Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondashishdir


Issiq suv ta’minoti tizimidan texnik foydalanish



Yüklə 132,5 Kb.
səhifə12/17
tarix14.12.2023
ölçüsü132,5 Kb.
#180048
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
-3kadastr

Issiq suv ta’minoti tizimidan texnik foydalanish.
Har qanday zamonaviy obodonlashgan bino issiq suv tarmog’i bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Issiq suv harorati suv aralashtirgichda 500 - 750 C atrofida bo’lishini ta’minlash zarur.
Issiq suv kelishi zarur bo’lgan, ya’ni issiq suv oluvchi armaturalar keltirilgan.
Issiq suv uzatish tarmog’idagi nosozliklar sovuq suv uzatish tarmog’idagi o’xshash, bo’lib, ulardan tashqari uzatish tarmog’idan suv kelishida uzilish bo’lishi – bu odatda issiq suv tashuvchi quvurlarni kirlanishiga yoki ularning karroziya va cho’kindi mahsulotlar bilan ifloslanishiga (ayniqsa, diafragma va burilish qismlarida) bog’liq. Binoning yuqori qavatiga suv uzatishda bo’ladigan ayrim uzilishlar suvni tsirkulyatsiyalash uchun o’rnatilgan nasoslar ta’sirida bo’ladi.
Issiq suv uzatish tarmog’ida suv isrof bo’lishi sovuq suv tarmog’idagiga qaraganda ancha kam bo’ladi.
Gaz ta’minoti tizimidan texnik foydalanish.
Bino ichi gaz xo’jaligi jihozlaridanfoydalanish maxsus gaz xo’jaligi tomonidan bajariladi.
Ichki gaz xo’jaligidan texnik foydalanishga qish yoki kapital ta’mirlash tugagach, gaz tarmoqlarini qabul qilib olish, ulash va ishga tushirish, texnik xizmat ko’rsatish, sozlash va ta’mirlash hamda shamollatish va tutun yo’llarini nazorat qilib turishdan iborat.
Ichki gaz xo’jaligi jihozlarini foydalanishga qabul qilish buyurtmachi, bajaruvchi va gaz xo’jaligi xodimi tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Bu komissiya bajaruvchi tomonidan taqdim etgan ish bajarish – texnik hujjatini tekshiradi. Gaz jihozlaridan foydalanish jarayonida turli xil nosozliklar paydo bo’lishi mumkin. Ulardan biri – gaz quvurlarida gaz yo’lining to’silib qolishidir.
Axlat o’tkazish quvurlari tizimidan
texnik foydalanish.
Turar joy binolarida har bir kishi uchun to’g’ri keladigan axlat miqdori o’rtacha 1.64 l yoki 0.05 kg (0.25 l har lm2 yashash maydoni uchun). Bu ko’rsatgich sanoat binolarida 0.3 l, jamoat binolarida esa 0.275 lni tashkil etadi.
Axlat yig’uvchi xonadagi to’lgan idishlar maxsus joyga yig’iladi, u yerdan esa maxsus mashinalarda tashin ketiladi. Tashib olib borilgan axlat qalinligi 0.2 – 0.3m qalinlikda to’kiladi va zichlagich bilan zichlanadi. Axlat umumiy qalinligi 2m ga yetganda qalinligi 0.25m ga teng bo’lgan tuproqdan oraliq muxofaza qatlami to’shaladi. To’kish xarita usulida, ya’ni axlat butun maydon bo’ylab bir yo’la to’kilmasdan xarita bo’yicha qavatma – qavat to’kiladi. Oxirgi qavat to’kilgan axlat usti ham 0.25m muhofaza qatlami bilan qoplanib, bunda axlat chetlari 1:4 qiyalikda muhofaza qatlam bilan qoplanishi zarur.

Yüklə 132,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin