Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


,5 mg., tirik vazni 80-100kg. cho‘chqalar esa  6,5mg., parrandalaming iste’mol qilayotgan  1



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   318
2 5213200508969289537

2,5
mg., tirik vazni 80-100kg. cho‘chqalar esa 
6,5mg., parrandalaming iste’mol qilayotgan 
1
kg. quruq oziqasi tarkibida 
0
,
2
mg. riboflavin boiishi kerak.
Vitamin B
6
(piridoksin, adermin). vitamin B
6
o‘zining tabiati jihatidan 
bir-biriga yaqin boigan piridoksin, piridoksal, piridoksamindan iborat. Bu 
moddalar organizmda 5-piridoksal-fosfat, ya’ni Вб vitaminga aylanadi. 
Vitamin B
6
aminokislotalarning almashinuvida ishtirok etadigan 
fermentlaming kofermenti bo‘lib hisoblanadi. Organizmda B
6
vitamini 
buyraklarda, jigarda, muskullarda, miyada, shuningdek, turli achitqilarda, 
no‘xat va boshqa dukakli o‘simliklarda uchraydi. vitamin B
6
kavsh 
qaytaruvchilaming katta qomida va boshqa o‘txo‘r hayvonlarning yo‘g‘on 
ichaklarida mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi. Organizmda bu 
vitamin oqsillar, yogiar almashinuvining boshqarilishida ishtirok etadi. 
Yog‘laming organizmda tashilishi, oksidlanishi va depolarda to‘planishi 
mana shu vitamin ishtirokida amalga oshiriladi. Shuningdek, bu vitamin
230


glyutamin kislotaning miya to‘qimalarida almashinuvida katta ahamiyatga 
ega. U ko‘z muguz pardasi regeneratsiyasida va biriktiruvchi 
to‘qimalaming hosil bo‘lishida, limfa va qon yaratish tizimlarining 
faoliyatida katta ahamiyatga ega. Jigar faoliyatining mutadil kechishi, 
me’da sekretor faoliyati uchun ham piridoksin zarur. Bu vitaminga 
sutkalik ehtiyoj cho‘chqa bolalarida l-3mg., parrandalarda esa 4,4mg.ga 
teng.
PP-vitamin(antipellargik vitamin, nikotinamid, niatsin, nikotinat 
kislota). Nikotinat kislota rangsiz, suvda va spirtlarda yaxshi eruvchi oq 
kristallardir. 
0
‘simliklarda erkin nikotinat kislota va birikkan nikotinat 
kislota uchraydi. Hayvon organizmining to‘qimalarida nikotinat kislota 
birikkan holatda, ya’ni nikotinat kislotaning amidlari holatida uchraydi. 
Nikotinat kislota turli achitqilarda (25-96mg%) ko‘p boiadi. Shu bilan 
birgalikda 
dukkakli 
donlar, 
bug‘doy, 
arpa, 
guruchda, 
hayvon 
mahsulotlaridan esa jigarda, muskullarda mavjud. Sutda bu kislota kam, 
ammo PP-vitaminning ichaklarda sintezlanishi uchun zarur boigan 
triptofan yyetarli miqdorda bor. Nikotinat kislotaning amidi to‘qimalar 
nafasini katalizlaydigan kodegidroginaza fermentlarining tarkibiga kirib, 
organizmdagi oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Shuning uchun ham 
bu vitamin yetishmay qolganida organizmda oksidlanish jarayonlari 
susayadi. Oqibatda moddalar almashinuvi buziladi; PP-vitamin to‘qima va 
hujayralar tomonidan qand o‘zlashtirilishini tezlashtirib, organizmda 
uglevodlar almashinuvida ham katta rol o‘ynaydi. Shuningdek organizmda 
oqsil, xolesterin, porfirinlarning almashinuvida ishtirok etadi, tomirlar 
tonusiga ta’sir ko‘rsatadi.
PP-vitamin ovqat hazm qilish tizimining, jumladan, me’daning 
motor, sekretor faoliyatida, jigar faoliyatining boshqarilishida qatnashadi. 
PP-vitamin ozuqalar tarkibida uchraydigan triptofan aminokislotadan, 
hazm tizimidagi mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi. Tarkibida 
triptofan aminokislota saqlamagan ozuqalar bilan hayvon uzoq vaqt 
oziqlantirilsa, Pellagra (pellagra g‘adir-budur teri ma’nosini anglatadi) 
degan alohida kasallik belgilari paydo bo‘la boshlaydi. Itlarda esa bu 
kasallik “qarotil” deyiladi. Kasallik paytida teri yalligianadi (dermatit) va 
g‘adir-budur boiib qoladi. Me’da-ichak faoliyati buziladi va og‘iz hamda 
til shilliq pardalari shikastlanib, yara boiib ketadi.
B3-vitamin (pantotenat kislota). Och sariq tusli, yopishqoq moyga 
o‘xshash, suvda va sirka kislotada yaxshi eruvchi modda. B3-vitamm 
tabiatda keng tarqalgan boiib, ko‘pchilik o‘simlik va hayvonlar 
organizmida uchraydi. Turli achitqilarda, bug‘doy va guruch unida,
231


hayvon mahsulotlaridan esa buyrak, jigar, tuxum sarig‘ida anchagina B

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin