245
Yangi sog‘ib olingan sutda hajmiga ko‘ra 60-70% gacha C 0
2
va 0
2
saqlanadi.
Sutga ona qonidan ko‘plab toksinlar, antitanachalar, alkogol, tuzlar,
alkoloidlar, achchiq maxsulotlar va boshqa moddalar o‘tadi. Ya’ni
bolaning me’dasi bunday, moddalarga bir yoshgacha juda tez reaksiya
qiladi, shu sababli laktatsiya davrida emizikli onalami davolashda juda
katta ehtiyotkorlik talab etiladi, bu davrda kuchli hidli medikamentlar va
dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanishni cheklash zarur.
Yangi tug‘ilgan bolalar uchun ona suti ideal to‘yimli mahsulot bo‘lib
hisoblanish bilan birga bola uchun juda muhim ahamiyatga egadir. Ona
suti bola organizmini barcha talablarini qondiradi, shu jumladan o‘sish va
rivojlanish uchun zarur bo‘lgan moddalarga boigan talabini ham
qondiradi. Bolalar emadigan davrda, ulami su’niy ozuqalar bilan
oziqlantirganda ularda ortiqcha kasalliklarga chalinuvchanlik holati
kuzatiladi, bu esa ona sutining yuqori darajadagi biologik qiymatga ega
ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Ona sutini emayotgan bolada ona organizmida ishlab chiqilgan va
sutga o‘tgan antitanalar hisobiga turli infeksion kasalliklarga qarshi
vaqtinchalik passiv immunitet hosil qiladi. Yangi tug‘ilgan bola
organizmida ona organizmidan olingan jiddiy darajada temir zahirasi
saqlanadi va o‘shaning hisobiga sutdagi temir taqchilligi qoplanadi.
Bolalar sut bilan mo‘tadil rivojlanishi uchun zarur boigan vitaminlar
miqdorini ham oladilar. Tabiiy tanlash ham sutning tarkibiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi, ya’ni bu tarkib avlodining hayotchanligi uchun juda katta
ahamiyatga ega. Turli hayvonlarning sutini tarkibi ulaming yangi tugilgan
bolalar organizmining talablarini to iiq qondirishga qaratilgan boiadi.
Organizmni vaznining ortish muddati bilan sutdagi oqsil, kalsiy va
fosfor miqdori orasida teskari bogianish ham mavjud.
Filogenez jarayonida ona sutining tarkibi o‘zgaradi. Tez o‘suvchi
hayvonlarning suti,
sekin o‘suvchi hayvonlar sutiga
qaraganda
organizmdagi hujayra va to‘qimalaming hosil boiishi uchun zarur boigan
oqsillar, kalsiy va fosfomi ko‘p saqlashi aniqlangan.
Ona suti tarkibida qancha letsitin miqdori ko‘p boisa, yangi
to‘g‘ilgan bolaning bosh miyasi massasi shuncha katta boiadi. Bu esa
boshqa moddalar orasida lesitin miyaning o‘sishi uchun jiddiy ahmiyatga
ega ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Laktatsiya - bu sut bezlaridan sut ajralish va uning chiqarilish
jarayonlaridir. Tugishda va yoidosh ajralganidan keyinoq sut ajralishi
boshlanadi. Sigirlarda sut ajralish 300-305 kun davom etadi. Sut bezlari
246
hayvonlaming bug‘ozlik davridayoq sariq tana garmonlari ta’siri ostida
kuchli rivojlana boshlaydi. Bug‘ozlikining ikkinchi qismida sezilarli
darajada uvuz suti ajrala boshlaydi, lekin uning ajralishini plasenta
gormonlari to‘xtatib turadi.
Ayollarda uvuzning ajralishi tug‘ishdan bir necha kun oldin va
tug‘ishdan keyingi birinehi kunlari kuchayadi. Uvuz suti sariq nordonroq
suyuqlik bo‘lib sutga nisbatan ancha quyuq (zich) va uning zichligi 1.040-
1.080 ga teng bo‘ladi. U qaynatilganda ivib qoladi, o‘zicha xos hidli,
sho‘rroq ta’mli, katta miqdorda uvuz tanachalarini yog‘ga o‘xshash
neytrofillarni saqlaydi. Sutga nisbatan uvuz katta miqdorda fermentlar,
albuminlar, globulinlar, lesitin, fosfor kislotasi, Ca va P ni saqlasada, lekin
kaziyen va sut qandini kamroq saqlaydi.
Uvuz suti katta miqdorda tuzlarni saqlaganligi sababli u yangi
tug‘ilgan bola organizmiga ich bo‘shatuvchi sifatida ta’sir ko‘rsatadi va
uning dastlabki tezagini (mekoniya) ajralishini ta’min etadi.
Sut ajralishi murakkab reflektor jarayon boiib, uning hosil boiishida
alveolalarni tashkil qiluvchi hujayralar o‘zlarida sutning yogii
tomchilarini va boshqa qismlarini jamlaydi va oichami jihatidan ortadi,
undan keyin uning ichki qismi ya’ni sekretlar jamlangan va tashqariga
yo‘nalgan qismi sitilib yoriladi hamda o'zgargan sitoplazma bezlar
yuzasiga quyiladi. Ajralayotgan sut sisterna va sut yoilariga yigiladi, bu
paytda emchaklarining sfinkterlari uning oqib ketishiga qarshilik ko‘rsatib
turadi.
Sut ajralishi bevosita markiziy asab tizimi hamda gipofiz va boshqa
ichki sekresiya bezlari (buyrak usti bezi po‘stloq qismi, jinsiy bezlar,
qolqonsimon bez) gormonlari nazoratida boiadi. Bug‘ozlik davrida va
tugishdan keyingi laktasiya davrlarida sut bezlari rivojlanishining asosiy
va hosil qiluvchi quzg‘atuvchilari boiib gipofiz va jinsiy bezlaming
garmonlari hisoblanadi.
Ayollarning bitta sut bezidagi emchak uchining qo‘zg‘atilishi
reflektor ravishda har ikkala sut bezlarida ham laktasiyani kuchaytiradi.
Sut bezlari hatto orqa miya shikastlangandan keyin ham sut ajratishi
mumkin, lekin mo‘tadil sharoitda emish paytida emchak uchlaridagi
reseptorlarni mexanik qo‘zg‘atilishi natijasida laktasiya reflektor holda
qo‘zg‘atiladi. Odamlaming sut bezlarining nerv tolalari 4-7 qabirg‘alararo
nervlardan boshlanadi. Sutning tarkibi simpatik nervi kesilganidan keyin
o‘zgaradi. Demak simpatik nerv tolalari faqatgina uning tomirlariga ta’sir
ko‘rsatmasdan balki bevosita sut bezlarining sekretor hujayralariga ham
ta’sir ko‘rsatdi.
247
Qo‘rqish, hayajonlanish, shovqin va boshqa ruhiy ta’sirlar sut hosil
bo‘lishiga va uni chiqarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sut hosil bo‘lishi va sut chiqarilishi o‘zaro bogiiq boiadi va asosan
oziqlanishga bogiiqdir.
Dostları ilə paylaş: |