Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


SUV, TUZLAR VA PARCHALANISH MAHSULOTLARINING



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   318
2 5213200508969289537

SUV, TUZLAR VA PARCHALANISH MAHSULOTLARINING
SO‘RILISH YO‘LI
Suv va tuzlar so‘rilishidan keyin qon tomirlariga tushadi. Agarda 
katta miqdorda suv va tuzlar so‘rilsa suvning bir qismi to‘g ‘ridan-to‘g‘ri 
limfaga tushadi. Odamlarda katta miqdorda 101 gacha ayrim paytlarda 15- 
20 1 gacha suv so‘riladi. Ulaming bir qismi (5-8 1) so‘rilgan hazm 
shiralarining tarkibiga kiradi, qolgan qismi iste’mol qilingan ozuqalar 
tarkibiga kiradi va ichimlik suvi sifatida qabul qilinadi. Odamlarda 
faqatgina 150 ml. suv ichaklardan najas tarkibida chiqariladi. Odamlarda 
22-25 minut ichida 1 1 suv so‘riladi. Suvning so‘rilishida osmos muhim rol 
o ‘ynaydi.
Osh tuzi eritmasining so‘rilishi uning konsentrasiyasi 
1
% gacha 
ortganda tezlashadi. Gipotonik eritmalar esa juda yengil so'riladi. 
Ichaklarda bosimning 
oshishi 
osh tuzi eritmasining so‘rilishini 
tezlashtiradi, aksincha osh tuzining konsentrasiyasi 
1,5% gacha 
ko‘tariladigan bo‘lsa so‘rilish to‘xtaydi. Yuqori konsentrasiyaga ega 
bo‘lgan tuzlar eritmasi suvning qondan ichaklarga o‘tishini tezlashtiradi va 
xuddi bo‘shashtimvchi sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Kalsiy tuzlari juda kam 
miqdorda so‘riladi, lekin ular ovqat hazm tizimiga ortiqcha yog‘lar bilan 
birga tushganida ulaming so‘rilishi tezlashadi.
Itlaming ichagida qand eritmasining konsentrasiyasi qondagidan 
kam, shu sababli aw al suv so‘ngra qand so‘riladi, agarda qand 
eritmasining konsentrasiyasi qondagidan ko‘p bo‘lsa, aw al qand so‘ngra 
esa suv so‘riladi.
So‘rilgan oqsillar qon tomirlariga to‘shadi va uning katta qismi 
aminokislotalaming suvdagi eritmasi holida so‘rilsa, ayrim qismlari 
peptonlar va albumozlar shaklida so‘riladi va nihoyat uncha katta 
bo‘lmagan qismigina o‘zgarmagan holda so‘riladi. Bunday oqsillarga qon 
zardobi, tuxum va sut oqsillari kiradi, chunki ulaming hammasi suvda 
eriydigan oqsillardir. Juda kam miqdorda o‘zgarmaydigan oqsillar limfa 
tomirlarga tushadi.
Yangi 
tug‘ilgan 
bolalaming 
ichaklarida jiddiy 
miqdordagi 
o‘zgarmaydigan oqsillar so‘riladi. Bu holat katta miqdorda oqsillar 
so‘rilganida organizm uchun zarrarli ham bo‘lishi mumkin.
200


Odamlar hayvonot dunyosi oqsillari bilan oziqlanganida ularning 95- 
96% hazmlanishi va so‘rilishi mumkin, o‘simliklar dunyosi oqsillari bilan 
oziqlanganida esa yuqoridagi ko‘rsatkich 75-80% ga teng boiadi.
Oqsillar hazmlanish mahsulotlaming so‘rilishi asosan ingichka 
ichaklar tizimining boshlangich qismida yuz beradi. Yo‘g ‘on ichaklarda 
oqsillaming so‘rilishi juda kam boiadi.
Oqsillardan aminokislotalar, peptonlar va albumozlaming sintez- 
lanishi ichaklaming epitelial hujayralaridayoq boshlanadi. Qopqa venasi 
(darvoza) qoni tarkibidagi ammokislotalaming miqdori ovqat hazmi 
paytida ortadi. Ye.S.London maiumotiga ko‘ra, oqsillar parchalanishi 
mahsulotlarining deyarlik yarmi aminokislotalar shaklida so‘rilsa, qolgan 
yanni esa polipeptidlar shaklida (bir necha aminokislotalaring birikmasi) 
so‘riladi.
Turli aminokislotalar turli tezlikda so‘riladi, lekin oqsillardan bir 
muncha tez so'riladi. Azotli ma’sulotlar so‘rilganidan keyinoq ular tezda 
oqsillarga sintezlanadi va bu jarayon asosan jigar va muskullarda amalga 
oshadi. Uglevodlar so'rilganidan keyin qon tomirlariga tushadi, juda kam 
miqdordagina Iimfa tomirlariga tushadi. Ular monosaxaridlar shaklida 
ingichka ichaklarda sekin, lekin to iig ic h a so‘riladi. Disaxaridlar juda 
sekin so‘riladi.
Uglevodlar orasida juda tez so‘riladiganlari glyukoza va galaktozalar 
hisoblanadi, chunki ulami ingichka ichaklarda fosfor kislotasi bilan 
birikishi ularning so‘rilishim tezlashtiradi.
Uglevodlar yo‘g‘on ichaklarda ham so‘rilishi mumkin, bu esa 
to‘yimli plazmalar yordamida sun’iy oziqlanishda muhim ahamiyatga 
ega.Uglevodlaming organik kislotalargacha parchalanishi asosan yo‘g‘on 
ichaklarda kechadi.
Buyrak usti bezlarining po‘stloq qismi garmonlari va В guruh 
vitaminlari glyukozaning so‘rilishini tezlashtiradi. Monosaxaridlardan 
glikogenni sintezlanishi jigar va muskullarda kechadi.
Neytral yogiar so'rilganidan keyin ingichka ichaklamig limfaga 
tushadi va faqatgina katta ko‘krak limfa oqimi orqali qon tomirlariga 
tushishi mumkin.Doimiy ravishda yogiarga boy ovqatlar bilan 
oziqlangandigina uncha ko‘p boimagan miqdordagi yog‘ qon tomirlariga 
tushadi. Y ogiar faqat ingichka ichaklarda sovunlangan yog‘ kislotalari va 
gliserin shaklida so‘riladi. Lekin yogiarning to iig ic h a gidrolizga 
o‘chrashi shart emas va yogiarning kattagina qismi emulisiyalangan 
holatlardagina so‘riladi. Yogiarning so‘rilishini o ‘t suyuqligi va me’daosti 
bezi shirasi ta’min etadi. Yog‘ kislotalarining so‘rilishi ularning o‘t
201


suyuqliklari bilan birikishi natijasida yuz beradi, ya’ni ulaming 
so‘rilishidan keyin qopqa venasi orqali qon bilan jigarga olib kelinadi va 
yana ana shu jarayonda ishtirok etadi.
Yog‘lar ichaklaming shilliq pardasi epiteliyasida gliserin va yog‘ 
kislotalaridan sintezlanadi.
«Radiofaol izotoplar (C14) yordamida yog‘laming so‘rilishini 
o‘rganishda aniqlanishicha faqat 30-40% yog‘lar ichaklarda gidrolizlanadi. 
Turli yog'lar har xil tezlikda gidrolizlanadi va so‘riladi. Yog‘lar, ya’ni 
erish nuqtasi past bo‘lganlari va moylar, dumba va chuchqa salalariga 
nisbatan odamlaming ichaklarida faqat 9-15% gacha stearin va spermaset, 
sariq шоу va chuchqa yog‘i 98% gacha o‘zlashtiriladi, ya’ni ulaming 
lipaza ta’sirida parchalanish va emulsiyalanish darajasiga bogiiqdir.
Yog‘larning jamlanishi asosan teri osti kletchatkasi va yog‘ saqlovchi 
joylarda yuz beradi. Normal holatlarda odamlar yog‘ to'qimalarida 10- 
20% yog‘ saqlanadi, yog‘ bosganida esa 35-50% gacha ortishi mumkin.
Yo‘g ‘on ichaklar funksiyasi. Yo‘g ‘on ichaklarda juda kam shira 
ajraladi, suv so‘riladi va najas shakllanadi. 
0
‘simliklar dunyosi oziqlari, 
go‘shtli oziqlarga nisbatan ko‘p najas hosil qiladi. Yo‘g‘on ichaklarda juda 
katta miqdorda mikroblar (1 g najasda 15 mlrd. gacha) mavjud. Qishloq 
xo‘jalik hayvonlarining yo‘g‘on ichaklarida oziq massalari juda uzoq 
muddat saqlanadi, masalan, otlaming yo‘g‘on ichagida 72 soat gacha 
saqlanadi. Yo‘g ‘on ichaklarda hazm tizimining yuqori qismidan tushuvchi 
mikroblar, infuzoriyalar va fermentlar ta’siri ostida 40-50% kletchatka, 
40% oqsillar va 25% gacha uglevodlar hazmlanadi. Kavshovchi 
hayvonlarning yo‘g‘on ichaklarida 15-20% kletchatka achib-bijiydi va 
so‘riladi. Demak mikroblar oziqlami kelgusi parchalanishiga ham zarur 
bo‘lar ekan. Lekin bu mikroblar oqsillaming chirishini va ulardan turli 
zararli moddalaming hosil bo‘lishiga sabab bo'ladi. I.I.Mechnikovning 
ta’kidlashicha bu moddalar organizmning o‘z-o‘zidan zaharlanishini 
(autointoksikatsiya) yuz beradi va organizmni qarrishini 
sabablardan 
asosiysi hisoblanadi.
Jigaming himoya funksiyasi. Jigar faqatgina hazm shirasi-o‘tni 
ajratmasdan balki zaharli moddalami zararsizlantirishdek muhim 
funksiyaai ham bajaradi.
Ovqat hazm traktidan kelayotgan qonning barchasi jigar orqali 
o‘tganligi sababli oqsillar parchalanishining zaharli moddalari va 
mikroblaming ichaklardagi faoliyati tufayli hosil bo‘ladigan zaharli 
birikmalar so‘rilganidan keyin jigarga tushadi va unda zararsizlantiriladi.
202


Indol, skatol, fenol kabi zaharli moddalar jigarda xlor va glyukuronat 
kislotalari bilan birikadi va kam zaharlik xususiyatiga ega bo Igan 
kislotani hosil qiladi.
Demak, jigarda himoya xarakteriga ega sintezlanish bajariladi. 
Moddalar almashinuvining zaharli mahsulotlaridan organizmni saqlab 
qoluvchi aynan mana shu jarayon jigaming himoya funksiyasini ta’min 
etadi.
Jigaming katta qismi olib tashlansa yoki qopqa venasi pastki kovak 
vena bilan tutashtirilganida (Ekkovchasiga tikish) so‘rilish mahsulotlari 
to‘g‘ridan to‘g‘ri katta qon aylanish doirasiga tushadi. Natijada oqsillar 
parchalanishi natijasida hosil boigan zaharli mahsulotlar bilan 
zaharlanishi tufayli hayvonlar juda tez halok bo‘ladi, bunday holat ayniqsa 
go‘sht iste’mol qilinganidan keyin machevinaning hosil bo‘lishi buzilishi 
natijasida yuz beradi. 1892 yilda I.Pavlov, N.V.Ekkning (1877) jarrohlik 
operasiyasi takomilashtirganidan keyin mashhur biokimyogar M.V.Nens- 
kiy bilan xamkorlikda jigarda kechadigan kimyoviy jarayonlami o'rgandi.
So‘rilgan aminokislotalaming 40 %i qon orqali aynan, shu orga­
nizmga xos bo‘lgan oqsillami sintezlovchi to‘qimalarga boradi. Qolgan 
aminokislotalar esa jigarga boradi va ulardan bir qismi oqsillar 
sintezlanishida ishtirok etsa, qolgan qismi esa dezaminlanadi.
Ovqat hazm traktining himoya funktsiyalari. Ovqat hazmi tizimi 
organizmning ichki muhiti bilan tashqi muhit orasidagi chegara bo‘lib 
xizmat qiladi. Ovqat hazmlash kanaliga tushgan turli tuman oziq 
moddalardan ayrimlari tanlanib shilliq pardadagi biologik membrana 
orqali ichki muhitga o‘tkaziladi.
Ovqat hazm qilish tizimiga tushib qolgan kasallik chaqimvchi 
mikroblar, agarda limfa va qonga so‘riladigan bo‘Isa, ular limfa 
tugunlarida ushlanib u yerda zararsizlantiriladi. Limfa tugunlari hazm 
tizimining deyarlik barcha qismida joylashgan bo‘lib, ayniqsa og‘iz 
bo‘shlig‘ida va ichaklarda katta miqdorda bo‘ladi.
Mikroblar, hazm shiralari, masalan, so iak lizosimi ta’sirida ham 
parchalanadi. Me’da shirasi tarkibida sut achituvchi mikroblar bo‘lmasligi 
aniqlangan, lekin ular u yerda neytral va kuchsiz ishqoriy muhitda paydo 
bo‘lishadi.
Ovqat hazmi tizimi ajratish funksiyasini ham bajaradi. Ko‘plab yot 
moddalar, masalan piyoz va sarimsoq piyozda bo‘ladigan dorivor va hid 
taratuvchi moddalar organizmga tushganidan keyin ovqat hazm qilish 
bo‘shlig‘iga hazmlovchi bezlar tomonidan ajraladi.
203


Tabiiy sharoitda doimiy ravishda organizmning hujayra, to‘qi- 
malarining parchalanishi va tiklanishi yuz beradi. Bunday parchalanish 
paytida hosil bo‘luvchi oqsil va uning parchalanish ma’sulotlari qondan 
hazm tizimiga chiqariladi, ya’ni ular fermentlar ta’sirida to‘lig‘icha 
aminokislotalargacha parchalanadi. Aminokislotalar ovqat hazmi tizimidan 
so‘riladi va ulardan tiklanayotgan hujayra, to‘qimalarda oqsillar 
sintezlanishi hamda energiya manbai sifatida foydalaniladi.
Ovqat hazmi kanalining davriy faoliyati. Oziq massalari bo‘l- 
maganida va shira ajratuvchi bezlar faoliyat ko‘rsatmaganda, me’da va 
ingichka ichaklaming qisqarishi hamda me’da osti bezi va ichaklar 
shiralarining ajralishi boshlanadi. Bu paytda me’daosti bezi va ichaklar 
shirasida ayniqsa katta miqdorda fermentlar va organik moddalar 
saqlanadi. Ovqat hazmi tizimining bunday davriy faoliyati 20-30 minut 
davom etadi, so‘ngra yana tinchlik holati kuzatiladi. Hayvonlarda so‘lak 
va me’da shirasining ajralishining davriy faoliyati kuzatilmaydi.
Odamlarda me’dalaming bo‘sh holda qisqarish davri 20-50 minut, 
tinchlik paytida esa 45-90 minut davom etadi. Ko‘pchilik odamlarda 
tinchlik davri juda qisqa bo‘ladi.
Davriy sekresiyalar qonni fermentlar bilan boyitadi, ya’ni davriy 
sekresiya paytida ajralgan hazm shiralari so‘riladi. Mana shu jarayonlar 
davriy faoliyatning fiziologik ahamiyatini ko‘rsatib turibdi.
Bundan tashqari davriy faoliyat davrida muskullaming qisqarishi 
natijasida hazm tizimining ozuqalar qoldig‘idan tozalanishi va fermentlar 
saqlovchi shiralaming ajralishi amalga oshiriladi. Adashgan nerv tolasi 
qirqilganidan keyin me’da shirasining davriy sekresiyasi va muskullaming 
doimiy davriy qisqarishi kuzatiladi. Bular esa davriy faoliyatni avtomatizm 
deb hisoblashni va markaziy asab tizimining efferent impulslari tomonidan 
hazm shiralari ajratuvchi bezlar va muskullar avtomatiyasining tormoz- 
lanishini ko‘rsatib turadi.
Defekasiya. Yo‘g‘on ichakning sigmasimon bo‘limidagi reseptor- 
laming axlat bilan mexanik qo‘zg‘atilishi tufayli reflektor ravishda 
bajariladigan ichaklaming axlat massalaridan tozalanishiga - defekasiya 
deyiladi. Odamlaming to‘g‘ri ichagiga axlat massasi tushganidan keyin 
qistash seziladi, ya’ni bu ichaklar kengayib cho‘zilganida nerv impulslari 
bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘igacha yetib boradi.
Tezak massasi bilan to‘g‘ri ichak shilliq pardasining mexanik va 
kimiyoviy qo‘zg‘atilishi va asosan to‘g‘ri ichak ampulasida bosimni 
20
mm. Hq. ust gacha ko‘tarilishi tufayli yuzaga keluvchi afferent impulslari 
yuz nervi orqali orqa miyaga o‘tkaziladi. To‘g‘ri ichakning tashqi va ichki
204


sfmkterlari, defekasiyagacha tonusda bo‘ladi va to‘g‘ri ichakdan chiqish 
teshigini yopadi. Bunda teshikni yopuvchi kuchning 1/3—1/2 qismi tashqi 
sfinkter hisobiga to‘g ‘ri keladi. Affent impulslari orqa miyaning bel 
bo‘limiga tushganida sfinkterlar reflektor ravishda bo‘shashadi va qorin 
bo‘shlig‘i muskullari qisqaradi. Defekasiyaning reflektor markazi orqa 
miyaning 3-4 bel segmentlarida joylashgan bo‘lib, ulardan sfinkterlaming 
bo‘shashini chaqiruvchi efferent impulslari quyi charvlar tuguni orqali 
uyat nervi osti bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Orqa miyaning 3-5 dumg‘aza 
segmentlaridan chiqib chanoq nerv bo‘ylab to‘g ‘ri ichakka yo‘naluvchi 
efferent impulslari tufayli sfinkterlar yana yopiladi.
Oraliq miyada, ko'rish do‘ngchalarida, orqa miyadagi markazlarga 
bo‘ysunuvchi ancha yuqori darajadagi defekasiya markazi joylashgan. 
Defekasiyaning oliy markazi bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining 
oldingi qismida joylashgan (V.M.Bexterev).
Defekasiya ixtiyoriy holda yoki aksincha qo‘rqish tufayli bosh miya 
yarim sharlari po‘stlog‘ining oldingi markaziy egatlaridan orqa miyaga 
o‘tuvchi efferent impulslarming o ‘tishi tufayli ham ushlab turilishi 
mumkin. Defekasiya aktini, ayniqsa bolalarda ruhiy ta’sirlar ko‘rsatish 
yo‘li bilan buzish mumkin.


V III BOB. OZIQLANISH, MODDALAR VA ENERGIYA 
ALMASHINUVI JARAYONLARI
OZIQLANISH VA MODDALAR ALMASHINUVI
Oziqlanish - hayot davomida organizmning o ‘sish va rivojlanishi, 
parchalangan hujayralar va to‘qimalar o ‘miga yangilarining hosil boiishi, 
fiziologik funksiyalaming bajarilishida sarflangan energiya o‘mini 
to‘ldirishi va moddalar zahirasini yaratish uchun zarur moddalaming 
tashqi muhitdan tushib turish jarayonidir.
Oziqlanish jarayonida organizmga hayvonot va o‘simliklar mahsu­
lotlari va suv tushib turadi. Bu mahsulotlarda yoki ozuqa ashyolarining 
parchalanishi tufayli energiya ajratuvchi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar 
bilan bir qatorda organizmda yuz beradigan kimiyoviy jarayonlarni 
mo‘’tadil bajarilishi uchun zarur boigan ammo energiya ajratmaydigan 
vitaminlar, mineral moddalar va suv saqlanadi.
Moddalar almashinuvi organizmga tashqi muhitdan tushib turadigan 
hayot uchun zarur bo‘lgan organik va anorganik moddalardan va ulardan 
foydalanish natijasida hosil boigan oraliq va oxirgi mahsulotlami 
chiqarilishi kerak bo‘lgan jarayonlardan iboratdir. Organizm tarkibiga 
kiruvchi barcha moddalar doimo yangilanib turadi. Ular parchalanish 
mahsulotlaridan va organizmga ovqatlar bilan tushadigan moddalardan 
sintezlanadi. Moddalar almashinuvi ikki jarayonning: assimilyasiya va 
dissimlyasiyaning birligida namoyon bo‘ladi.
Tashqi muhitdan ichki muhitga tushgan barcha moddalar 
organizmning о‘zini tarkibiga kiradi. Ular atrofiyaga uchragan hujayralami 
tiklanishini, organizmning o‘sishini, garmonlar, fermentlar sintezini 
organizmning hayotiy faoliyatida ishtirok etuvchi boshqa organik 
moddalar sintezini va gidrolizini ta’min etadi (oziqlaming plastiklik 
ahamiyati). Organizmga tushayotgan moddalar parchalanishi natijasida 
o ‘zlarida mavjud bo‘lgan potensial energiyani ajratadi va organizmni 
hayotiy funksiyalarini ta’min etuvchi boshqa turdagi energiyalarga 
aylantiradi (ozuqalaming energiyaviy ahamiyati). Assimlyasiya va 
dissimilyasiya jarayonlarida hosil boluvchi zaharli moddalar organizmda 
zararsizlantiriladi va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari, undan 
ter, siydik va najas tarkibida chiqariladi.
Organizm ichidagi ozuqaviy moddalaming o‘zgarishi oraliq yoki 
intermediar moddalar almashinuvini tashkil etib, oqsillar, yogiar va 
uglevodlar almashinuvini o‘z ichiga oladi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin