Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   318
2 5213200508969289537

3
vitamin bor. Vitamin B
3
toza holatda ajratib olingan. Pantotenat 
kislotaning organizm uchun ahamiyati shundaki, u koenzim A(koferment) 
tarkibiga kiradi va juda murakkab biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. 
Koenzim A aktiv atsetat-atsetil KOA hosil qilib, juda muhim sintetik va 
transatsetillanish reaksiyalarini ta’minlydi.
H-vitamin(biotin). Suv va spirtda yaxshi eruvchi kristallardir. 
Biotinning achitqilarda, dukkakli donlarda, meva-sabzavotlarda, go‘shtda, 
jigarda, buyrakda, tuxum sarig‘ida mavjudligi aniqlangan. Biotin tuxum 
oqida bo‘ladigan avidin nomli zaharli glikoproteidni biriktirib me’da-ichak 
tizimi orqali qonga so‘rilmaydigan zaharsiz kompleks birikma hosil qiladi. 
Biotin organizmda kechadigan karboksillanish va dekarboksillanish 
reaksiyalarida ishtirok etadi. Kavsh qaytaruvchilaming katta qomida, 
boshqa o‘txo‘r hayvonlarning yo‘g ‘on ichaklarida mikroorganizmlar 
ishtirokida sintezlanadi. Shuning uchun ham, yirik shoxli mollar, 
cho‘chqalar, qo‘y, otlar va echkilar odatda qo‘shimcha ravishda biotin 
berilishiga muhtoj bo‘lmaydi.
Inozit. Suvda yaxshi eriydigan omil bo‘lib, olti atomli siklik spirt- 
siklogeksan unumidir. Inozitning izomerlaridan faqat mezoinozit 
vitaminlik xossasiga ega. Turli achitqilar, sitruslar, meva-sabzavotlar 
tarkibida, shuningdek sut, tuxum, jigar va boshqalarda mavjud. Hayvon 
organizmida inozit miya to‘qimalarida, yurakda, o‘pkada va buyraklarda 
to‘planadi. Inozit ko‘pchilik mikroorganizmlaming o‘sishini tezlashtiradi. 
Organizmda yog‘ kislotalarini tashiydigan fosfatidlaming tarkibiga kiradi. 
Nerv tizim faoliyatiga ta’sir qiladi. Inozitning yetishmasligi natijasida nerv 
tizimining trofik faoliyati buzilib, hayvonlarning junlari to‘kilib ketadi. 
Me’da ichaklar faoliyati buziladi, o‘sishdan qoladi, jigaming o‘z 
to‘qimalari o ‘miga yog‘ to‘qimalari paydo bo‘la boshlaydi va hokazo.
Folat kislota. Sariq kristallar bo‘lib, tabiatda kimyoviy va biologik 
aktivligi jihatidan folat kislotaga yaqin turadigan bir nechta modda 
topilgan. Bunga o‘xshash yana bir qator moddalar mavjud. Shuning uchun 
ham, ayrim olimlar folat kislotani alohida moddalar guruhi deb qaraydilar. 
Folat kislotaning o‘zi vitamin bo‘lmasdan faqatgina organizmga kirgandan 
keyin, ayrim mikroorganizmlaming o‘sishini tezlashtiruvchi moddaga 
aylanadi. Turli achitqilar, ko‘k barg, karam folat kislota manbai bo‘lib 
hisoblanadi. Hayvon organizmida folat kislota mikroorganizmlar 
tomonidan sintezlanadi. Folat kislota purin va boshqa bir qator birikmalar, 
shuningdek qonning shaklli hujayralari, nuklein kislotalari va ayrim 
oqsillaming sintezlanishi uchun zarur. Odatda sut emizuvchi hayvonlar
232


organizmining folat kislotaga ehtiyoji, ularning o‘zida hosil boiib 
turadigan folat kislota hisobiga to ia qoplanadi. Parrandalarning foiat 
kislotaga bo‘lgan ehtiyoji ancha yo‘qoridir. Shuning uchun ham ularga 
beriladigan ozuqaning har bir kilogramida 0,6-0,9mg. boiishi kerak.
Paraaminobenzoat kislota. Rangsiz kristal modda bo‘lib, yorug‘lik va 
havo ta’sirida sarg‘ayib qoladi. Bu modda turli achitqilar, donlarda, asosan 
bug‘doy murtagi tarkibida uchraydi. Paraaminobenzoat kislota folat 
kislotaning sintezlanishi uchun zarur bo‘lib, uning tarkibiga ham kiradi. 
Sut beruvchi hayvonlarda laktatsiya uchun shuningdek jo ‘jalaming o‘sishi 
uchun bu modda ancha zarur.
Bi
2
-vitamin. (Siankobalamin). Tarkibida kobalt va siano guruhi 
bo‘ladigan qaramtir-qizg‘ish kristallardir, asosan hayvon mahsulotlari: 
jigar, sut va baliq unida ko‘p boiadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar katta 
qornida, boshqa o‘txo‘r hayvonlaming yo‘g‘on ichaklarida mikroorga­
nizmlar ishtirokida B
)2
vitaminni sintezlaydi. Bu vitamin qon yaratish 
jarayonini kuchaytiradi, nerv tizimi faoliyatiga, oqsil va uglevodlar 
almashinuviga ta’sir qiladi. U tarkibida 4,5% kobalt boigan yagona 
vitamindir. Bu vitamin ko‘mikda eritrotsitlar yetilib chiqishi uchun zarur. 
Bj

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin