Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


LIPIDLAR, ULARNING KLASSIFIKASIYASI VA



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   318
2 5213200508969289537

LIPIDLAR, ULARNING KLASSIFIKASIYASI VA
FIZIOLOGIK ROLI
Lipidlar - suvda erimaydigan, lekin organik birikmalarda (spirt, 
xloroform va boshq.) eruvchi,biotffektorlik xususiyatiga ega moddalardir. 
Lipidlarga neytral yog‘lar, yog‘simon moddalar, (lipoidlar) va ayrim 
vitaminlar (A, D, E, K) ham kiradi. Lipidlar plastik (qo‘rilish) ahamiyatga 
ega bo'lib, barcha hujayralar va jinsiy gormonlar tarkibiga kiradi.
Yog‘lar. Yogiarning asosiy manbai bo iib ichaklardan so‘riluvchi 
ozuqalar tarkibidagi yogiar hisoblanadi. Bundan tashqari, yogiar va 
lipoidlar organizmga ko‘plab uglevodlar iste’mol qilinganida aynan 
uglevodlardan va kam miqdorda oqsillardan ham sintezlanadi. Organizm- 
dagi yogiarning umumiy miqdori tana ogirligining 
10-20
% ni semizlik 
paytida esa undan ham ko‘proq qismini tashkil etadi. Y ogiar va lipoidlar 
so‘rilganidan keyin, barcha organlar va to'qimalargacha olib boriladi.
Turli hayvonlaming yoglari hamda bitta hayvonning turli organ- 
laridagi yogiar tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Yogiarning tarkibi oziqlanishga bogiiq. Uzoq muddat bir turdagi 
yog‘ bilan oziqlanilgandan keyin odam tanasida yigllgan yog‘ ham tarkibi 
va xususiyatlari jihatidan aynan o‘sha yog‘ga ancha yaqin boiadi. Plastik 
material shaklida foydalanilgan yogiar va lipoidlar juda chidamli boiadi. 
Hayvonlami yogli va uglevodli oziqalar bilan oziqlantirilganida yogiar 
va lipoidlar zahira yogiar sifatida teriosti kletchatkasida, yog‘ saqlovchi 
va ichki organlami o‘rab turuvchi bo‘sh biriktiruvchi to'qimalarda 
jamlanadi. Bu yogiar yog‘ depolarida saqlanayotgan zahira, oziqlanish 
materiali bo iib hisoblanadi va ular hayvon sovuqda qolganida va ochlik 
paytida organizm tomonidan energiya manbai shaklidagi bioquvvat 
materiali sifatida foydalaniladi.
Uzoq muddatli jismoniy mehnat qilinganida sarflanadigan energi- 
yaning 80 % yogiarning yoki ularning parchalanish mahsulotlarining 
oksidlanishi natijasida ajralib chiqadi.
Yog‘ depolaridagi zahira yogiar to'qimalarda lipaza ishtirokida 
gliserin va yog‘ kislotalarigacha parchalanadi va keyinchalik karbonat 
angidrid va suvgacha oksidlanadi, bu paytda katta miqdorda energiya 
ajralib chiqadi. Nihoyat, yog‘ depolaridagi yogiarning bir qismi qonga 
tushadi, fermentlar ta’sirida gliserin va yog‘ kislotalarigacha parchalanib 
qon bilan jigarga yetkaziladi va u yerda glikogenga aylanadi.
215


Demak, yog‘lar bilan uglevodlar almashinuvi orasida uzviy bog‘liqlik 
mavjud.
0 ‘simlik va sigir moylari, baliq y o g i organizm tomonidan 97-98 % 
ga o ‘zlashtiriladi, mol va qo‘y yog‘lari 90 % ga o‘zlashtiriladi. 0 ‘simlik 
dunyosi yog‘larida to‘yinmagan yog
4
kislotalari saqlanganligi sababli, 
ulardan jigarda lipidlar hosil bo‘ladi. Jismoniy ish bajarganda kunlik 
ratsion tarkibidagi yog‘lardan 70-75 % hayvonlar yog‘i va 25-30 % 
o‘simlik yog lari boiishi zarur. Bir kecha-kunduzlik ratsion tarkibidagi 
yogiar umumiy ovqatning 17 % ni, energiya bo‘yicha 30 % ni tashkil 
qilishi kerak, ya’ni voyaga yetgan odamlar uchun yog‘ o‘rtacha 
100
g.ni 
jismoniy ish bajarganda esa 115-165 g.ni tashkil qilishi kerak. Me’yoridan 
ortiq yog‘ iste’mol qilish ovqat hazmi jarayonlarini tormozlaydi hamda ish 
qobiliyatini 2-3 martagacha pasaytiradi. Iste’mol qilinayotgan ovqatlar 
tarkibida yog'ning miqdori katta bolganida, qon tarkibidagi yog‘ning 
miqdori 
1
% gacha ko‘tariladi va undan ham yuqori ko‘tarilishi mumkin 
(lipemiya) ovqatlar tarkibida yog‘ning me’yoridan ortiq boiishi zararli, 
ayniqsa yoshi o‘tgan paytda juda xavfli chunki u hayotni qisqartiradi.
Organizmga ovqatlar tarkibida ikki xildagi lipoidlar; fosfatidlar va 
sterinlar tushadi.
Fosfatidlar - yuqori molekulali spirtlar va yog‘ kislotalari boiib 
tarkibida fosfor kislotasini va azotli birikmalami saqlaydi. Bularga 
neyronlarda saqlanuvchi va ulardan oqsillar jamlanishini ta’minlovchi 
xolin hosil boiadigan - xolin-fosfatid yoki litsetin kiradi.
Xolin sirka kislotasi bilan birikib asetilxolinni, ya’ni asab tizimidagi 
qo‘zg.‘alishlami o‘tkazuvchi asosiy mediatomi hosil qiladi. Fosfatidlar, 
neytral yogiar, xolesterin va boshqa lipidlar hujayralarning membranalari 
va organoidlarida mavjud b o iib ularning tanlab o ‘tkazuvchanlik 
xususiyatini ta’minlydi. Organizmda ayniqsa yogiarning so‘rilishi va 
sintezida ishtirok etuvchi gliserofosfatidlar ko‘p boiadi. Fosfotidlar odatda 
jigarda va ichaklar devorlarida sintezlanadi, ularning yetishmasligi esa 
jigarni yog‘ bosishini va arteriosklerozni keltirib chiqaradi. Fosfatidlar 
rafmirlanmagan o‘simlik moylarida (kungaboqar) sariq yog‘, tuxumlarda 
ko‘p boiadi. Fosfatidlaming bir kecha-kunduzlik normasi 10 g.ni tashkil 
etadi.
Sterinlar - spirtlardir, ular yog‘ kislotalari bilan birikib murakkab 
efirlami hosil qiladi. Ularga bosh miyada va buyrak usti bezlarida juda 
katta miqdorda saqlanuvchi xolesterin kiradi. Odamda uning vazniga 
nisbatan 0,2 % ga yaqin xolesterin boiadi. Xolesterin organizmda yogiar 
va uglevodlami oksidlanishidan hosil boiadi va uning asosiy
216


sintezlanuvchi joyi jigardir (80 % gacha). U asosan hayvonot dxmyosi 
oziqalarida ko‘p bo‘lsa, o‘simlik dunyosi oziqalarida yo‘q. Xolesterindan 
organizmda o‘t kislotalari, jinsiy gormonlar va buyrak usti bezining 
po‘stloq qismining gormonlari hosil bo‘ladi. Aralash ovqat iste’mol 
qilinganida bir kecha-kunduzlik xolesterinning normasi 1,5 g.gacha 
bo‘ladi. Vitamin D. ham sterinlar qatoriga kiradi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin