Liftlardan texnik foydalanish. Lift deganda to’rt tomoni o’ralgan devor oralig’ida, qattiq yo’naltiruvchi orqali vertikal harakatlanuvchi kabina (yo’lovchi va yuk tashuvchi), tanafusli harakatlanuvchi ko’targichga aytiladi.
Liftlar foydalanish uchun qulay, xavfsiz va o’ziga xos komfortga ega bo’lishi zarur. Lift kabinasining harakatini tezlatish, sekinlatish, aniq bir joyda to’xtatish, kabina eshiklarini ochish va yopishini ta’minlash elektr dvigatellar yordamida bajariladi. Elektr dvigatellar bular elektro mexanik uskunalar yig’indisi bo’lib, u mexanizmlarni harakatga keltirish uchun mo’ljallangan. Liftlar asosan vertikal uchun mo’ljallangan (qiyalik va gorizantal yo’nalishdagi liftlar ham mavjud), yo’naltirish usuli bo’yicha liftlar tros (po’lat arqon), tishli reykali va gidrovlik rejimda ishlovchi turlarga bo’linadi.
Tizimning vazifasi eshik ochiq bo’lganda kabinani harakatlanishdan saqlash va kabinada yo’lovchi bo’lsa, kabinani qavatlardan chaqirib olish imkonini yo’qotishdan iborat. Tez harakatlanuvchi liftlar o’zgarmas tokda ishlovchi elektr dvigatellar bilan jihozlangan bo’ladi.
Binolarning elektr jihozlaridan texnik foydalanish. Turar joy binolari elektr jihozlardan foydalanishda harakatdagi «elektr uskunalar tuzilishi qoidalari», «iste’molchilar elektr uskunalaridan texnik foydalanish qoidalari», « iste’molchilar elektr uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» meyoriy hujjatlariga asoslanish talab etiladi.
Yangi qurilgan bino yoki kapital ta’mirdan chiqqan binolar elektr mantaj ishlari yakunlangandan so’ng, bajarilgan ish sifatini tekshirish va qabul qilib olish uchun avvalo ishchi va so’ngra davlat komissiyasi tuziladi. Komissiya dalolatnomalar, bekilib ketadigan ishlar dalolatnomalari, qabul qilish dalolatnomasi va boshqa hujjatlarni buyurtmachi va bajaruvchi tashkilotlarga beradi.
Binoga doimiy elektr quvvatini ulash faqat nazorat ruhsati bilangina amalga oshiriladi.
Bino elektr jihozlaridan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlashda 2 xil usulda bo’ladi. Texnik va tashkiliy tadbirlar olib boriladi.