda sun’iy lyuminessent yoritgich lampalaridan foydalaniladi.
Qo’shma eshiklar va derazalarning tovush o’tkazuvchanligini kamaytirish asosan tabaqalarni butun perimetr bilan zichlash orqali amalga oshiriladi.