1
,5-2,0 g oqsil zarur, uzoq muddatli sovuq
paytida 3,5-3,9 g, va juda og‘ir jismoniy ish bajarganida esa 3,0-3,5 g oqsil
talab etiladi.
213
1 kg tirik vaznga zarur bo‘lgan oqsilning miqdori 3,0-3,5 g.dan oshib
ketsa, asab, tizimi jigar va buyraklar faoliyati buziladi.
OQSILLAR ALMASHINUVIDA ME’DA-ICHAKLAR
TIZIMINING ISHTIROKI
Oqsillar almashinuvida me’da-ichak tizimining ishtirok etishi
tekshirishlarda isbotlangan. Me’da-ichaklardan ajraladigan hazm shiralari
bilan birga shu organlar bo‘shlig‘ida ma’lum miqdorda oqsillar va
polipeptidlar ham chiqadi. Hazm shiralari bilan birga chiqadigan azotli
moddalaming miqdori ayniqsa, hayvon och qolganida ko‘payadi. Tirik
vazni 15kg keladigan itning me’da-ichak tizimiga bir sutkada hazm
shiralari bilan birga 6-7gr oqsil va 1-1,5gr azot polipeptidlar holida
chiqqanligi aniqlangan. Cho‘chqalar me’da osti bezining shirasi bilari bir
kecha kunduz davomida 300 grammgacha oqsil chiqarilishi haqida dalillar
bor. Bulardan ko‘rinadiki, organizmda oqsillar siydik tarkibidagi azot
miqdoriga qarab hisoblangandan ko‘ra ko‘proq parchalanishi mumkin.
Organizm to‘qimalarining parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan
albumin, globulin oqsillari, polipeptidlar aminokislotalargacha parchalan-
masdan turib ham hazm tizimi devoridagi qon tomirlari orqali hazm
yo‘liga chiqariladi. Ular hazm shiralarining fermentlari ta’sirida aminokis
lotalargacha parchalanib, qayta so‘rilishi, to‘qima va hujayralar tomonidan
qayta o‘zlashtirilishi mumkin deb taxmin qilinadi. Bundan to‘qima
oqsillari parchalanib, to‘qima bilan me’da-ichak tizimi orasida bir necha
marta almashinsa kerak, degan fikr tuglladi.
OQSILLAR ALMASHINUVINING BOSHQARILISHI
Organizmda oqsillami almashinuvini doimo nerv va gumoral tizimlar
boshqarib turadi. Oraliq miyaning gipotalamus qismida oqsillar almashinu
vini idora etuvchi markaz bor deb qaraladi. Gipotalamusning ayrim
yadrolari, ayniqsa kulrang do‘mboqcha qismidagi yadrolar ta’sirlanganida
oqsillaming parchalanishi tezlashadi, oqibatda siydik bilan azot chiqishi
ko‘payadi. Shuningdek gipotalamusning boshqa qismlari oqsillar
almashinuvini tormozlab quyadi deb taxmin qilinadi. Nerv tizimi o ‘z
ta’sirini asosan gumoral tizim orqali amalga oshirsa kerak, deb faraz
qilinadi. Jumladan, nerv tizimi tegishli ichki sekretsiya bezlaridan -
qalqonsimon bezdan tiroksin, triyodtironin, gipofizdan somatotrop gormon
ajralishini kuchaytirib, shular orqali oqsillar almashinuvini o ‘zgartirsa ajab
emas. Oqsillar almashinuviga miya po‘stlog‘i ta’sir qilishi haqida ham
ma’lumotlar bor. Jumladan, organizmda oqsillar almashinuvini, “yolg‘on-
214
dakam oziqlantirish” usuli yordamida, shartli reflektor yo‘l bilan
o‘zgartirish mumkinligi isbotlangan.
Dostları ilə paylaş: |