Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   318
2 5213200508969289537

SUVDA ERUVCHI VITAMINLAR
Suvda eriydigan vitaminlar qatoriga B-guruhining kompleksi, C,PP 
va P vitaminlari kiradi. C-vitamin yoki askorbin kislota qon tomirlari 
devorlarining o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligini kamaytiradigan, P-vitamin, 
ya’ni sitrin yoki flavon deb ataluvchi omil bilan birga uchraydi va
227


fiziologik ta’siriga ko‘ra unga yaqin turadi. B-vitaminlar guruhining 

kompleksiga bir qancha vitaminlar va vitaminlarga o‘xshash omillar 
kiradi. Chunonchi: tiamin (Bi vitamin, aneyrin) antinevritik omil. 
B
2
-riboflavin, B
3
-, B
4
-,
B
6
-peridoksin, antidermatit omil,
B I
2
-siankobalamin, xavfli kamqonlikka qarshi omil, tarkibida kobalt 
mikroelementini saqlaydi,
Вк-kamitin, PP-nikotin kislota, antipellagrik omil, H-biotin, 
Pantotenat kislota, Paraaminobenzoat kislota, Folat kislota, Lipoat 
kislota
inozit, xolin va boshqalar.
Bu vitaminlaming kimyoviy tuzilishi va fiziologik ahamiyatlari bir 
xil emas. Ulaming har biri alohida vitamin deb qaraladi. Hayvonlar 
organizmida, ayniqsa o‘txo‘r hayvonlarda mikroorganizmlar ishtirokida В 
vitamin kompleksining ayrim vakillari sintezlanadi. Jumladan, pantotenat, 
folat kislotalar, piridoksin, vitamin B
6
shular jumlasidandir va hokazo. 
Cho‘chqalar, itlar, mushuklar va qo‘ylar В guruh vitamini kompleksining 
yetishmasligiga ayniqsa sezgirdirlar. B-vitaminlarining hammasi o‘z 
tarkibida azot saqlaydi. Vitamin Bb( tiamin) tarkibida oltingugurt 
(yunoncha “tio” oltingugurt) va amino guruh (NH2) bo‘lganligi uchun 
tiamin deb ataladi. Toza holda suvda yaxshi eriydigan, rangsiz, ignasimon 
shakldagi kristallar bo‘lib, o‘ziga xos hidi bor. Bu vitamin pirimidin va 
tiazollardan sintezlanadi. Tiamin quruq pivo achitqisi, hamirtumshda, 
donli o‘simliklaming umg‘ murtagida, dukakli donlarda, yong‘oqda, non, 
ayniqsa, qora nonda yetarli miqdorda mavjuddir. Hayvon mahsulotlaridan 
go‘shtda, buyrakda, jigarda, miyada va tuxum sariglda ko‘p uchraydi. 
Vitamin Bj organizmda moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etuvchi 
kokarboksilaza fermentining tarkibiga kiradi. Bu ferment uglevodlar 
almashinuvida ayniqsa katta rol o‘ynaydi. Organizmda uglevodlar 
almashinuvi jarayonida asosiy ahamiyatga ega boigan pirouzum 
kislotasining karboksillanishi va dekarboksillanishi ana shu fermentga 
bogiiqdir. Bu vitamin yetishmaganda organizmning to‘qimalarida, 
ayniqsa miyada pirouzum kislota to‘planib qoladi. Shu bilan birga kamroq 
darajada b oisa ham Bj vitamin organizmda oqsil, yog‘, xolesterin, mineral 
moddalar va suv aknashinuvida ishtirok etadi, degan dalillar ham mavjud.
S
Nerv to‘qimalarida uglevodlaming almashinuvi ancha jadal sodir boiishi 
tufayli bu vitamin organizm nerv faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu

vitaminning yetishmasligi natijasida organizmda periferik nerv tolalari 
yalliglanib, degenerativ o‘zgarishlarga uchrashi bilan ta’riflanadigan beri-
228


beri (polinevrit) kasalligi kelib chiqadi. Beri-beri organizmda umumiy 
holsizlik, yurak faoliyatining izdan chiqishi, oyoqlarda og‘riq turishi, 
ishtaha yo‘qolishi kabi umumiy belgilar kuzatiladi. Keyinchalik tananing 
turli qismlari falaj bo‘lib qoladi.Odam va hayvon ozib ketadi. Organizmda 
suv almashinuvi buzilib, shishlar paydo bo‘ladi. Muskullarda, shilliq 
pardalarda degenerativ o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ichki sekretsiya bezlari, 
hazm organlari, yurak-tomir tizimlarining faoliyati buziladi. B] vitamin 
nerv mediatorlarining faoliyatida ham katta ahamiyatga ega. Uning 
kamchiligi natijasida xolin-esteraza fermentining ta’siri oshib, atsetilxo- 
linning parchalanishi tezlashadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar Bi 
vitaminga kamroq ehtiyoj sezadi, chunki odatda ularning me’da oldi 
bo‘lmalaridagi mikroorganizmlar bu vitaminni sintezlaydi. Tiamin 
kislotali muhitga chidamli, biroq 120° gacha qizdirilsa, parchalanadi. Turli 
hayvonlaming B| vitaminga bo‘lgan ehtiyoji turlichadir. Masalan,80- 
lOOkg.lik cho‘chqalar uchun bu ko‘rsatkich 5-6mg.ni tashkil qiladi. 
Otlarning tiaminga boigan sutkalik ehtiyoji 100kg. vazni uchun 3-5mg.ni 
tashkil qiladi. Parrandalar iste’mol qilayotgan har bir kg. quruq ozuqa 
tarkibida l,8-2mg tiamin boiishi kerak. Tiaminga boigan ehtiyoj hayvon 
ish bajarganda, mahsulot berganda (sut, bo‘rdoqida) oshadi.
18-Jadval.
Ozuqalar tarkibidagi tiamin miqdori (1 kg.ga mg. hisobida).

Ozuqa
Tiamin miqdori

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin