Oqsillar sintezlanishida jigarnning roli. Jigarda qon plazmasi
tarkibida saqlanuvchi oqsillar: albuminlar, globulinlar (gamma globulin
mustasno) fibrinogen, nuklein kislotalar va ko‘plab fermentlar jigarda
sintezlanadi, lekin ulaming ayrimlari faqatgina jigarda, masalan
mochevinani hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi fermentlar jigardan boshqa
joyda sintezlanmaydi.
Organizmda sintezlanadigan oqsillar organlar, to‘qi malar va
hujayralar, fermentlar va gormonlar tarkibiga (plastik ahamiyati) kiradi,
lekin organizm tomonidan boshqa bir oqsilli birikma shaklida zahira holda
saqlanmaydi. Shu sababli, faqatgina, plastik ahamiyatga ega bo‘lmagan
oqsillargina fermentlar ishtirokida dezaminlanadi, - ya’ni turli azotli
mahsulotlarga parchalanib energiya ajratadi. Jigar oqsillarining yarim
parchalanish davri o‘rtacha
10
kunga teng.
Turli sharoitlarda oqsilli oziqlanish. Parchalanmagan oqsillaming
organizm tomonidan o‘zlashtirilishi faqatgina ovqat hazmi kanali orqali
bajariladi. Ovqat hazmi kanalidan boshqa qismga kiritilgan oqsillar -
organizmda himoya reaksiyasini chaqiradi.
Parchalangan oqsillaming aminokislotalari va ulaming birikmalari -
polipeptidlar qon orqali organizmning hujayralariga olib boriladi, u yerda
esa hayot davomida fermentlar ta’sirida oqsillaming sintezlanishi
bajariladi. Ovqatlar oqsillari odatda plastik ahamiyatga egadir.
Organizmning o‘sish davrida, ya’ni bolalik va o ‘smirlik yoshlarida -
oqsillaming sintezi ayniqsa yuqori. Qarilik davrida oqsillar sintezi
kamayadi.
0
‘sish davrida organizmdagi oqsillami tashkil qiluvchi
kimiyoviy elementlami organizmda ulaming ushlab qolinishi kuzatiladi.
Har bir to‘qimada, har bir organizmda o‘sha organizmga xos bo‘lgan
boshqa to'qimalar va boshqa organizmlardagidan tubdan farq qiluvchi
oqsillar sintezlanadi.
Aminokislotalar ham yog‘ va uglevodlar singari organizmning
tiklanishi va tuzilishi uchun foydalanmagan qismi parchalanib undan
energiya ajralib chiqadi va o‘z tuzilishini hamda faoliyatini o‘zgartiradi.
Atrofiyaga uchrayotgan, parchalanayotgan organizm hujayralari
oqsillari hisobidan hosil bo‘luvchi aminokislotalari ham o'zgarib o'zidan
energiya ajratib chiqaradi.
Odatiy holatlarda voyaga yetgan odamlaming 1 kg tirik vazniga bir
kecha-kunduzda o‘rtacha
Dostları ilə paylaş: