kuzatiladi. Ulami o ‘simliklar dunyosi ozuqalarini iste’mol qilishga ertaroq o ‘rgatilishi kavsh qaytarish jarayonini ertaroq boshlanishiga olib keladi. 193
Buzoq, qo‘zi va uloqlarda kavsh qaytarish davrlari hayotining 6-12 kunlari kuzatilishi mumkin. Kavsh qaytarish jarayoni tur qorin, qizilo‘ngach novi va katta qorin zonalaridagi reseptorlar hisobiga reflektor y o ‘l bilan bajariladi. Bu esa u yerdagi ikki guruh mexanoreseptorlaming funksiyasi bilan aniqlanadi. Ozuqalaming qattiq qismlari bilan qo‘z g ‘atiladigan birinchi guruh retseptorlari tangoreseptorlar (taktil retseptorlar) deb ataladi. Ikkinchi guruh retseptorlari organni to‘lishi natijasi cho‘zilishini tahlil qiladi va ular tenzioretseptorlar yoki o ‘sha organdagi bosimni qabul qiluvchi - baroretseptorlar deb ataladi. Kavsh qaytarish jarayoni tur qorin va qizilo‘ngach novining tangoreseptorlarini ozuqalami dag‘al qismi bilan qo‘zg ‘atatilishi natijasida boshlanadi. Qatqorin va katta qorindagi oziq massalari qanchalik dag‘al bo‘lsa kavsh qaytarish jarayoni shunchalik tez va uzoq bo‘ladi. Kavsh qaytarish jarayonining boshqarilishida bosh miyaning turli tuzilmalari ishtirok etadi. Kavsh qaytarish jarayonining boshqarilishida gipotalamus, po‘stloqning limbik qismi va bosh miya po‘stlog‘ining motoroldi zonalari ham ishtirok etadi. Kavsh qaytarish faqatgina bedorlik paytida kuzatiladi, shu sababli kechalari bu jarayon oldidan hayvonlar uyqudan uyg‘onadilar. Kavsh qaytarish jarayoniga shartli reflekslar hosil qilinadi. Kavsh qaytarish jarayoni turli tashqi signallar ta’sirida tormozlanadi. M e’da harakatining turlari va ulaming ahamiyati. Ozuqa luqmasi