Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


AYRIM MIKROELEMENTLARNING ORGANIZM



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   318
2 5213200508969289537

AYRIM MIKROELEMENTLARNING ORGANIZM
UCHUN AHAMIYATI
Sayyoramizda 
uchraydigan 
ko‘pchilik 
kimyoviy 
elementlar 
hayvonlar tanasida ham uchraydi va organizmning asosiy tarkibiy qismini 
tashkil qiladi. Odam va hayvon tanasida nisbatan kamroq uchraydigan va 
ba’zi to‘qimalaming asosiy qismini tashkil etadigan ana shunday 
elementlarga mikroelementlar deyiladi. Mana shu mikroelementlardan 
tashqari hayvonlaming organizmida juda oz miqdorda boisada boshqa 
elementlar ham uchraydi. Bulami emission spektral yoki radioaktivatsion 
analiz yordami bilangina aniqlasa boiadi.Bu elementlar organizmda 
fermentlar, gormonlar va vitaminlar tarkibiga kiradi va fiziologik jihatidan 
juda katta ahamiyatga ega. Hozir mikroelementlaming organizmda 
yetishmasligi yoki aksincha, ko‘payib ketishi natijasida turli kasalliklar 
paydo boiishi tekshirishlarda isbotlangan. Mikroelementlaming organizm 
uchun ahamiyati 1891 yilda rus olimi V.I.Vemadskiy tomonidan ko‘rsatib 
berildi. Keyinchalik tuproq, suv, o‘simlik va hayvon organizmlaridagi 
mikroelementlar miqdorini aniqlashda A.P.Vinogradov, V.V.Kovalskiy,
238


F.Ya.Berenshteyn, Ya.M.Berzin va boshqalar ko‘p ish qiidilar. Ho/.irgi 
vaqtda hamdo‘stlik mamlakatlari hududlarida mikroelementlar miqdori 
aniqlanib, biogeokimyoviy zonalar belgilangan. Bu zonalarning qaysisida 
qaysi mikroelementning qanchaligi o‘rganilgan. Ana shularga qaysi 
hududning tuprog‘ida, suvida yoki o‘simliklari tarkibida, qaysi 
mikroelement yetishmasa. shu mikroelement hayvonlar organizmining 
ehtiyojiga qarab qo‘shimcha ravishda beriladi. Hayot uchun zarur 
ahamiyatga ega boTgan mikroelementlar qatoriga -temir, mis, marganets, 
ruh, yod, ftor, brom, kobalt va boshqalar kiradi.
Temir. Organizmda benihoya katta ahamiyatga ega. Ozuqalar bilan 
birga organizmga tushgan temir ikki valentli holida ichak devori orqali 
qonga so‘riladi. Temir organizmda gemoglobin bilan miogemOglobin 
tarkibiga kiradi. Shuningdek katalaza, peroksidaza, sitoxrom oksidaza va 
nafas olish jarayonlarida ishtirok etuvchi boshqa fermentlaming tarkibida 
ham temir bo‘ladi. Organizmdagi ortiqcha temir ozuqalar bilan tushgan va 
gemoglobinning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan temir organizmda to 
unga ehtiyoji tugllguncha jigarda, taloqda va ichak devorlarining shilliq 
pardalarida ferritin shaklida jamg‘arilgan holatda saqlanadi. Ferritin temir 
gidroksid bilan oqsil birikmasidir. Organizmda temir yetishmasa, yuqorida 
qayd qilingan fermentlaming sintezlanishi buziladi. Tirik vazni 5-10kg 
keladigan cho‘chqa bolalarining temirga boigan sutkalik ehtiyoji 
20
mg.ga 
teng. Ulaming yoshi kattalashib borgan sari temirga boigan ehtiyoji 
kamayib boradi.
Mis. Organizmda qon va boshqa barcha to'qimalarda, jigarda va 
taloqda esa bir oz zahira holda saqlanadi. Masalan, sigirlaming 1kg. 
jigarida 30mg.gacha, buzoqlarnikida 45mg.gacha mis boiishi to‘g‘risida 
ma’lumotlar bor. Organizmda mis erkin, ya’ni ion holatda va ko‘proq 
miqdorda oqsillar bilan birikkan holda uchraydi. Eritrotsitlaming 
tarkibidagi oqsil gemodlobulinning tarkibida 0,34% gacha mis saqlanadi. 
Keyingi ma’lumotlarga qaraganda, bu birikma misning alfa globulin bilan 
hosil qilgan birikmasidir. Mis organizmda nafas olishda qatnashadigan bir 
qator fermentlaming sintezlanishida ishtirok etadi. Shuning uchun ham 
to‘qimalaming nafas olish jarayonlarida juda katta ahamiyatga ega. Mis 
qon hosil boiish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Melanin pigmentining 
sintezlanishi ham misning ishtirokisiz amalga oshmaydi. Mis gipofiz 
oldingi qismining gormonlarini faollashtirib, hayvonlarning ko‘payish 
jarayonlarida ham katta ahamiyatkasb etadi. Nerv tizimining faoliyatida 
ham misning ma’lum ahamiyati borligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. 
Ozuqalaming tarkibida mis yetishmasligi qoramollarda lizuxa (yalash)
239


kasalligining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu kasallikda hayvonlar 
o‘sishdan qolib, nerv, muskul, qon tomirlarining faoliyati buziladi. 
Mahsuldorligi 
kamayib, jinsiy 
moyilligi 
susayadi. 
Qo‘zilarning 
organizmida misning kamchiligi ularda enzootik ataksiya kasalligining 
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Hayvonlar organizmining misga boigan 
sutkalik ehtiyoji ularning temirga bo‘lgan ehtiyojiga nisbatan deyarli yetti 
baravar kamdir.
Kobalt. Organizmda qon hosil bo‘lish jarayonlarida katta rol 
o‘ynaydi. U antianemik modda vitamin B
12
ning tarkibiga kiradi. 
Organizmning o‘sishiga, rivojlanishiga unda moddalar almashinuvining 
kechishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birgalikda organizmda yurak-tomir 
va nerv-endokrin tizimlarining faoliyatiga ta’sir qiladi. Organizmdagi 
barcha hujayra va to‘qimalar tarkibida kobalt bo‘ladi. Ichki sekretsiya 
bezlarida (gipofiz, buyrak usti bezlari, me’da osti bezida), taloqda ko‘proq 
to‘planadi. Organizmda kobalt yetishmasligi qo‘ylarda, echkilarda va 
buzoqlarda “suxotka” akobaltizim kasalligi kelib chiqishiga sabab boiadi. 
Hayvonlar yetarli miqdorda kobalt olib tursa, katta qorinda ko‘proq B

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin